Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги самарқанд давлат университети



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə2/4
tarix03.03.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#86449
1   2   3   4
davlat hujjatlarida ish yuritish fan

Respublikamizda 1989-yil 29-oktabrda o`zbek tiliga davlat tili huquqi berilgan, 1991-yil 31-avgustda esa mamlakatimiz sobiq sho`rolar hukmronligidan qutilib, mustaqillikka erishgan bo`lsa-da, bir qator korxonalarda hujjatlar, ish qog`ozlarini davlat tilida yangi alifbo va imlo qoidalari asosida yuritishga o`tish biroz qiyinchilik bilan kechmoqda.

Til – millаtning аsоsiy bеlgilаridаn, dаvlаt mustаqilligining аsоsiy rаmzlаridаn biri. Til mаvjud ekаn, millаt mаngu yashаydi; tilning tirikligi, аytish mumkinki, millаtning, xаlqning mаvjudligidir. Dеmаkki, o`zbеk tilining tirikligi – o`zbеk millаtining mаvjudligi, dаvlаt tili esа o`zbеk dаvlаtchiligining bоrligidаn dаlоlаtdir.

HUJJAT  (“O`zbek tilining izohli lug`ati”da) arabcha so`z bo`lib, uning yuqorida qayd qilingan asosiy ma`nosidan tashqari ilmiy, ijtimoiy yoki tarixiy ahamiyatga ega bo`lgan yozuvlar, suratlar, asar yoki adabiyot ma`nosini ham anglatishi ta`kidlangan.

HUJJATLARNING MASALALAR SONIGA QARAB TURLARI:

Hujjatlarning matnida turli xil va bir qancha masalalar aks etishi mumkin. Masalalarning soniga qarab ularni sodda va murakkab hujjatlarga ajratiladi.

Sodda hujjatlarda bitta masala yoritilsa, murakkabida bir nechta masala o`z ifodasini topgan bo`ladi (dalolatnoma, buyruq).

HUJJATLARNING YARATILISH O`RNIGA KO`RA TURLARI:

Hujjatshunoslikdagi ish yuritishdagi hujjatlar eng avvalo yaratilish o`rniga ko`ra tasnif qilinadi, bu jihatdan ichki va tashqi hujjatlar fikrlanadi. Ichki hujjatlar ayni muassasaning o`zida tuziladigan va shu muassasa ichida foydalanadigan hujjatlarda, muayyan muassasada boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladiganlari esa tashqi hujjatdir.

HUJJATLARNING MAZMUNIGA KO`RA TURLARI:

Hujjatlar mazmuniga ko`ra ikki turli bo`ladi: 1) Sodda hujjatlar – muayyan bir masalani o`z ichiga oladi ; 2) Murakkab hujjatlar – ikki yoki undan ortiq masalani o`z ichiga oladi.


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin