Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги термиз давлат университети иқтисодиёт ва туризм факультети


Buyuk Ipak yo’li va unda turizmni rivojlantirishning ahamiyati



Yüklə 393,54 Kb.
səhifə19/116
tarix02.01.2022
ölçüsü393,54 Kb.
#36116
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   116
Туризм иктисоди маърузалар туплами

1.7.Buyuk Ipak yo’li va unda turizmni rivojlantirishning ahamiyati

Hozirgi vaqtda butun dunyoda, jumladan O’zbekistonda ham iqtisodiyotning noishlab chiqarish sohalaridan biri xususan turizm sohasiga katta e’tibor kuchayib bormoqda. Insonlar borgan sari o’zlarining bo’sh vaqtlarini samarali o’tkazishga, dam olishga, sog’ligini tiklashga, dunyoni, xalqlarning urf odatlarini, qadriyatlarini bilishga intilmoqda. Bundan tashqari, insoniyat har doim o’zining harakat doirasini o’zgartirib, yangi yerlarni kashf qilishga intilgan. XX asrga kelib bunday intilishlar kuchaydi va turizm industriyasining rivojlanishiga katta turtki bo’ldi. O’tgan 2004 yilda dunyo aholisining har to’rtinchisi sayohat qilganlar. Ayrim mamlakatlarda turizm sohasi juda ham barqaror rivojlanib bormoqda va ularning har yillik o’sish sur’ati 8-10 foizgacha boradi. Bu davlatlarga Ispaniya, Italiya, Frantsiya, AQSH va boshqa mamlakatlarni kiritish mumkin. SHunisi qiziqki turizm rivojlanishi bilan bir qatorda transport, bozor infratuzilmasi, savdo sotiq, oziq-ovqat tarmoqlari, qurilish, hunarmandchilik hamda boshqa xizmat ko’rsatish sohalari rivojlanib ketadi29. Respublikamiz xalqaro turizmni rivojlantirish uchun juda boy imkoniyatlarga ega. Bularga «Buyuk Ipak Yo’li»ning shoh tomiri respublikamizdan o’tganligi, butun dunyoga mashhur tarixiy va madaniy shaharlarimiz Samarqand, Buxoro, Xiva, SHahrisabz, Qo’qon, Toshkent, Termiz va boshqa shaharlar, tabiiy va sog’lomlashtirish resurslariga boy mintaqalarimiz CHimyon, SHohimardon, Zomin, Boysun, SHerobod va boshqa shaharlar kiradi. Hozirgi kunga kelib O’zbekistonda turizmni rivojlantirish uchun asos solindi deb hisoblasa bo’ladi. Bunga dalil sifatida 1995 yilda «Buyuk Ipak yo’li»ni qayta tiklashda O’zbekiston respublikasining faol qatnashishi va respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish to’g’risida»gi farmonnining Prezidentimiz tomonidan qabul qilinishidir. Bu farmonga binoan turistik korxonalar bir qator soliq imtiyozlarga ega bo’lishdi. Bu farmon «Buyuk Ipak yo’li»da joylashgan tarixiy va madaniy shaharlarda turistik yo’nalishlarning rivojlanishiga turtki bo’ldi. Ming yillar davomida «Buyuk Ipak yo’li» Osiyo va yevropa xalqlarini birlashtirishning ahamiyatli va samarali usuli hisoblanib kelgan. Xuddi shu yo’l bo’ylab tovarlar, bilimlar, texnologiyalar, madaniyatlar almashuvi amalga oshirilgan, natijada shaharlarning, davlatlarning rivojlanishiga ko’maklashib kelgan. Hattoki, hozirgi vaqtda bu yo’l insoniyatga qanday global ahamiyatga ega bo’lganligini baholash qiyin. Ammo, o’zining faoliyatini tugatgandan keyin ham unga qiziqish yo’qolib ketmadi. Ayniqsa, transport va axborot aloqalarining, sanoat ishlab chiqarishning, tovar va xizmatlaring savdosini hamda Osiyo va yevropa mintaqalarining integratsiya protsesslariga faol qatnashuvi «Buyuk Ipak yo’li»ning «ikkinchi nafasi»ni olganini ko’rish mumkin.

«Buyuk Ipak yo’li»da xalqaro turizmni rivojlantirishning bir ko’rinishi bo’lib, janubiy-sharqiy Osiyoni yevropa bilan bog’lab turadigan global Transosiyo transport liniyani shakllantirish hisoblanadi. U o’z ichiga YAponiya, Xitoy, Xindiston, O’zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog’iston, Kavkaz davlatlari, G’arbiy Osiyo (Pokiston, eron) davlatlari va albatta, yevropa davlatlarini qamrab oladi. e’tiborga olish kerakki TRASEKA loyihasi doirasida «Delfin» izlanishi o’tmoqda. Bu izlanishning mazmuni karvonsaroylarni tashkil qilishning texnik-iqtisodiy asoslanishi, ekspertlarning fikriga ko’ra, bu «Buyuk ipak yo’li»ning rivojlanishiga va xalqaro hamkorlikning samarali natija berishiga yordam beradi, chunki O’zbekiston va Turkmanistonning asosiy yo’nalishlarida yoqilg’i stantsiyalari, turar joylar, ovqatlanish punktlari va telekommunikatsiya zonalarining qurilishi yangi turistik zonalarning shakllanishiga hamda turistik avtotransportning paydo bo’lishiga olib keldi. 2002 yili Respublikamiz prezidenti I.A.Karimovning Ispaniyaga tashrifi mobaynida Butunjahon Turizm Tashkiloti rahbari Franchesko Francheyzer bilan o’tkazgan muloqotida O’zbekistonning xalqaro turizm rivojlanishidagi ahamiyati, turistik tashkilotlar bilan olib borayotgan xalqaro hamkorligi, faoliyati, turistik tashkilotlarga ko’rsatilayotgan keng imtiyozlar va shart-sharoitlar haqida batafsil suhbatlashdilar.

Butunjahon Turistik Tashkiloti ekspertlari «Buyuk Ipak yo’li»da qatnashishiga qarab, qatnashuvchi davlatlarni 3 qismga ajratgan. Birinchi qismga o’ziga xos turizm milliy modelini shakllantira boshlagan O’rta Osiyo va Kavkaz davlatlari kirgan. Bu yo’nalishda Butunjahon Turistik Tashkiloti asosiy masala qilib turg’un rivojlanish dasturini tuzishda, turistik tarmoqqa investitsiyani jalb qilishda, qonunchilikni ishlab chiqishda va kadrlarni tayyorlashda ko’maklashishi hisoblanadi. Ikkinchi qismga «Buyuk Ipak yo’li» ob’ektlarini o’z ichiga olgan va turistik maxsuloti bilan aniq tajribaga ega bo’lgan davlatlar kiradi. Bular Xitoy, Pokiston, Hindiston, eron, Gretsiya va Turkiyalardir. BTT ning ekspertlari fikriga ko’ra bu yerda xalqaro tashkilot «Buyuk Ipak yo’li» nomli turistik mahsulotning sotilishini rag’batlantirishi mumkin.

Uchinchi qism esa, qadimgi aloqaning oxirgi nuqtalarini o’z ichiga qamrab oladi. Bularga bir tomondan YAponiya, Koreya, ASEAN davlatlari kiradi. Bu yerda Butunjahon Turistik Tashkilotining vazifasi «Buyuk Ipak yo’li»ni targ’ibot qilish deb hisoblanadi, chunki bu davlatlar nafaqat katta turistik oqimni ta’minlaydi, balki bu yo’l bo’ylab turizm uchun yetakchi bozorlar hisoblanadi.

«Buyuk Ipak yo’li» turistik maxsulot mavqeining ko’tarilishi uchun albatta fundamental asos bo’lishi kerak. Uni sotish uchun barcha davlatlarning faol hamkorligi kerak. Bu yerda xususiy sektor va davlat sektori, xalqaro va ratsional tashkilotlar, alohida turoperatorlar va mehmonxona komplekslari munosabatisiz amalga oshirib bo’lmaydi. Butunjahon Turistik Tashkilotining «Buyuk Ipak yo’li» loyihasi bo’yicha keyingi yig’ilishi Xitoyda 1996 yilda bo’lib o’tdi, bunda mahsulotning marketingiga oid masalalar ko’rib chiqildi. «Buyuk Ipak yo’li»da turizm bo’yicha ikkinchi anjuman ham bo’lib o’tdi. ekspertlar fikriga ko’ra bu yerda «Buyuk Ipak yo’li»ning asosiy turistik resurslari: diqqatga sazovor joylar, madaniy va tarixiy ob’ektlar, joylashtirish vositalari, transport va axborot markazlari shakllandi. Bu tadbirlardan keyin ushbu loyiha rivojlana boshladi. Ammo, hamma savollar yetarlicha yechilmagan edi, shuning uchun ham 1997 yil aprel oyida Texronda «Buyuk Ipak yo’li» bo’yicha ikkinchi xalqaro yig’ilish bo’lib o’tdi. Bunda quyidagi masalalar shakllandi: «Buyuk Ipak yo’li»ning regionlarini xalqaro targ’ibot qilish, bu turistik ma’lumotni reklama qilish uchun global axborot kommunikatsiya tarmoqlaridan (xususan Internet) foydalanish.

1994 yildan boshlab Butunjahon Turistik Tashkiloti «Buyuk ipak yo’li» loyihasini barcha yirik xalqaro yarmarkalarda: Berlinda TTV, Londonda WTM va Madridda FJTUR faol targ’ibot qila boshladi.

Butunjahon Turistik Tashkilotining bashoratlariga ko’ra 2020 yilga kelib dunyoning asosiy turistik yo’nalish bo’lib Xitoy hisoblanadi. Bu davlat hozirgi kunda 22 mln. turist qabul qila olishligi bilan oltinchi o’rinni egallaydi va o’rtacha yillik 8 foiz o’sish bilan Xitoyga keladigan turistlarning soni 137 mln., Gonkongga esa 59 mln. kishiga yetib, birinchi o’rinni egallaydi. Bundan kelib chiqib, «Buyuk Ipak yo’li» loyihasiga ishtirokchilarning oldida turistik maxsulotni shakllantirishda bu davlatlarni hisobga olish masalasi turibdi, masalan, Germaniya-O’zbekiston-Xitoy, Frantsiya-O’zbekiston-Gonkong va boshqalar. Turistlarning yillik xarajatlari 5 mlrd. dollarga yetishini hisobga olsa, O’zbekiston ham bu valyutaning ayrim qismini shaklllantirishga va o’zlashtirishga yetarli imkoniyati bor. CHunki «Buyuk Ipak Yo’li» bo’ylab Xitoyga sayohat qiluvchi turistlarning asosiy qismi respublikamiz orqali harakat qiladi. Bu degani xorijiy turistlarning mamlakatimizdagi turistik ob’ektlardan va transport vositalaridan foydalanganliklari uchun ma’lum bir valyutaning davlat byudjetiga tushishini ta’minlaydi. SHuning uchun ham xorijiy turistlar uchun «Buyuk Ipak yo’li» bo’ylab transport (tranzit) yo’nalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish lozim. Bu masalada madaniy va bilim qabul qilishga qaratilgan turizm eng katta qiziqish tug’diradi. Masalan, 2004 yilda O’zbekistonga 841,2 ming tashrif qiluvchilar keldi, bulardan 5,6 foizi turistik maqsadlar bilan, 74,4 foizi xususiy viza bo’yicha, qolgan 20 foizi boshqa turli xil maqsadlarda sayohat qilganlar. Ko’pchilik tashrif buyuruvchilarni davlatning tarixi, madaniyati va diniy obidalari qiziqtirgan. O’zbekiston hayotida bo’lib o’tayotgan madaniy tadbirlar, masalan, allomalarning va shaharlarning tantanalari nafaqat musulmon davlatlari, balki yevropa va boshqa davlatlarni keng qayd qilib, «Buyuk ipak yo’li»ni va taklif qilinayotgan mahsulotni yangi ahamiyatga ko’tardi.


Vaqt o’tishi bilan turizm integratsion jarayonlarga ko’proq yordam bera boshlaydi. Hozirgi vaqtda O’rta Osiyo davlatlari tashqi bozorlarda O’zbekiston, Qirg’iziston, Turkmaniston, Qozog’iston, Tojikiston bo’ylab yo’nalishlardan foydalanib «Buyuk ipak yo’li» markasi ostidagi turmaxsulotni sotishlari mumkin. Jahon integratsiyasining boshqa shakli turizm sohasida global tizimlardan, masalan internetdan foydalanish xisoblanadi. Turizm iqtisodiy salohiyatning globallashuviga sabab bo’ladi, ya’ni u nafaqat alohida davlatga balki bir mintaqadagi qator davlatlarga uning makroxo’jalik rivojlanishiga, ijtimoiy - siyosat holatiga ta’sir ko’rsatadi. Afgoniston va Tojikistonning mintaqaviy turizmga tortilishi, ba’zi ekspertlarning fikricha, bu davlatlarda siyosiy va iqtisodiy barqarorlik yuzaga kelishiga sabab bo’lishi mumkin. Boshqa tomondan turizmda xavfsizlikka ko’proq e’tibor berila boshlaydi. YUqori kriminal va nobarqaror siyosiy holatdagi davlatlarga turoperatorlar e’tibor bermaydilar. BTTning «Mak Nalti guruhi» xalqaro ekspertlarining fikricha Markaziy Osiyo mintaqasida turizm bozorining uch segmenti shakllandi:

1.O’zbekistonda sayohatlarning hammasini o’tkazuvchi turistlar.

2.O’zbekiston ular uchun Osiyo bo’ylab sayohatlarining bir qismi bo’lgan turistlar.

3. o’zlarining ishi bo’yicha sayohatlariga dam olishni qo’shuvchi biznesmenlar

Birinchi toifaga faqat o’zbek turmaxsulotini sotib olgan va O’zbekiston bo’ylab sayohat qilmoqchi bo’lgan turistlar kiradi. Kolgan ikki toifa davlatlararo sayohat dasturi yoki biznesni bajarish muddatiga ko’ra kamroq vaqt o’tkazadilar. Ta’kidlash kerakki, O’zbekiston xalqaro bozorda qadimda o’zbek shaharlari orqali o’tgan Buyuk ipak yo’lini reklama qilish orqali turistik turlar sotishni amalga oshirmoqda Tahlil shuni ko’rsatadiki ommaviy turistik yo’nalishlar narxi quyidagichadir.

-Toshkent-Samarqand-Buxoro-Urganch-Toshkent 676 AQSH doll va undan yuqori;

-Toshkent-Samarqand-SHahrisabz-Buxoro-Urganch-Toshkent 845 va yuqoriroq (20 kishilik guruhlar uchun).

Buyuk ipak yo’lining boshqa davlatlariga (Xitoy, eron, BAA) turlarni sotuvchi turistik agentliklarning so’rovnomasi shuni ko’rsatadiki bu davlatlardagi turmaxsulotlarning narxi O’zbekistonga sayohatdan ko’ra pastroqdir. Bundan tashqari bu davlatlar reklama va marketingga ko’p mablag’ sarflashadi Milliy ekspertlar fikricha agar 90-yillarning o’rtalarida xorijiy turistlar O’zbekiston turiga taxminan 1,5 ming doll (aviachiptalar ham shuning ichida) sarflashgan bo’lsa, 2005 yilga kelib bu summa 2 ming dollarga yetishi mumkin. Bunda turizm tur narxlarini oshirishdan emas, yangi xizmatlar ko’rsatish evaziga foyda oladi.

Bundan tashqari, o’zbek turizmi yanada ko’proq yevropa andozalari va tendentsiyalarini ola boshlaydi Bunda u xorijliklarni jalb qiluvchi sharqona latofatni ham saqlab qoladi. Albatta turizm iqtisodining muammolari jahonnikiga o’xshash bo’ladi. Masalan, MILLER FRIMAN TRAVEL GROUP tomonidan TTG WORLD HOTEL REPORT mehmonxona sanoati tadqiq qilindi va quyidagilar aniqlandi:

-mexmoxonalarga tushayotgan soliqning og’irligi oshib boradi va umumiy soliqlardagi turizmning ulushi 1996 yildagi 10,4 foizdan 2006 yilda 11 foizga yetadi;

-mehmonxona sanoati daromadni xisobga olish usulini o’zgartiradi: bitta nomerdan olinadigan daromad emas, bitta mehmondan olinadigan daromad xisoblanadi;

-Evropa otellaridan faqat 30 foizi mehmonxona tizimlariga tegishli xolos.

YAqin o’n yil ichida O’zbekistondagi ko’pgina mehmonxonalar mintaqaviy tizimlarga birlashtirilib, transmilliy korporatsiyalarga aylanishi mumkin shubhasiz davlatning o’zbek turizmini tashviqot qilishdagi ahamiyati ham kattadir. 1996 yilda turizmga yordam berish uchun byudjetdan 572 mln. dollar ajratgan Frantsiya, 78 mln. ajratgan Ispaniya, 15 mln. ajratgan AQSH, 27 mln. ajratgan Irlandiya, 5 mln. ajratgan Xitoy, 7 mln. ajratgan Polsha, 520 mln. ajratgan Turkiya, 518 mln. ajratgan Xindiston bunga misol bo’ladi.

Mak Nalti ekspertlar guruhi tomonidan O’zbekiston xukumatiga 2002 yilgacha marketing tadqiqotlari uchun 1,35-1,65 mln doll. milliy infratuzilmani rivojlantirishga 55 mln. doll. kapital qo’yilmalar yo’naltirish maslahat berilgan edi. Bu 2002 yilga kelib qo’shimcha 200 mln. dollar daromad berishi kerak edi.

O’zbekiston hozirda jahon turizmida mavjud bo’lgan 15 ko’rinishdagi turizmni taqdim qilishi mumkin. Bundan tashqari turistlar tomonidan buyurtma qilingan har qanday xizmatlarni bajarish imkoniyatlariga ega har bir turistdan o’rta xisobda 1200 dollar tushadi.

O’zbekistonda o’ttizdan ortiq mehmonxona va mehmonxona majmualari, turbaza va kempinglar, 10 avtotransport xo’jaliklari turistlar xizmatiga tayyor. Turistlar qabul qilish va jo’natishga kelganda ular avvalo milliy transport kompaniyalarimiz to’g’ridan-to’g’ri aloqa o’rnatgan davlatlar bilan olib borilmoqda. Bular O’zbekistonning o’zidan 22 davlat va MDH davlatlaridan 10-12 davlat.



Xulosa

Hozirgi kunda davlatimiz tomonidan turizm infratuzilmasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar o’zining ijobiy natijalarini berib kelmoqda. Biroq, murakkab o’tish davri bilan bog’liq talaygina muammolar tufayli bu sohada ham ayrim kamchiliklar mavjud bo’lib bular haqida keyingi mavzularda atroflicha to’xtalib o’tamiz.



Savollar


1. Turizmni rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari nima?

2.Turizmning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati nimalardan iborat?

3. Xalq xo’jaligi tarmoqlarini rivojlantirishda turizmning ta’sir doirasi qanday?

5. Buyuk Ipak yo’li bo’ylab turizmni rivojlantirishdan asosiy maqsad nima?

6. O’zbekistonda turizmning qaysi turlarini kengroq rivojlantirish mumkin?

7. Tarixiy va madaniy turizm nima?



Yüklə 393,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin