6.
Курс ишининг топшириш даври
Курс ишини
олган сана
Имзо
Маслахатга келган сана
Имзо
Химоя
қилган
сана
1
2
3
4
5
Тошкент-2021 йил
3
MUNDARIJA
KIRISH ………………………………………………………………………..
4
I BOB.
QUYOSH
ENYERGIYASI
VA
UNDAN
ELEKTR
ENERGIYA OLISH……………………………………………..
7
1.1
Quyosh enyergiyasidan foydalanish………………………………
7
1.2
Tashqi muhitning fotoelektrik batareya parametrlariga salbiy
ta’siri……………………………………………………………...
15
1.3
O‘zbekistonda quyosh energetikasi rivojlanishi………………….. 19
I bob bo‘yicha xulosa……………………………………………..
23
II BOB.
YARIMO‘TKAZGICHLI QUYOSH ELEMENTLARINING
FIZIK ASOSLARI……………………………………………….
24
2.1
Quyosh nurlanishining xususiyatlari……………………………...
24
2.2
Quyosh enyergiyasini elektr enyergiyasiga aylantirish…………... 26
2.3
Quyosh elementini asosiy parametrlari va ishlash prinspi………... 35
II bob bo‘yicha xulosa……………………………………………
44
III BOB.
O‘ZBEKISTONNING
ISSIQ
IQLIM
SHAROITIDA
FOTOELEKTRIK
BATAREYALARNI
QO‘LLASH
SAMARADORLIGINI
OSHIRISH
VA
SFERIK
KO‘ZGULAR YORDAMIDA QUYOSHDAN ELEKTR
ENERGIYASI LISH...................................................................
45
3.1
Sferik ko‘zgu yordamida quyosh energiyasini elektr energiyasiga
aylantirish………………………………………………………….
45
3.2
Ximoya shishasi optik parametrlarining fotoelektrik batareya
parametrlariga ta’siri………………………………………………
49
3.3
Majburiy sovitish orqali fotoelektrik modul ishini samaradorligini
oshirish…………………………………………………………….
54
III bob bo‘yicha xulosa…………………………………………...
65
XULOSA……………………………………………………………………….
66
ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………………………………...................... 67
CHOP ETILGAN ILMIY MAQOLALAR………………………………...
71
4
KIRISH
Bugungi kunda dunyo aholisining enyergiyaga bo‘lgan extiyoji
kundan – kunga ortib bormoqda. Buning asosiy sababi dunyo axolisining keskin
ravishda ortib borishidir. Shu jumladan O‘zbekistonda xam enyergiyaga bo‘lgan
extiyoj ortmoqda. Yurtimizda bugungi kunda enyergiya extiyojini to‘la qondirish
maqsadida, ekologik toza enyergiya manbalaridan foydalanish dasturlari ishlab
chiqilgan.
O‘zbekiston qayta tiklanadigan enyergiya resurslaridan foydalanish
imkoniyalari katta bo‘lgan mamlakatlar sirasiga kiradi. Ayniqsa, mamlakatda
Quyosh enyergiyasidan foydalanish imkoniyatlari kattaligi bilan ajralib turadi.
O‘zbekistonning geografik – iqlim sharoitlari Quyosh enyergiyasidan sanoat
masshtablarida elektr va issiqlik enyergiyalari olishda faol foydalanish imkoniyatini
yaratadi.
Quyosh enyergiyasi – bu ishlatishga qulay va oddiy, amaliy maqsadda
foydalanish nuqtayi nazaridan samarador, qayta tiklanadigan enyergiyadir.
O‘zbekistonda quyosh enyergiyasining yalpi imkoniyati taxminan 51 mlrd.
t.n.e. tashkil etsa, texnik imkoniyati 177 mln. T.n.e. tashkil etadi va qazib
olinayotgan enyergetik qazilmalarning uch baravarini tashkil etadi.
O‘zbekiston hududi samarador quyosh nurlanishiga ega bo‘lib, eng yangi
fotoelektrik texnologiyalar asosidagi elektrostansiyalar mamlakatning enyergetika
sohasida qayta tiklanadigan enyergiya manbalaridan foydalanish imkoniyatini
kengaytiradi. Hukumat 2031 – yilga qadar jami enyergiyaning 20 % dan ortig‘ini
qayta tiklanadigan enyergiya resurslari, jumladan, quyosh enyergiyasi yordamida
ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekistoning 5 ta hududida, jumladan, Samarqand,
Surxondaryo, Qashqadaryo, Namangan va Navoiy viloyatlarida katta quvvatli
quyosh fotoelektrik stansiyalari qurilishi rejalashtirilgan. Osiyo taraqqiyot banki bu
boradagi ishlarni moliyalashtirishni rejalashtirgan bo‘lib, O‘zbekistonda tashkil
etilgan Quyosh enyergiyasi xalqaro institutini ham moliyaviy qo‘llab-
quvvatlamoqda.
5
Osiyo taraqqiyot banki ushbu jarayonni Osiyo taraqqiyot fondi hisobidan
amalga oshirmoqda.
“Quyosh enyergiyasi xalqaro instituti” ning asosiy vazifasi va faoliyat
yo‘nalishi quyosh enegiyasidan sanoat miqyosida foydalanish maqsadida yuqori
texnologiyali ishlanmalar yaratish, iqtisodiyot va ijtimoiy tarmoqning turli
sohalarida ilg‘or iqtisodiy samarador texnologiyalar asosida quyosh enegiyasi
imkoniyatlaridan amaliy foydalanish borasida takliflar tayyorlash, iqtisodiyotning
turli sohalarida, jumladan, maxsus matyeriallar sintezi va tyermik qayta ishlashda
quyosh enegiyasidan foydalanish bilan bog‘liq amaliy tadqiqotlar olib borish;
quyosh enyergetikasi bo‘yicha yirik loyihalar hujjatlarini muofiqlashtirish ishlarini
amalga oshiradi.
O‘zbekistonda alternativ enyergiya manbalari, jumladan, birinchi navbatda
quyosh enyergiyasidan foydalanish yuzasidan uzoq yillik yetarli tajriba mavjud.
Respublika Fanlar akademiyasi qoshida Markaziy Osiyoda analogi bo‘lmagan
ilmiy – tadqiqot markazi “Fizika – Quyosh” birlashmasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ushbu markazning tadqiqot natijalari dunyo olimlari tomonidan tan olingan.
Qizilqum regioni O‘zbekistonning Quyoshli hududlaridan biri hisoblanadi.
Hududimizda quyoshli kunlarning uzoq davom etishini hisobga olsak, yoz kunlari
uning enyergiyasidan 15 – 16 soatgacha foydalanish imkoniyati bor. Qizilqum
hududining aksariyat aholi punktlari va cho‘ponlar o‘tovlarining elektr enyergiyasi
markaziy tarmog‘idan ancha uzoqda joylashganligini hisobga olsak, bu joylarni
enyergiya bilan ta’minlashda, quyosh elementlaridan foydalanish iqtisodiy
samarador ekanligini anglash mumkin. Bizda quyoshli kunlar bir yilda 3000 soatdan
ortiq. Shu vaqt ichida 1 m
2
joyga 1200-2000 kVt soatni tashkil qiluvchi enyergiya
tushadi.
Qizilqum regionida 1 m
2
joyga 1600-2000 kVt soatni tashkil qiluvchi quyosh
enyergiyasi tushadi. Bu esa regionda quyosh enyergiyasidan elektr enyergiyasi va
issiqlik enyergiyasi olish imkoniyati yuqoriligini bildiradi. O‘zbekistonda quyosh
enyergetikasini rivojlantirish borasidagi davlat dasturi asosida Karmana tumanida
100 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektrik stansiyasi qurilishi rejalashtirilgan.
6
Bundan tashqari, quvvati 1 MVt bo‘lgan fotoelektrik stansiyaning Zarafshon shahri
atrofida qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu stansiya akkumulyasiya tizimisiz,
enyergiyani to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’molchilarga yetkazib beradi.
Dostları ilə paylaş: |