2.2. Iqtisodiy omillar
Iqtisodiy omillar bilan bir qatorda tarixiy-madaniy yodgorliklarning tarkibi va ahamiyati orqali belgilanuvchi omillarni kapital deb xisoblash mumkin. O’zbekistonda 22, 5 mln kishi, 100 dan ortiq millatlar istiqomat qiladi. Aholining 70 foiz o’zbeklar, 10 foizga yaqinini ruslar, 5 foiz kozoklar, 4 foiz tatarlar, 2foiz qoraqalpoqlar tashkil qiladi. Ular turli dinlarga ye’tiqod qiladilar. O’zbekistonda turli millatlarning istiqomat qilganligi sababli turistlarning millatlariga nisbatan sog’lom muhit bo’lganligi sababli, turizmni muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik sharoit mavjuddir. Aholining 60 foiz qishloq joylarida joylashganligi tabiiy, madaniy-etnografik va davolash turizmni rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb yetadi. O’zbekistonda turizmni rivojlantirishning iqtisodiy siyosiy imkoniyatlari ham mavjud. Milliy investitsiya dasturida davlat quyidagi iqtisodiy yo’nalishlarni belgilab bergan;
engil va to’qimachilik sanoati;
qayta ishlov sanoati;
xalqaro turizm va mehmonxona xo’jaligi;
Aynan mana shu iqtisodiy yo’nalishlar bo’yicha davlat kafolati chet yeldan sarmoyalar kelib tushadi, ya’ni mana shu yo’nalishlardan O’zbekistonga samoyalar kelib tushadi.
Turizm umumiy iqtisodiy o’sishga kam rivojlangan davlatlarning rivojlanishiga ko’maklashadi. YAxshi rivojlanmagan rayonlarda turistik markazlarni ochish ko’pgina davlatlarning asosiy metodi xisoblanadi. Keyingi yillarda ko’pgina mamlakatlarda shaharliklarning fermalarda hordiq chiqarishi odat tusiga kirib qoldi. Bu shunga olib keladiki qishloq aholisi turizm bilan bog’liq ikkinchi ixtisosga yega bo’lish va joylarda turistik majmua qurib ishga tushirish bilan yesa turmush sharoitini yaxshilab olish imkoniyatiga yega.
Dostları ilə paylaş: |