Kirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2021-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhi ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma ‘ruzalarida ta’kidlaganliklaridek: “Kreditlar ishlab chiqarish va infratuzilmani rivojlantirish, tadbirkorlish faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda zarur manba hisoblanadi. Bo‘sh mablag‘larni jalb qilib, ularni kredit sifatida tadbirkor va investorlarga taqdim etiladigan tijorat banklarining iqtisodiy jarayonlardagi roli juda kata.
Shu borada ko‘rilgan tizimli choralar natijasida oxirgi ikki yilda banklar tomonidan investitsiya loyihalarini kreditlash ko‘lami sezilarli darajada kengayib , kredit portfeli hajmi 3,2 barobarga oshdi. Hududlarni rivojlantirish dasturi doirasida 6400 (olti ming to‘rt yuz)ta loyiha uchun 27.000.000.000.000 (yigirma yetti trillion) so‘m kredit ajratildi.
«Kreditlar ishlab chiqarish va infratuzilmani rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda zarur manba hisoblanadi. Bo‘sh mablag‘larni jalb qilib, ularni kredit sifatida tadbirkor va investorlarga taqdim etadigan tijorat banklarining iqtisodiy jarayonlardagi roli juda katta.
Shu borada ko‘rilgan tizimli choralar natijasida oxirgi ikki yilda banklar tomonidan investitsiya loyihalarini kreditlash ko‘lami sezilarli darajada kengayib, kredit portfeli hajmi 3,2 barobar oshdi. Hududlarni rivojlantirish dasturlari doirasida 6 ming 400 ta loyiha uchun 27 trillion so‘m kredit ajratildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.Yig‘ilishda bank tizimida ijobiy natijalar bilan birga, qator muammolar ham borligi qayd etildi. Joriy yilda Prezidentning Virtual va Xalq qabulxonalariga bank sohasi bo‘yicha 24 mingdan ziyod murojaat bo‘lganiga e'tibor qaratildi.Bunday kreditlar jami kreditlarning 1,8 foizidan kam bo‘lsa-da, yil boshiga nisbatan oshgani qayd qilindi. Hududlar kesimida bunday kreditlarining 76 foizi Toshkent shahriga, 5 foizi Qashqadaryo, 3 foizi Buxoro viloyatiga to‘g‘ri keladi.Shuningdek, hokimliklar tarmoqlar tomonidan ayrim loyihalar puxta ishlab chiqilmagani oqibatida bir qator obektlar o‘z vaqtida ishga tushmagani hamda kreditlar qaytishi cho‘zilayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Jumladan, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida kredit mablag‘lari ajratilgan ayrim investitsiya loyihalarini amalga oshirish haligacha boshlanmagani tanqid qilindi.
Uy-joy fondini ta'mirlash va turar joy binolarini barpo etishga qaytarish manbalari va imkoniyatlari to‘liq o‘rganilmasdan kredit ajratilishi oqibatida umidsiz qarzlar ko‘paymoqda. Jumladan, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi bo‘yicha katta miqdorda muammoli kreditlar mavjud. Ulardan eng ko‘plari – Toshkent shahrida 32 milliard so‘m, Qashqadaryo viloyatida 27 milliard so‘m, Andijon viloyatida qariyb 20 milliard so‘m va Buxoro viloyatida 14 milliard so‘mdir.
Davlatimiz rahbari muammoli kreditlarni qaytarish banklarning imkoniyatlarini yanada kengaytirishini, ularni undirish bo‘yicha banklar, qarzdor korxonalar, kompaniya va uyushmalar, hududlar rahbarlari birgalikda ish olib borishi zarurligini ta'kidladi.
Banklarning kredit uchun resurslar jamlashdagi faolligi ham yetarli emas. Aholi va yuridik shaxslarning bo‘sh mablag‘larini bank depozitlariga, birinchi navbatda muddatli va jamg‘arib boriladigan depozitlarga jalb qilish banklarning moliyaviy barqarorligini oshiradi.
Prezident tijorat banklari xalqaro moliya institutlari kredit liniyalarini yanada faol jalb etishi va ularni to‘liq o‘zlashtirishi lozimligini qayd etdi.
Tijorat banklari ustav kapitali asosan davlat ulushi hisobiga oshirilib, xususiy sektor mablag‘lari deyarli yo‘naltirilmagani jiddiy tanqid qilindi.
Ayni kunda CheKI «Hamkorbank» ATB Navoiy filiali ham xalqaro moliya institutlari va yetakchi xorijiy banklarning imtiyozli kreditlari , investitsiyalari va grantlarini jalb etib,Respublikamiz iqtisodiyotida muhim rol o ‘ynamoqda.