HUJJATLAR MAZMUN BAYONINING SHAKLI JIHATDAN XUSUSIY (INDIVIDUAL), NAMUNALI (TIPOVOY) VA QOLIPLI (TRAFARETLI) HUJJATLARGA BO`LINADI :
Matnning o`ziga xosligi, betakrorligi, hamisha ham bir andozada bo`lmasligi xususiy hujjatlarning asosiy belgilaridir (masalan, xizmat yozishmalari va shu kabilar). Bunday hujjatlarda ham muayyan doimiy tarkib mavjud bo`lsa-da, bevosita mazmun bayoni bir qadar erkin bo`ladi. Namunali hujjatlarboshqaruvning muayyan bir xil vaziyatlari bilan bog`liq, bir-biriga o`xshash va ko`p takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni o`z ichiga oladi. Qolipli hujjatlar, odatda, olinadigan tayyorlanadigan bosma ish qog`ozlariga yoziladi, bunday hujjatlarda ikki turli axborot aks etadi, ya`ni o`zgarmas (oldindan tayyor bosma matnda ifodalangan) va o`zgaruvchi hujjatni tuzish paytida yoki qo`lda yo`ziladigan axborotlar; shuning uchun bu tur hujjatlarga ko`pincha “yozmoq” emas, balki “to`ldirmoq” so`zi ishlatiladi.
Hujjatlarning bajarilish vaqti, muddatiga qarab shoshilinch va noshoshilinch turlari mavjud. Ayrim hujjat bajarilishining muddati ko`rsatiladi.
Hujjatlarning bajarilish vaqti, muddatiga qarab shoshilinch va noshoshilinch turlari mavjud. Ayrim hujjat bajarilishining muddati ko`rsatiladi.
Hujjatlar tegishlilik jihatiga ko`ra, xizmat yoki rasmiy hujjatlar va shaxsiy hujjatlarga ajratiladi. Xizmat hujjatlari tayyorlanishiga ko`ra muassasa yoki mansabdor shaxslarga tegishli bo`lsa, shaxsiy hujjatlar yakka shaxslar tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog`liq masalalarga tegishli bo`ladi .
Hujjatlarning tayyorlanish xususiyati va darajasi benihoya muhim. Bu jihatiga ko`ra hujjatlar quyidagicha tavsiflanadi : qoralama; asl nusxa; nusxa; ko`chirma.
Ma`muriy - boshqaruv faoliyaida xizmat mavqeyiga ko`rahujjatlar hozirgi kunda, asosan, quyidagicha tasniflandi: tashkiliy hujjatlar; farmoyish hujjatlari; ma`lumotsimon-axborot hujjatlari; xizmat yozishmalari.