Bank strukturasi
ATB “CheKI «Hamkorbank» ATB Navoiy MBXO”ning xizmat turlari va tashkiliy tuzilmasi
Bankning yuksak vazifasi - o'z mijozlariga ularning bizneslari talablariga javob beruvchi keng qamrovli bank xizmatlarini professional darajada taqdim etib, respublikada tadbirkorlikning mustahkamlanishiga ko'maklashish.
Ushbu vazifani amalga oshirishda AT «CheKI «Hamkorbank» ATB Navoiy MBXO» doimiy ravishda o'zining korporativ qadriyatlariga asoslanib faoliyat yuritadi.
Korporativ qadriyatlar: kasbiy mahorat. AT «CheKI «Hamkorbank» ATB Navoiy MBXO» bilan ish olib borayotgan har qanday mijoz sifatli xizmat ko'rsatilishi hamda mahsulotlardan foydalanishda eng maqbul qaror va maslahatlar taqdim etilishiga amin bo'lishi mumkin.
Ishonchlilik. AT «CheKI «Hamkorbank» ATB Navoiy MBXO» biznes sohasida yaxshi nom orttirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yib, mijozlar, hamkorlar va davlat organlari bilan halollik, o'zaro ishonch, ochiq siyosat va hamjihatlikka asoslangan o'zaro munosabatlarda ish etikasining yuksak me'yorlariga rioya qiladi.
Ochiqlik. AT «CheKI «Hamkorbank» ATB Navoiy MBXO» faoliyati mijozlar, xodimlar, jamoatchilik va davlat bilan bo'ladigan ochiq va samimiy munosabatlarga asoslangan.
Qonuniylik. AT «CheKI «Hamkorbank» ATB Navoiy MBXO» o'z faoliyatini qonuniy asoslarga tayanib olib borishi bilan birga, noo'rin tavakkalchilik va shubhali (g'ayriqonuniy) bitimlar tuzilishiga yo'l qo'ymaydi.
Innovatsion g'oyalarni qo'llash. AT «CheKI «Hamkorbank» ATB Navoiy MBXO» doimo har bir mijozga jahon miqyosidagi bank ishi va innovatsion g'oyalarning eng zamonaviy yutuqlariga asoslangan bank mahsulotlari va xizmatlarining majmuasini taqdim qilishga intiladi.
Xalqaro hamkorlik. AT «CheKI «Hamkorbank» ATB Navoiy MBXO» mamlakatimiz korxonalariga chet el investorlarini jalb qilish va xorijiy hamkorlarga O'zbekistonda o'zlarining biznes faoliyatlarini amalga oshirishlari uchun zamonaviy g'oyalarni taklif etadi.
Samaradorlik. Har bir operatsiyani amalga oshirishda AT «CheKI «Hamkorbank» ATB Navoiy MBXO» qisqa vaqt ichida mehnat va moliyaviy resurslardan eng maqbul ravishda foydalangan holda eng yuqori natijalarga erishishni ko'zda tutadi.
Bank o'z biznesini quyidagi tamoyillarga tayangan holda amalga oshiradi:
Shaffoflik. Bank doimo faoliyatida sodir bo'layotgan muhim voqealar to'g'risida ishonchli ma'lumotlarni taqdim etadi, chunki axborotlarning shaffofligi – mijozlar va hamkorlarning bankka bo'lgan yuqori darajadagi ishonchi uchun asos va poydevordir.
O'zaro ishonch. Bank o'z mijozlarini biznesni rivojlantirishning asosi deb hisoblagan holda ularning bankka bo'lgan ishonchini qadrlaydi hamda munosabatlarni o'zaro manfaatli sharoitlarda mustahkamlaydi.
Professionallik. Professionallar jamoasini shakllantirgan holda bank o'z hodimlarining malakasini muntazam oshirish uchun zaruriy sharoitlarni yaratadi,ularning ijtimoiy himoyasi hamda motivatsiyasi haqida qayg'uradi.
Novatorlik. Bank mijozlarining talablariga to'liq javob berish uchun o'tgan davr tajribasi va bugungi kunning innovatsion echimlarini birlashtiradi.
. CheKI «Hamkorbank» ATB Navoiy MBXO ATBning moliyaviy ko‘rsatkichlari va ularning iqtisodiy tahlili. CheKI «Hamkorbank» ATB Navoiy MBXO ATBning qimmatli qog ‘ozlar tahlili Makroiqtisodiy rivojlanishga erishishda qimmatli qog‘ozlar bozorining ahamiyati katta. Hukumatning qo‘llab-quvvatlashi va o‘z vaqtida qonuniy bazaning yaratilishi fond bozorining O‘zbekiston iqtisodiyotida munosib o‘rin egallashiga imkon berdi. Hozirgi kunda qimmatli qog‘ozlar bozori infratuzilmasi barqaror faoliyat yuritmoqda. Respublikada yuqori texnologik jihozlar bilan ta’minlangan Fond birjasi va uning viloyatlardagi filiallari mav jud. Qimmatli qog‘ozlar bozorining shakllanishi va rivojlanishida 1995-yil O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi bo‘yicha komissiyaning tuzilishi, 1996-yil «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqini himoya qilish to‘g‘risida» hamda «Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyati mexanizmi to‘g‘risida»gi qonunlarning qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.Hozirgi vaqtda qimmatli qog‘ozlar bozorida turli qimmatli qog‘ozlar bilan savdo muomalasi amalga oshirilmoqda. Bozorda eng ko‘p muomalada bo‘ladigan qimmatli qog‘ozlardan: aksiyalar, davlat qisqa muddatli obligatsiyalari, tijorat banklarining depozit sertifikatlari va depozit obligatsiyalaridir.
Tijorat banklari O‘zbekistonda 1994-yilda paychilik jamiyatlaridan aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. turli tashkilotlar, korxonalar tijorat banklari aksiyadorlari bo‘lishdi. Hozirgacha tijorat banklari boshlang‘ich emissiya aksiyalarini joylashtirib, ikkinchi marta, ayrimlari esa bir necha marta aksiyalarini chiqarmoqda.Obligatsiya emitantning qarzdorligini tasdiqlovchi qimmatbaho qag‘ozdir.
CheKI «Hamkorbank» ATB Navoiy MBXO ATB qarz mablag‘larni jalb etish uchun obligatsiyalar va deposit sertifikatlarini chiqaradi.
Demak, CheKI «Hamkorbank» ATB Navoiy MBXO ATB qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha quyidagi operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin:
– qimmatbaho qog‘ozlarni (aksiya, obligatsiya, bank sertifikatlari) muomalaga chiqarish;
– qimmatbaho qog‘ozlarni sotib olish, saqlash kabi operatsiyalar;
– mijozlar topshirig‘iga asosan qimmatbaho qog‘ozlarni boshqarish;
– fond bozori, qatnashchilariga qimmatli qog‘ozlar operatsiyalari bo‘yicha
maslahatlar berish;
qimmatli qog‘ozlarni baholash va qimmatli qog‘ozlar bozorini tadqiq qilish;
– qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida axborot va boshqa xizmatlar ko‘rsatish
CheKI «Hamkorbank» ATB Navoiy MBXO ATB qimmatbaho qog‘ozlar holatini tahlil qilganda, ularni tahlil qilinayotgan davr boshiga va oxiriga qanchalik o‘zgarganligini aniqlash lozim. Tahlilda ularning mutloq va nisbiy o‘zgarishlarini aniqlab, qanchalik va nima sababdan o‘zgarish bo‘lganligini bilish lozim bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |