BANKLAR VA SUG’URTA TASHKILOTLARI O’RTASIDAGI MUNOSABATLARNI RI
Sug‘urta kompaniyalari – bu moliyaviy vositachilar bo‘lib, ularning asosiy funksiyasi uy xo‘jaliklari va firmalarga alohida turdagi shartnomani sotib olish orqali risk darajasini kamaytirish imkoniyatini taqdim etishdir. Bunday shartnoma sug‘urta polisi deb nomlanadi va unga muvofiq, unda keltirilgan konkret holatlar yuzaga kelganda mijozlarga ma’lum summa to‘lanadi. Predmeti baxtsiz hodisadan, o‘g‘irlik yoki yong‘indan sug‘urtalash bo‘lgan polislar kutilmagan hodisalardan keladigan zararni sug‘urtalash va mulkiy sug‘urtalash sohasiga kiradi. Sog‘liq bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha to‘lovlarni nazarda tutuvchi polislar kasallik bo‘yicha va mehnatga layoqatsizlik sug‘urtasiga, mijoz vafot etgan taqdirda pul to‘lanishi nazarda tutiladigan polislar hayotni sug‘urtalashga kiradi.Sug‘urta polislari ularni sotib oluvchi uy xo‘jaliklari va firma-larning aktivi hisoblanadi.
Bozor munosabatlari takomillashuvi iqtisodiy infratuzilmaning qaror topishi bilan birgalikda kechadigan jarayondir. Sug‘urta faoliyati iqtisodiy infratuzilmaning ajralmas qismi sifatida bir tomondan, ijtimoiy kafolatni ta’minlasa, ikkinchi tomondan, shartnomaviy majburiyat va tariflar mexanizmi orqali turli sug‘urta risklaridan ogoh etish negizida iqtisodiyot sub’ektlari manfaatlarining himoyasini ham o‘z zimmasiga oladi. Sug‘urta faoliyati jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlarini himoya qilish, ularning risklar yuz berishi oqibatida ko‘rishi ehtimol bo‘lgan zararlarini qoplashning zaruriy vositasi sifatida paydo bo‘ldi hamda rivojlandi. Shunday anglanilgan zarurat - aniq sug‘urta manfaatlari negizida sug‘urta munosabatlari yuzaga keldi. Sug‘urta munosabatlari, ularning tashkiliy shakllari qandayligidan qat’i nazar, sug‘urta fondini yaratish va undan foydalanish jarayonidir. Ta’kidlash lozimki, sug‘urta munosabatlari - murakkab va keng qamrovli moliyaviy-pullik iqtisodiy munosabatlar bo‘lib, ular yuzaga kelishi uchun o‘zaro bog‘liq shart-sharoit majmuasi mavjudligi ham muhimdir.
Q uyidagi jadval 2019-yil yakunlari bo’yicha sug’urta mukofotlari yig’imi haqida ma’umotga ega bo’lish mumkin(4-jadval): 4-jadval 1.
Quyidagi jadvalda sug’urta bozorining 2019-yil yakuni bo’yicha ma’lumotlar keltirilgan(2-jadval):
2-jadval.
Sug'urtalovchi mazkur sug'urta shartnomasi shartlari va / yoki ushbu sug'urta shartnomasining ajralmas qismi bo'lgan qo'shimcha kelishilgan shartlar, istisnolar va ilovalarga muvofiq sug'urta qildiruvchi yoki naf oluvchi sug'urta mukofotini mazkur sug'urta shartnomasida ko'rsatilgan miqdor va muddatlarda to'lash majburiyatini olishi sharti bilan ko'rsatilgan tartib va hajmda sug'urta qildiruvchi va/yoki sug'urta tovoni olishga huquqi bo'lgan shaxsga shartnomada ko'rsatib o'tilgan sug'urta hodisasi yuz berganda ushbu hodisa natijasida yuzaga kelgan zararni qoplash majburiyatini oladi. Bunda sug'urta qildiruvchi sug'urtalovchiga sug'urta shartnomasining predmeti yuzasidan taqdim etgan ariza-so'rovnomasi to'g'ri ma'lumotlarga ega ekanligini va mazkur sug'urta shartnomasining ajralmas qismi ekanligini tasdiqlaydi.
Ushbu sug'urta shartnomasiga muvofiq quyidagi hodisalar, sug'urta shartnomasida ko'rsatilgan istisnolardan tashqari, sug'urta hodisasi hisoblanadi:
Sug'urta qildiruvchi bankrotligi:
Mazkur sug'urta shartnomasiga ko'ra, sug'urta qildiruvchi bankrotligi (iqtisodiy nochorligi) - bu, "bankrotlik to'g'risidagi" O'zbekiston Respublikasi Qonuniga ko'ra, iqtisodiy sud tomonidan e'tirof etilgan, qarz oluvchining pul majburiyatlari bo'yicha kreditorlar talablarini to'la hajmda qondirishga va (yoki) majburiy to'lovlar bo'yicha o'z majburiyatini to'la hajmda bajarishga qodir emasligi.
SUG'URTA TOVONINI TO'LASH TARTIBI VA SHARTLARI
Sug'urta shartnomasi shartlariga ko'ra, sug'urta hodisasi deb tan olinishini mumkin bo'lgan hodisa sodir bo'lsa, shuningdek, sug'urta qildiruvchi kreditning asosiy qismini yoki boshqa to'lovlarini o'z vaqtida to'lamasa, sug'urta qildiruvchi darhol, lekin voqea sodir bo'lganidan boshlab 5 (ish) kuni ichida o'ziga ma'lum holatlar va sabablarni ko'rsatgan holda sug'urtalovchining yuridik manziliga yoki pochta manziliga yozma ravishda xabar berishi shart.
Naf oluvchi kutish davri o'tganidan keyin hamda kredit qaytarishning turli ta'minotlari (garovga qo'yilgan mulk yoki garov huquqi, kafolat, kafillik yuzasidan pul mablag'larini undirish, boshqa sug'urta kompaniyalarining sug'urta polislari bo'yicha undirish, sug'urta qildiruvchining boshqa mulklarini undirish va sotish) bo'yicha huquqlarini to'liq realizasiya qilganidan so'ngina, kreditni qoplanmagan qismini sug'urtalovchidan qoplab berishni talab qiladi.
Naf oluvchi sug'urtalovchidan sug'urta tovonini olish talabi bilan murojaat qilgunga qadar sug'urta qildiruvchidan undirish choralarini to'liq ko'rishi zarur va faqat qarz oluvchining mol-mulki etarli bo'lmagandagina sug'urtalovchiga sug'urta tovonini to'lab berish to'g'risida talab qo'yish huquqiga ega. Sug'urta qildiruvchining mol-mulki majburiyatni bajarish uchun etarli emasligi davlat ijrochisining "sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni 40-moddasi birinchi qismining 5-bandi asosidagi ijro hujjatini undiruvchiga qaytarish to'g'risidagi qarori bilan tasdiqlanadi. Ushbu qoidalarga amal qilinmasligi sug'urtalovchiga nisbatan qilingan sug'urta da'vo ishini rad etish uchun asos bo'ladi.
Sug'urtalovchi tomonidan sug'urta tovoni to'lanishi uchun sug'urta qildiruvchi quyidagi xujjatlarni taqdim qilishi zarur:
- sug'urta qoplamasini to'lash yuzasidan da'vo arizasi;
- sug'urta polisi;
- sodir bo'lgan hodisaga tegishli xujjatlar (qarz oluvchining balansi (yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun – kassa va xisob-kitob daftari, joriy sana uchun hisob raqamidagi va boshqa hisob raqamlaridagi pul mablag'lari qoldig'i yuzasidan bank ma'lumotnomasi);
- Sug'urta qildiruvchining mol-mulki majburiyatni bajarish uchun etarli emasligini tasdiqlovchi davlat ijrochisining "sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni 40-moddasi birinchi qismining 5-bandi asosidagi ijro hujjatini undiruvchiga qaytarish to'g'risidagi qaroridan nusxa;
- sug'urta hodisasining sababi va tavsifini aniqlash uchun hamda regress talabi uchun zarur bo'lgan boshqa hujjatlar.
Sug'urtalovchi mavjud hujjatlardan kelib chiqib, qarz oluvchini to'lovga qobiliyatsiz deb baholab, davlat ijrochisining "sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni 40-moddasi birinchi qismining 5-bandi asosidagi ijro hujjatini undiruvchiga qaytarish to'g'risidagi qarorini kutmasdan ham sug'urta qoplamasini to'lash huquqiga ega.
Sug'urta qildiruvchi sug'urta qoplamasini to'lash yuzasidan da'vo arizasi bergandan so'ng zarur hollarda komissiya tuziladi. Komissiya tarkibiga naf oluvchi, sug'urtalovchi, sug'urta qildiruvchi zarur bo'lgan hollarda vakolatli tashkilot vakillari kiritiladi.
Sug'urtalovchi sug'urta hodisasi sodir bo'lganligini tan olgan taqdirda, sug'urta hodisasi sodir bo'lishining sabablari va sug'urta tovonining miqdori aniqlanadi hamda sug'urta hodisasi to'g'risidagi dalolatnoma tuziladi. Sug'urta hodisasi to'g'risidagi dalolatnoma sug'urtalovchi uchun sug'urta qildiruvchiga sug'urta shartnomasida ko'rsatilgan muddatlarda sug'urta tovonini to'lashga asos bo'ladi.
Agar zarar miqdori va sabablari yuzasidan tomonlar o'rtasida bahs paydo bo'lsa, mustaqil ekpertiza o'tkazilishi mumkin.
Sug'urta puli miqdoridan kam miqdorda sug'urta tovoni to'langan bo'lsa, sug'urta shartnomasi sug'urta muddatining oxirgi sanasigacha sug'urta puli va to'langan sug'urta tovoni farqi miqdorida amalda bo'ladi.
Sug'urtalovchining sug'urta tovonini yoki sug'urta pulini to'lashni rad etish to'g'risidagi qarori sug'urta qildiruvchiga yoki naf oluvchiga ular sug'urta tovonini yoki sug'urta pulini to'lashni so'rab murojaat etganlaridan keyin o'n besh kundan kechiktirmay xabar qilinishi va rad etish sabablarining asoslantirilgan dalil-isbotlarini o'z ichiga olgan bo'lishi lozim.
Sug'urta shartnomasi bo'yicha zarar qoplangandan keyin sug'urtalovchi sug'urta qildiruvchiga yoki kredit shartnomasiga muvofiq har qanday boshqa shaxs va/yoki tashkilotga nisbatan regress bo'yicha barcha huquqlarga ega bo'lishi shart. Sug'urta qildiruvchi ushbu regress huquqi yuridik kuchga ega bo'lishi uchun zarur barcha hujjatlarni rasmiylashtirishi va taqdim etishi hamda amallarni bajarishi shart.
Sug'urtalovchi sug'urta qildiruvchiga zararni qoplab bergandan keyin zararni o'rnini qoplash uchun har qanday manbaalardan tushgan (olingan) pul mablag'lari sug'urtalovchi va sug'urta qildiruvchi o'rtasida quyidagicha taqsimlanadi:
A) sug'urtalovchi sug'urta qildiruvchiga to'langan tovon mablag'larini sug'urta qildiruvchiga to'langan zararni, shu jumladan sug'urtalovchining o'rnini qoplashni amalga oshirish bo'yicha harajatlarini qoplagunga qadar oladi;
B) qolgan o'rnini qoplashdan tushadigan barcha mablag'lar sug'urta qildiruvchining bank hisob raqamiga yo'naltiriladi.
Sug'urta shartnomasida ko'rsatilgan o'rnini qoplash bo'yicha mablag'lar sug'urtalovchining hisob raqamiga kelib tushishi va taqsimlanishi lozim.