Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги термиз давлат университети иқтисодиёт ва туризм факультети


-MAVZU. TURLARNI VA YO’NALISHLARNI ISHLAB CHIQISH



Yüklə 393,54 Kb.
səhifə37/116
tarix02.01.2022
ölçüsü393,54 Kb.
#36116
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   116
Туризм иктисоди маърузалар туплами

4-MAVZU. TURLARNI VA YO’NALISHLARNI ISHLAB CHIQISH

Reja:


4.1. Turistik xizmatlar

4.2. Turistik mahsulotlar

4.3. Turistik xizmatlar xususiyatlarining «To‘rtta S» bilan ifodalanishi

4.4. Xizmat ko‘rsatish klasslari va xizmatlar paketi


4.1. Turistik xizmatlar
Bugungi kunda turizm jahondagi uchta yetakchi sohalar qatoriga kiritilmoqda. Tez sur’atlarda rivojlanmoqda va uning muhim ijtimoiy hamda iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lishi quyidagi omilarga ta’siri bilan belgilanadi:

  • mahalliy daromadni o‘stiradi;

  • yangi ish o‘rinlarini yaratadi;

  • turistik xizmatlar ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha sohalarni rivojlantiradi;

  • sayyohlik markazlarida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantiradi;

  • xalq hunarmandchilik markazlari faoliyatining rivojlanishini tezlashtiradi;

  • mahalliy aholi yashash darajasining o‘sishini ta’minlaydi;

  • valyuta tushumlari miqdorining o‘sishiga yordam beradi.

O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida»gi Qonunida ayrim moddalarda turistik xizmatlar bilan bog‘liq tushunchalarning ta’rifi berilgan. Jumladan, Qonunning 3-moddasida turistik xizmatlar tushunchasi haqida: «turistik xizmatlar turistik faoliyat sub’ektlarining joylashtirish, ovqatlantirish, transport, axborot-reklama xizmatlari ko‘rsatish borasidagi, shuningdek, turistlarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan boshqa xizmatlar», – deb ta’riflanadi. Qonunning 11-moddasi: «Turistik sayohat va turistik xizmatlar majmui», – deb nomlanib, unda quyidagi fikrlar bayon qilinadi – «turistik sayohat yakka tartibda yoki turistlar guruhi tarkibida amalga oshiriladi.

Turistik xizmatlar majmui transport xizmati ko‘rsatishni, yashash, ovqatlantirish, ekskursiya xizmati ko‘rsatish, madaniy, sport dasturlarini tashkil etish va boshqa xizmatlarni o‘z ichiga oladi», – deb belgilangan. Qonunning 10-moddasi: «Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish», – deb nomlanib, unda quyidagi jumlalarni o‘qiymiz: «Turistik xizmatlar majburiy sertifikatlashtirilishi lozim. Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va sertifikat berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Turistik faoliyat sub’ektining turistik xizmatlarni majburiy sertifikatlashtirishdan bosh tortishi, turistik xizmatlarni sertifikatlashtirishning natijasi salbiy bo‘lishi, shuningdek, sertifikatning amal qilishini bekor qilish turistik faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib qo‘yishiga, yoki litsenziyadan mahrum qilishga sabab bo‘ladi». Qonunning 12-moddasi: «Turistik xizmatlar ko‘rsatish shartnomasi», – deb nomlanib, quyidagi fikrlar bayon etiladi: «Turistik xizmatlar shartnoma asosida ko‘rsatiladi. Shartnomada ko‘rsatilgan xizmatlarning ko‘lami va sifati, taraflarning huquqlari hamda majburiyatlarini, haq to‘lash va hisob-kitoblar tartibini, shartnomaning amal qilish muddatini va uni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlikni, shuningdek, taraflarning kelishuviga ko‘ra boshqa shartlarni belgilaydi». Qonunning 13-moddasida: «Turistik yo‘llanma (vaucher)», – deb nomlanib, unda: «Turistik yo‘llanma (vaucher) – turistning yoki turistlar guruhining tur tarkibiga kiruvchi turistik xizmatlarga bo‘lgan huquqini belgilovchi va bunday xizmatlar ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi hujjat», deb qaraladi.

