Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги термиз давлат университети иқтисодиёт ва туризм факультети


-MAVZU. TURISTIK KORXONALARNI SUG’URTALASH



Yüklə 393,54 Kb.
səhifə97/116
tarix02.01.2022
ölçüsü393,54 Kb.
#36116
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   116
Туризм иктисоди маърузалар туплами

13-MAVZU. TURISTIK KORXONALARNI SUG’URTALASH

VA SOLIQQA TORTISH
13.1. Turizmda sug’urta tushunchasi

13.2. Turistlar va turistik tashkilotlarni sug’urtalashning chet el tajribalari.

13.3. Turistlarning sug’urta kompaniyalari bilan qiziqish sabablari.
13.1. Turizmda sug’urta tushunchasi
Respublikamizda turistlarni shaxsiy sug’urta qilish - sug’urta qilishning maxsus ko’rinishi bo’lib, turistlarning mulkiy manfaatini u turistik safarda, sayohatda bo’lganda himoya qiladi. Umuman olganda turistlarni shaxsiy sug’urta qilish, sug’urtalashning xavfli bir turi bo’lib, uning asosiy xususiyati (ahamiyati) qisqa muddatliligi shuningdek sug’urta holatida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan katta darajadagi zararlardadir.

Asosan turistlarni shaxsiy sug’urta qilish hodisalariga baxtsiz voqealardan sug’urtalash, kasalliklardan sug’urtalash, o’lim yoki qurbon bo’lish hodisalari kiradi.

Afsuski, bizning ko’pgina fuqarolarimiz «Agar bunday bo’lsachi-yoki unday bo’lsachi?» degan fikr bilan bo’lib, ya’ni ishonib-ishonmay ko’ngli sug’urta qilish xizmatlaridan to’lmaganligi sababli, turistik safarlarga chiqayotgan paytida oldindan o’zini sug’urtalash hayoliga ham kelmaydi.

Agarda Germaniya, Frantsiya, Amerika va boshqa davlatga safarga chiqish oldidan bu borada suraladigan bo’lsa, u allaqachon sug’urta muassasasiga murojaat qilib, bunga erishganini bilib olish mumkin. SHaxsiy sug’urta qilish turizmda alohida o’rin tutadi, garchi sug’urta qilish holatlari turlari juda kengdir.

Mana, Frantsiyaning SHimoli qor chang’isi dam olish maskanidagi «Inko» sug’urta kompaniyasi tajribasini olsak. Turistlarning son suyagi sinishi natijasida uni murakkab holatda tog’dan shifoxonaga tashishi, maxsus operatsiya, operatsiyadan so’ng sog’ligini tiklash jarayoni, aeroportga eltib qo’yish, so’ngra esa maxsus transportda maxsus nazorat ostida uyiga eltib qo’yish jarayonlariga 17000 dollardan ziyod mablag’ sarf bo’lgan. Agar sug’urta kompaniyalari bo’lmaganda edi, aziyat chekkan turist iqtisodiy jihatdan, moliyaviy jihatdan tanazzulga yuz tutgan bo’lar edi. Unga bo’lsa bu faqatgina 15 dollarga tushdi, chunki tog’ echkisi havaskori 2 xafta safarini sug’urta qilgan edi. (Barcha sarf-xarajatlarni sug’urta kompaniyasi to’lab bergan).

Bunga o’xshagan misollarni ko’plab keltirish mumkin masalan; Rossiyada turistlarning turistik sayohatlarga chiqish salmog’i tobora ortib bormoqda. Har bir turist turistik sayohatni niyat qilgan bo’lsa avvalo nimani bilish kerak degan savol tug’iladi?

Har bir sayohatga chiqqan turist avvalom bor sug’urtaning nima ekanligini yaxshi o’rganib olishi kerak. Bundan tashqari sug’urtani foydasiz tovar sifatida qabul qilmasligi kerak. Hozirgi vaqtda Respublikamizda 60 dan ortiq sug’urta kompaniyalari faoliyat ko’rsatayotganligi hammamizga ma’lum. Moskvada 150 dan ortiq sug’urta kompaniyalari faoliyat ko’rsatadi, Sankt-Peterburgda 15 dan ortiq sug’urta kompaniyalari xorijga chiquvchi turistlarga o’z xizmatlarini taklif qilmoqdalar39.


Yüklə 393,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin