Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги педагогик инновациялар, касб-ҳунар таълими бошқарув ҳамда педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг


Bolaning musiqaviy qobiliyatini rivojlantirish



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə2/5
tarix17.05.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#114912
1   2   3   4   5
Maktabgacha yoshdagi bolalarda musiqiy tarbiya berish

1.Bolaning musiqaviy qobiliyatini rivojlantirish.
2.Bolalarni ashula aytish va musiqaviy-ritmik malakalarga o’rganish. Ularda musiqani qabul qilish, his etish va tushunish qobiliyatlarini tarbiyalash.
3. Bolada badiiy - ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish.
Bu vazifalarning hammasi bir-biri bilan o’zaro mustahkam bog’langan. Birinchi vazifani ko’rib chiqamiz. Musiqaviy deganda nimani tushunish kerak? Bu sifat o’z ichiga qimmatli ikki tomonni oladi:
a) emotsional jonkuyarlilik - musiqa asarining uning obrazli mazmuniga aloqador qayg’ura olish qobiliyati;
b) Bolalarga juda nozik eshitishni, asarning musiqa-tovush materialini ajratishni ta’minlaydigan musiqa idroki va musiqaviy qobiliyatlarni rivojlantirish.
Musiqaviylikni har ikkala tomoni ham ajralmas birlikda turadi va bir vaqtning o’zida tarbiyalanadi.
Musiqa san’ati estetik tarbiyaning muhim omili bo’lib, garmonik rivojlangan shaxsning kamolotga erishishi uchun unga muhim ta’sir etuvchi jarayondir. MTMda, oilada musiqa mashg’ulotlarini qoniqarli uyushtirish, yosh avlodning ichki dunyosini boyitish va san’atni to’g’ri tushunishidagi yagona yo’ldir. Musiqa ayni bir vaqtning o’zida ham fan ham san’atdir.
Musiqaviy estetik tarbiya masalalari bugungi kunda muhim ahamiyatga ega. Bola shaxsining shakllanishi jarayonida uning estetik madaniyat asosidagi har tomonlama badiiy rivojlanishi tarbiyachidan jiddiy mas’uliyat talab qiladi.Chunki maktabgacha yoshdagi bolalardagi musiqa tarbiyasi bolaning mehnatga, Vatanga va burchga muhabbatni shakllantiradi, tarbiyalaydi, hamda uning butun hayoti mobaynida unga hamroh bo’lib boradi.
Hozirgi kun talabi maktabgacha ta’lim muassasalari oldiga musiqiy- estetik tarbiya berish borasida aniq vazifalarni qo’yadi:
- bolalarni tabiat go’zalliklarini, badiiy asarlarni idrok etish;
- estetik did va hissiyotni shakllantirish;
- hayotda go’zallik tushunchasini to’liqligicha anglashni o’rgatish;
- bolalarga badiiy ijodkorlikni shakllantirish;

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin