Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги термиз давлат университети иқтисодиёт ва туризм факультети


Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishda turizmning ta’sir doirasi



Yüklə 393,54 Kb.
səhifə13/116
tarix02.01.2022
ölçüsü393,54 Kb.
#36116
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   116
Туризм иктисоди маърузалар туплами

1.5.Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishda turizmning ta’sir doirasi

Turizm rivojlanishidagi hozirgi zamon tendentsiyalari uning ham jahon iqtisodiyotiga ham alohida mamlakatlar va mintaqalar iqtisodiyotiga ta’siri ortib borayotganligini ko’rsatmoqda. Turizm aholining o’ziga hos ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirib milliy iqtisodiyotning yirik mustaqil sohaga aylanib bormoqda. Ushbu ehtiyojlarning xilma xilligi tufayli nafaqat turistik korxonalar balki boshqa soha korxonalari ham qatnashib xalq xo’jaligi kompleksi rivojiga multiplikativ ta’sir etadigan omillardan biri sifatida turizm namoyon bo’ladi. Bundan tashqari turizm insonlarning asosiy ehtiyojlaridan biri bo’lib, insonlarga fan texnika taraqqiyoti jadal rivoji, mehnat intensivligi natijasida vujudga keladigan his-hayajon va psixologik salbiy ta’sirlarni kamaytirishda sezilarli ko’mak beradi.

Ko’pgina mamlakatlardan farqli o’laroq turizm sohasi yetarlicha rivojlanmagan O’zbekistonda turizm industriyasi rivoji pul tushumlari ko’payishi, ishsizlik darajasini pasaytirish, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy holatini barqarorlashtirishning bir yo’nalishi sifatida davlat tomonidan tartibga solish jarayonlarini faollashtirish, turistik xizmatlar bozorini o’rganish, turistik ta’lim tizimini kengaytirish, muayyan mintaqalar rivojini ta’minlaydigan dasturlarni ishlab chiqishni talab etadi.

O'zbekiston respublikasida turizm sohasi rivojlanishida o’rta muddatli istiqbolda davlat siyosatining strategik maqsadlari, vazifa va chora-tadbirlarini aniqlab olish lozim. Mamlakat turizm sohasi respublika iqtisodiyotini diversifikatsiya qilishda o’zining ezilarli ijtimoiy hissasini turistik xizmatlarni modernizatsiyalash va uni eksport qilish, xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish va iqtisodiyotning aloqador tarmoqlari rivojlanishiga innivatsion ta’sir etish orqali amalga oshirishi lozim.

O’zbekistonda turizm sohasini o’rta muddatli istiqbolda rivojlantirish konsepsiyasi turizm sohasidagi zamonaviy jarayonlar hamda respublika turizm sohasidagi holatlarni xisobga olgan holda ishlab chiqildi. Turizmning tezkor rivojlanishi, iqtisodiyotning boshqa sohalariga multiplikativ ta’siri, aholi turmush darajasi o’sishi va atrof muhitni muhofaza qilish bo’yicha choralar ko’rish zarurligini xisobga olgan holda turizm sohasi mamlakatning barqaror rivojlanishini ta’minlashdagi qudratli dastakka aylanishi lozim.

Konsepsiya va 2017-2021 yillarda O’zbekiston respublikasi turizm sohasini rivojlantirishning aniq chora-tadbirlari Dasturida maqsadlar tizimi, vazifalar, ularni bajarishning aniq mudddatlari, mas’ul ijrochilar, zaruriy moliyaviy resurslar turizmni samarali rivojlantirishning yagona jarayonlari ishlab chiqildi. Ushbu jarayonlarni nazorat qilish va boshqarish uchun doimiy monitoring va baholash tizimi ko’zda tutilgan bo’lib, Konsepsiyaning asosiy yo’nalishlarini muvoffaqiyatli amalga oshirish darajasini tahlil etishni ta’minlashga yo’naltirilgan. Monitoring ma’lumotlariga asosan Konsepsiyani amamlga oshirish samaradorligi tizimli ravishda baholab boriladi, resurslarni qayta taqsimlash, undan samarali foydalanish, manfaatdor ijrochilar bilan kooperatsiyani yaxshilash bo’yicha chora-tadbirlar ko’riladi27.

Turizm umumiy iqtisodiy o’sishga kam rivojlangan hududlarning rivojlanishiga ko’maklashadi. YAxshi rivojlanmagan hududlarda turistik markazlar ochish ko’pgina davlatlarning asosiy usuli xisoblanadi. Tog’ va qishloq joylarida turistik markazlarning tashkil qilinishi shu joylarning o’zlashtirilishiga aholi turmush sharoitining qandayligiga bog’liq. Turizm rivojining kelajagini aniqlash uchun avvalo moddiy-texnika bazasi, turistik resurslar ko’lami mazkur turistik maxsulotga bo’lgan talabni chuqur o’rganish lozim. Bu ishda turistik resurslar bahosini haddan tashqari oshirib yubormaslik lozim. Masalan, ma’lum bir mintaqadagi tarixiy yodgorlik faqat shu joyning o’zi uchungina qiziqarli bo’lishi mumkin, xalqaro maydonda esa boshqa ko’plab yodgorliklarning u qadar ahamiyati bo’lmasligi turistlarni o’ziga jalb qilmasligi mumkin va shuning uchun ham bunday tumanlarda moddiy texnika bazasini yaratishdan ko’p foyda olish amri mahol. SHunday qilib, tumanda barpo etilgan turistik markaz uning rivojlanishiga olib keladi.

Turizm bu iqtisodiy kompleks bo’lib, uning rivojlanishi jahon xo’jalik jarayonlari va munosabatlari bilan tushuntiriladi. Boshqa tarafdan turizm iqtisodiy o’sishning muhim katalizatori bo’lib, mamlakatlar o’rtasida yalpi milliy maxsulotni taqsimlash kanali sifatida qatnashadi va tovar, xizmatlar olib chiqilishi kuzatilmaydi. Masalan, yaponlar Filippinga dam olishga borsa, o’zbeklar Turkiyaga borsa, ular nafaqat u yerga ishlab topgan mablag’larining bir qismini olib borishadi, balki Filippin va Turkiyada yangi ish o’rinlari yaratishadi. Turizm iqtisodiy xodisa sifatida:



  • industriya shakliga ega;

  • yig’ish va transpportirovka qilish mumkin bo’lmagan xizmatlar turi sifatida ishtirok etadi;

  • yangi ish o’rinlari yaratadi va ko’pincha tezkor rivojlanish va yangi hududlarni o’zlashtirish pionerlari bo’lishadi;

  • turizmga ixtisoslashgan mamlakat foydasiga milliy daromadni qayta taqsimlash mexanizmi sifatida ishtirok etadi;

  • mahalliy infratuzilma rivojlanishi va mahalliy aholi turmush darajasi o’sishi multipliqatori xisoblanadi;

  • investitsiyalarning yuqori samaradorligi va tez qaytishi bilan xarakterlanadi;

  • insonning va xo’jalik sohalarining barcha turlari bilan taqqoslasa bo’ladi.

SHunday qilib turizm mamlakat va uning hududi iqtisodiyotiga faol ta’sir ko’rsatadi. Turizmga iqtisodiy xodisa sifatida birinchilardan bo’lib P.Rotrou (P.Rotrow) e’tibor berib, mamlakat rivoji iqtisodiy bosqichlari va unda turizm rivojlanishi xususiyatlari o’rtasidagi korrelyatsiyani aniqladi. (1-jadval)

Iqtisodiy rivojlanish va turizm (Rotrow,1952)




Yüklə 393,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin