quyosh elektrostansiyalarini tashkil qilish mumkin. Hozirgi kunda dunyoda juda
yordamida, dunyoda eng yirik quyosh fotoelektrik stansiyasi qurilishi rejalashtirildi.
Quyosh elektrostansiyasi 400 ga maydonga joylashib, uning quvvati 100 MW ni,
Elektrostansiyaning qurilishi 5 yil davom etib, 2019 yilning mart oyida ishga
Respublikasi hududi, quyosh energiyasi bo‘yicha juda katta imkoniyatlarga ega.
Mamlakatdagi barcha qayta tiklanuvchi energiya manbalarining 99 % ni quyosh
energiyasi tashkil qilib, 50 mlrd. Tonna neft ekvivalentiga teng ekanligi aniqlandi.
15
bo‘yicha olib borayotgan tadbirlari natijasida 2031 – yilda mamlakatda iste’mol
qilinayotgan elektroenergiyaning 21 % qayta tiklanuvchi energiya manbalarida
ishlab chiqariladigan elektroenergiya bilan qoplanadi.
Xalqaro
hamjamiyatning
qayta tiklanuvchi energiya
manbalaridan
foydalanish bo‘yicha tajribalari bilan tanishish uchun, Hukumatimiz tomonidan
ko‘plab halqaro ilmiy anjumanlar tashkil qilinmoqda. «Qayta tiklanuvchi energiya
manbalari Markaziy Osiyoda, oziq – ovqat xavfsizligini ta’minlashda hamda uzoqda
joylashgan aholi punktlarini ijtimoiy – iqtisodiy sharoitlarini yaxshilovchi muhim
omildir» mavzusida 2008 – yil noyabr oyida o‘tkazilgan halqaro anjuman ham,
ushbu sohada olib borilayotgan ilmiy, ilmiy – tadqiqot, konstruktorlik va
qaytalanuvchi energiya manbalariga o‘rnatilgan energetik qurilmalar bilan tanishish
imkonini berdi [58].
Hozirgi kunda quyosh energiyasidan foydalanish uchun juda katta investitsion
mablag‘lar kiritilmoqda. 2013 – yilning noyabr oyida mamalakatimizning birinchi
Prezidenti tashabbusi bilan Toshkentda, «Quyosh energetikasi texnologiyalarining
istiqbollari va yo‘nalishlari» mavzusida «Quyosh energiyasi bo‘yicha Osiyo
forumi» ning 6 – yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi [28]. Ushbu yig‘ilishda Prezidentimiz, oxirgi
5 yilda quyosh energiyasidan foydalanishga kiritilayotgan investitsiyalar miqdori
520 mlrd. Dollarni, shundan 2012 yilda 143 mlrd. Dollarni tashkil qilganini, 2012 –
yilda quyosh energiyasidan elektroenergiya ishlab chiqarish 113 mlrd. kVt/soatni,
shundan fotoelektrik quyosh stansiyalari bilan 110 mlrd.kVt/soat elektroenergiya
ishlab chiqarilganini ta’kidlab o‘tdilar [28].
Dostları ilə paylaş: