59
Ko‘rinib turibdiki, ikkala fotoelement batareya quvvati sovituvchi xavo oqimi
tezligiga bog‘liq. Bunda “fotoelement batareya – 2” quvvati oqim tezligining oshishi
bilan “fotoelement batareya – 1” ga qaraganda tez o‘sadi. Shunday qilib,
“fotoelement batareya – 2” ning konstruksiyasi ko‘proq qo‘llaniladi, chunki uning
quvvati majburiy sovitish natijasida 38 % ga oshdi. Shu sababli, ushbu dizayn yangi
qurilma uchun asos bo‘ldi (3.7 – rasm).
Fotoelektrik qurilma quyidagi tarmoq va bo‘laklarni o‘z ichiga oladi:
Fotoelektrik batareya 40 ta quyosh elementidan iborat bo‘lib, ular
ketma – ket ulangan. Fotoelement batareyaning pik quvvati 170 W;
Sig‘imi 150 A∙soat bo‘lgan akkumulyator batareyasi;
Invertor – 1 kW quvvatli o‘zgartirgich;
Dostları ilə paylaş: