60
Tayanch – buruvchi qurilma;
Sovitish sistemasi (8 ta ventilyator, yig‘indi quvvati 16 W∙soat, istemol toki
1,6 A gacha);
Akslanuvchi reflektor;
Akslanuvchi reflektor qo‘llanishi evaziga fotoelektrik qurilma quvvati
~200 W gacha ko‘tariladi.
An’anaviy konstruksiyalardan farqli issiqlik almashinish intensifikatsiyasi
uchun fotoelement batareyaning orqa tomonida ventilyatorlar o‘rnatildi. Bundan
tashqari fotoelement batareyaning past va yuqori qismlarida tirqishlar bor. Bu xolda
sovitish samaraliroqdir. 8 – rasmda ventilyatorlarni ulashning prinspial sxemasi
keltirilgan.
Sovituvchi sistemening ishlash prinspi quyidagicha:
Ventilyatorlar avtomatik tartibda ishlaydi va fotoelement batareya 50
o
C dan
yuqori qiziganida ishga tushadi, temperatura 50
o
dan past bo‘lganida ventilyatorlar
o‘chadi. Ventilyatorlarning yoqilish va o‘chishi kontakt releli termodatchik bilan
boshqariladi.
Ventilyatorlar fotoelement batareya dan elektr energiya istemol qiladi. Ish
vaqti atrof muxit temperaturasiga va fotoelement batareya sirtining yoritilganligiga
bog‘liq. 2015 – yilning birinchi yarmida FEU ni sinash ventilyatorlar ishlash vaqti
5 – 6 soatni tashkil etishini ko‘rsatdi.
O‘lchashlar Toshkentda sutka davomida o‘zgaruvchan xavoda, atrof muxit
temperaturasi ~33
0
С bo‘lganligida olib borildi. 9 – 10 – rasmlarda mos xolda
fotoelement batareya temperaturasining vaqtga va fotoelement batareya quvvatining
vaqtga bog‘liqliklari keltirilgan
3.9 va 3.10 – rasmlardan ko‘rinib turibdiki, xavoli sovitish va akslanuvchi
reflektorlarning qo‘llanilishi evaziga fotoelement batareyaning asosiy parametrlari
yaxshilandi: fotoelement batareyaning yangi konstruksiyasi quvvati an’anaviy
konstruksiyasiyaga qaraganda 1,5 marta oshdi [11; C. 122 - 127].