Bizning nazarimizda, turistik xizmatlar sayohat davomida turistning barcha ehtiyojlarini qondirishga, ta’minlashga qaratilgan va xizmat ko‘rsatish sohasidagi aniq maqsadga yo‘naltirilgan harakatlar to‘plami bo‘lib, ular turizm maqsadlariga, turiga va turistik xizmatning qanday yo‘naltirilganligiga to‘la javob berishi kerak.

Turistik xizmatlar – turist va ekskursant ehtiyojlarini qondirish va ta’minlashga qaratilgan, xizmat sohasidagi bir maqsadga yo‘naltirilgan harakatlar to‘plami bo‘lib, ular turizm maqsadlariga, harakteriga va turistik xizmatning qanday yo‘naltirilganligiga javob berishi hamda umuminsoniy tamoyillarga qarshi bo‘lmasligi kerak. Davlat standarti ta’rifiga ko‘ra, turistik xizmatlar – turistlarning ehtiyojlarini qondirish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi turizm tashkilotlari faoliyatining mahsulidir.

Umuman xizmatlar – bu ko‘zga ko‘rinmas tovarning o‘ziga xos turidir. Xizmat bevosita iste’mol jarayonida yuzaga keladi va alohida holda bo‘lmaydi, bu xizmatning moddiy tovarga nisbatan asosiy farqidir. Bundan tashqari, tovar iste’molchiga olib kelib beriladi, turistik xizmat esa iste’molchi bevosita xizmatning amalga oshiriladigan joyiga olib boriladi. Shuning uchun ham turistik xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish moddiy tovarlarni sotishga aloqador bo‘lgan qonunlar asosida emas, balki boshqa qonunlar majmui bilan boshqariladi.

Turistik xizmatlar ikki turga bo‘linadi:

Asosiy va qo‘shimcha turistik xizmatlarning bir-biridan farqli tomonlari quyidagilardan iborat:



  1. Asosiy xizmatlar (tashish, joylashtirish, ovqatlantirish) turpaketga kiritiladigan xizmatlardir. Qo‘shimcha turistik xizmatlar esa turpaketga kiritilmaydi;

  2. Asosiy turistik xizmatlar oldindan sotib olingan (sayohatni boshlashdan oldin) ya’ni to‘lov oldindan amalga oshirilgan bo‘ladi. Qo‘shimcha turistik xizmatlarda to‘lov – xizmatdan foydalanish jarayonida turist tomonidan qo‘shimcha to‘lov sifatida amalga oshiriladi. Ammo individual turist hech qanday dastur (turpaket)siz sayohat qilganda, uning asosiy va qo‘shimcha turistik xizmatlar to‘lovi bir xil ko‘rinishda amalga oshiriladi. Yuqoridagi farqlardan kelib chiqqan holda, qo‘shimcha turistik xizmatlar deganda turpaketda nazarda tutilmagan, turist o‘zining qo‘shimcha to‘lovi asosida foydalanadigan xizmatlar tushuniladi.

Butunjahon turizm tashkiloti qo‘shimcha turistik xizmatlarning 400 xil turini keltirib o‘tgan. Qo‘shimcha turistik xizmatlarning ahamiyati shundaki, unda turist yuzaga kelgan ehtiyojlarini to‘laqonli qondiradi, ma’lum bir vazifalarni bajarishda o‘zini urintirmaydi (masalan: mehmonxonada yashayotganida kiyimini tozalash yoki dazmollash uchun mehmonxona xodimlariga murojaat qiladi). Turist qo‘shimcha turistik xizmatlar tufayli to‘la dam olishga erishadi. Natijada o‘z sayohatidan ko‘ngli to‘ladi.

Qo‘shimcha turistik xizmatlardan turist ikki xil vaziyatda foydalanadi:



  • turpaketning tanaffus qismida yoki turist bo‘sh qolgan vaqtda foydalanadigan xizmatlar (masalan: kechqurin Registon maydonida namoyish etiladigan ovozli va nurli panoramaning tomoshasi);

  • asosiy xizmatlar ko‘rsatilishi davomida yoki turist ehtiyojidan kelib chiqqan holda foydalanadigan xizmatlar (masalan: qo‘shimcha gid xizmati).

Turistga birinchi vaziyatdagi qo‘shimcha turistik xizmatlarni ko‘rsatish uchun quyidagilarga e’tibor berish kerak:

  • turistlar qiziqishlarini inobatga olib, iloji boricha turistlarga faqat yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydigan qo‘shimcha xizmatlar taqdim etish o‘rinli hisoblanadi. Shu o‘rinda bu xizmatlar turistga ijobiy taassurot qoldira olishi kerak. Masalan: o‘zbek milliy to‘ylariga va oilalarga olib borish, turistni milliy konsert, festivallarga taklif etish. Buning uchun Respublikada turistlarga xizmat qiladigan milliy ansambl guruhlarini tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘ladi;

  • turist uchun yangilik bo‘lgan va bunday vaziyatga oldin duch kelmagan qo‘shimcha turistik xizmatlarni ko‘rsatish. Masalan: Samarqandda bir –biriga masofa jihatidan yaqin joylashgan yodgorliklar (Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni, Bibixonim masjidi, Shohizinda ansambli va boshqalar) ga sayohat qilishda turistlarni tuya, ot-aravalarda olib borish chuqur taassurot qoldiruvchi xizmatlardir. Buning uchun shu yodgorliklar joylashgan hududda piyoda turistik yo‘laklar tashkil etib, turistik-tomosha hududiga aylantirish kerak;

  • turistlarni milliy urf – odatlar va an’analar bilan tanishtirish orqali milliy hunarmandchilik va kasanachilik jarayonlarida bevosita qatnashishini tashkil etish. Yoki o‘zbek milliy taomlarining pishirilish jarayonini tomosha qilish kabi xizmatlar ko‘rsatish. Buning uchun mamlakatimizda hunarmandchilik, kasanachilik va milliy oshxonalarni turizm sohasiga jalb qilib, bu sohalarni rivojlantirish.

Turistga ikkinchi vaziyatdagi qo‘shimcha turistik xizmatlarni ko‘rsatish uchun quyidagilarga e’tibor berish kerak:

  • mehmonxonalardagi qo‘shimcha turistik xizmatlarni rivojlantirish. Bu xizmatlarga: nomerga taom yoki mehmon buyurtmalarini yetkazib berish xizmati, kiyim tozalash va dazmollash xizmati, seyf xizmati, telefon, internet, pochta xizmatlari, trenajor zali xizmati, basseyn (ochiq yoki yopiq), massaj, sauna, sartarosh xizmati, texnikani ta’mirlash xizmati, valyuta ayriboshlash xizmati, ijara xizmati va boshqalar;

  • ovqatlanish korxonalarida qo‘shimcha turistik xizmatlar maxsus turist buyurtmasi va tanloviga asosan ko‘rsatiladigan xizmatlardir.

Qo‘shimcha turistik xizmatlardan turist ketma-ket ravishda ham foydalanishi mumkin. Ya’ni, turist bo‘sh vaqtida shahardan tashqariga tog‘li manzaralarni ko‘rish uchun borganda u valyuta almashtirish xizmati, avtomobil ijara xizmati, qo‘shimcha ovqatlanish xizmati (shahardan tashqarida) dan ketma – ket foydalanadi. Xulosa qilib aytganda, qo‘shimcha turistik xizmatlar nafaqat tashkil qilinishi va taklif qilinishi, balki sifatli va foydali ravishda ko‘rsatilishi kerak bo‘ladi.


Yüklə 393,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin