Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент молия институти сиртқи факультети


SUG’URTA BOZORI TAHLILI VA UNDA IPOTEKA KREDITINI SUG’URTALASHNING HOZIRGI HOLATI



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə6/8
tarix11.02.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#83826
1   2   3   4   5   6   7   8
BANKLAR VA SUG’URTA TASHKILOTLARI O’RTASIDAGI MUNOSABATLARNI RI

SUG’URTA BOZORI TAHLILI VA UNDA IPOTEKA KREDITINI SUG’URTALASHNING HOZIRGI HOLATI.

Bugungi kunda O’zbekiston sug’urta bozori jadal sur’atlarda rivojlanib, 2014 yilda sug’urta bozorida 31 ta sug’urta tashkiloti, 4 ta sug’urta brokeri, assistans, adjaster va syurveyrlar 18 tani tashkil etib, aktuariylar esa 2 tani tashkil etdi. Sug’urta tashkilotlari bo’linmalari 993 tani, sug’urta agentlar soni esa 5,5 taga etdi.
2014 yilda sug’urta bozorida faoliyat yurituvchi jami sug’urta tashkilotlari tomonidan 439 134,1 mln.so’mni tashkil etib, sug’urta qoplamalari hajmi esa 74 632,6 mln. so’mni tashkil etdi.
2.1-jadval

SUG’URTA BOZORI 2014 yil yakunlari bo’yicha sug’urta kompaniyalari kesimidagi ma’lumot


(mln. so’m)

T/r

Sug’urta tashkiloti nomlanishi

Sug’urta mukofotlari

O’zgarishi
%da

Sug’urta to’lovlari

O’zgarishi
%da

1

DASK
"O’zagrosug’urta"
(AJ)

83 076,7

134,7

13 979,3

166,8

2

"O’zbekinvest"
EIMSK

60 710,4

137,6

12 710,2

47,4

3

DASK "Kafolat" (AJ)

42 133,4

135,3

9 301,9

146,5

4

"Kapital Sug’urta" AJ

26 622,1

142,7

4 206,0

131,9

5

"Alfa Invest" MChJ
ST

25 736,7

124,0

2 577,4

131,5

6

"Alskom" AJ SK

24 724,0

133,3

2 020,2

158,5

7

"Asia Inshurans"
MChJ SK

23 004,6

66,2

3 263,2

160,5

8

"Temiryo’l-Sug’urta"
SK QK MChJ

17 594,7

128,5

921,2

96,6




9

"UVT Inshurans"
MChJ SK

17 227,2

113,9

1 175,4

83,7

10

"O’zbekinvest Hayot"
ShXJ SK

16 463,5

152,5

9 355,8

157,0

11

"Ingo-Uzbekistan"
SAJ

13 168,3

143,9

2 368,8

119,7

12

"Agro Invest Sug’urta"
AJ

11 451,7

309,4

5 379,2

475,7

13

"Gross Insurance"
MChJ

8 642,7

170,9

327,9

266,1

14

"Euroasia Insurance"
MChJ QK SK

7 416,0

197,1

189,1

117,8

15

"Universal-Sug’urta"
AJ

7 291,6

102,9

878,4

57,5

16

"Sug’urta O’z" MChJ
SK

6 715,5

107,1

236,8

112,7

17

"Xalq Sug’urta" MChJ
SK

5 745,5

85,6

1 219,2

131,4

18

"IShONCh" BSK
MChJ

5 326,1

112,1

1 265,4

156,3

19

"Global Insurance
Group" MChJ ST

4 134,4

218,5

34,9

30,7

20

"Mega Invest
Insurance" MChJ SK

4 065,1

172,1

242,2

1 215,7

21

"Hamkor Sug’urta"
MChJ

3 885,3

198,7

214,4

111,8

22

"Silk Road Insurance"
AJ SK

3 834,6

168,1

303,3

172,3

23

"Kafil sug’urta" MChJ

3 595,0

140,5

33,8

50,4

24

"DD-General
Insurance" MChJ

3 049,4

134,5

395,2

131,2

25

"Garant Insurance
Group" ShSK

2 912,3

152,8

95,5

346,0

26

"Asko-Vostok" MChJ

2 701,9

133,6

37,6

975,0

27

"Temiryo’l Life"
MChJ QK

2 692,3

-

612,7

-

28

"Alfa Life" ShXJ ST

2 351,6

226,5

1 106,1

153,0

29

"Madad" OAJ

1 872,0

140,3

34,4

445,5

30

"Unipolis" MChJ

988,6

50,4

147,0

132,2

31

"Chartis Uzbekistan"
MChJ QK SK

1,1

0,1

-

-




Jami:

439 134,1

129,7

74 632,6

111,5

Ipoteka munosabatlarni to’lakonli faoliyat yuritilishida sug’urta munosabatlarining o’rni katta hisoblanadi. Ipoteka kreditini amalga oshirishda
kredit ta’minotini belgilab beruvchi mulk garovga qo’yiladi. Kredit shartnomasmining talablaridan biri –bu sug’urta to’lovini tasdiqlovchi hujjat nusxasi hamda garovga qo’yiladigan ko’chmas mulk qiymatini qisman yoki to’liq yuqotish holatidan ipoteka predmetini sug’urta qilinganligini tasdiqlovchi sug’urta polisi va sug’urta xaqidagi shartnoma.
Ipoteka sug’urta shartnomasi - tomonlarning aniq yuridik va moliyaviy munosabatlarini belgilab beruvchi hujjatdir. Ipoteka sug’urtasini kompleks tarzda amalga oshirish mumkin yoki fakat garovga qo’yilgan mol mulkni sug’urta qilish mumkin.
Ipoteka sug’urtasi shartnomasida belgilangan uchinchi shaxslar oldidagi fuqorolik javobgarligini sug’urtalashda sug’urta himoyasi shartnomada ko’rsatilgan muddatlar, shartlar va istisnolarga muvofiq sug’urta tashkiloti sug’urta qildiruvchining mulkiy manfaatlariga sug’urta hodisasi bo’lganda uchinchi shaxslarga etkazilgan zararlarni kelishuv yoki sud qarori bilan belgilangan pul mablag’lari miqdorida qoplash orqali sug’urta himoyasini taqdim etadi.
Ipoteka sugurtasi shartnomasida belgilangan egalik qilish huquqi bekor bo’lishi natijasida ko’riladigan yo’qotishlarni sug’urtalash bunda sugurta ximoyasi shartnomada ko’rsatilgan muddatlar, shartlar va istisnolarga muvofiq sugurta tashkiloti Sug’urta qildiruvchining mulkiy manfaatlariga ko’rsatilgan sug’urta hodisasi sodir bo’lganda sug’urta pulidan oshmagan miqdorda mol-mulkni tiklash xarajatlarini qoplash yoki Sug’urta qildiruvchiga va yoki Naf oluvchiga zararni to’lash orqali sug’urta himoyasini taqdim etadi.
Ipoteka sug’urtasi shartnomasida belgilangan huquqiy himoya bilan bog’liq xarajatlarni sug’urtalashda sugurta ximoyasi shartnomada ko’rsatilgan muddatlar, shartlar va istisnolarga muvofiq sug’urta tashkiloti sug’urta qildiruvchining mulkiy manfaatlariga shartnomada ko’rsatilgan sug’urta hodisasi sodir bo’lganda sug’rta pulidan oshmagan miqdorda sug’urta tashkiloti bilan oldindan yozma ravishda kelishilgan Sug’urta qildiruvchini huquqi himoyalash xarajatlarini qoplash yoki nizoni hal qilish davomida Sug’urta qildiruvchining manfaatlariga huquqiy himoya taqdim etish orqali sug’urta himoyasini taqdim etadi.
Sug’urtalovchiga sug’urta tovoni to’lash hafida talabni qo’yishga asos bo’lishi mumkin bo’lgan har qanday vokea yuz berganda Sugurta qildiruvchi quydagilarni amalga oshirishi shart:

  • Sugurtalovchiga imkoniyat bo’lishi bilan darhol, lekin voqea sodir bo’lishidan e’tiboran 14(kun) dan kechiktirmasdan zarar sabablari va tavsilotlari ko’rsatilgan yozma ariza berishi;

  • yuz bergan voqea xaqida mutasaddi idoralarga darhol xabar berishi;

  • sug’urta tovonini olish uchun murojaat etganda zarar etkazganligini tasdiqlash hamda uning sabablarini, tavsilotlarini va miqdorini aniqlash uchun zarur barcha hujjatlarni (rejalar, tasniflar, yuk xujjatlari, dublikatlar va nusxalar) taqdim etishi.

Zararning sabablari va miqdori sugurtalovchi tomonidan ko’rik, tekshiruv va quyidagi xujjatlar asosida aniqlanadi:
Mol-mulk zararlanganda yoki nobud bo’lganda :

  • Sug’urta polisi;

  • kreditni qaytarish uchun to’lovlar haqida Naf oluvchi tomonidan tuzilgan xujjat;

  • ipoteka krediti shartnomasi bo’yicha qarzlar qaytarilganligini tasdiqlovchi to’lov topshiriqnomalarning nusxalari;

  • mol-mulkka egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;

-zararlangan mol-mulkni ko’rikdan o’tkazish dalolatnomalari, hisobfakturalar, buyurtma naryadlar, cheklar, kvitansiyalar, ekspert tashkilotlarning xulosalari va boshqalar;

  • mutasaddi davlat idoralari tomonidan berilgan (davlat yong’in xavsizligi nazorati idorasi,avariya xizmatlari, huquqni muhofaza qilish idoralari) hujjatlar.

Fuqarolik javobgarligi yuzaga kelganda:

  • sug’urta polisi;

  • mol-mulkka egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;

  • sug’urtalanuvchiga uchunchi shaxslar tomonidan zararni qoplash talablari qo’yilgan va boshqalar.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zagrosug’urta” davlataktsiyadorlik sug’urta kompaniyasini tashkil etish to’g’risida”gi 1997 yil 25 fevraldagi №1713 Farmoniga muvofiq, “O’zagrosug’urta” sug’urta kompaniyasi tashkil etildi.
Kompaniyaning ustav kapitali 23 535.0 mln.so’mni tashkil etib, u bugungi kun holatiga to’liq shakllantirilgan. Kompaniya bo’linmalar soni jihatidan va ustav kapitalining miqdori jihatidan respublika sug’urta bozorida etakchi o’rinni egallaydi. Bugungi kunda “O’zagrosug’urta” kompaniyasi respublikada 14 ta hududiy direktsiyalari, 200 dan ortiq tuman va shahar bo’linmalari hamda 1600 ga yaqin ishchi xodim va 2150 dan ortiq sug’urta agentlari faoliyat ko’rsatmoqda.
Keyingi yillarda sug’urta xizmatlari bozorida mijozlarni jalb etish yuzasidan raqobat muhiti kuchaygan bo’lishiga qaramasdan unda “O’zagrosug’urta” davlataktsiyadorlik sug’urta kompaniyasining mavqei nisbatan yuqori bo’lib qolayotir.



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin