13
Shunday qilib, fotoelektor yacheykalarida yorug‘lik nurlanish energiyasi
elektr energiyasiga aylantiriladi. Fotoelektr yacheykalarini tayyorlashda birinchi
bo‘lib mono yoki polikristall kremniydan foydalanilgan (1.4 – rasm). Hozirgi kunda
bu elementdan tayyorlanadigan yacheykalar, butun dunyoda o‘rnatilgan
tizimlarning 80 % ni tashkil etadi. Ularning foydali ish koeffitsenti 11 – 16 % ni
tashkil etadi.
1.4 – rasm. Kremniy plastinkalarini ishlab chikarish jarayoni.
Keyingi vaqtlarda fotoelektor yacheykalaramorf kremniy, kadmiy – tellurid
yoki mis – indiy – selindan yupka plyonkalar shaklida tayyorlana boshladi. Ularning
foydali ish koeffitsenti qariyb 8 % ni tashkil etadi, biroq mono yoki polikristall
kremniydan tayyorlanadigan fotoelektr yacheykalarga qaraganda tayyorlanishi
arzonrokdir.
Hozirgi vaqtda fotoelementlarning foydali ish koeffitsentini 30 – 60 % ga
oshirish ustida ilmiy – tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Buning uchun plyonkalarni
4 – 8 marta ustma – ust o‘rnatish zarur bo‘ladi. Ushbu tadqiqotlar natijasida qurilma
14
quvvati oshiriladi hamda ishlab chikarish narxi keskin pasayadi. Fotoelektr tizimi
doimiy elektr tokini ishlab chiqaradi va invertor yordamida doimiy elektr toki,
o‘zgaruvchan tokka aylantiriladi (1.5 – rasm).
1.5
– rasm. Quyosh batareyasidan elektroenergiya olish sxemasi.
Dostları ilə paylaş: