Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент молия институти сиртқи факультети



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə7/8
tarix11.02.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#83826
1   2   3   4   5   6   7   8
BANKLAR VA SUG’URTA TASHKILOTLARI O’RTASIDAGI MUNOSABATLARNI RI

46,1 млрд.сўм суғурта
заҳиралари




78,9 млрд.сум суғурта активлари

1.-rasm. “O’zagrosug’urta” (OAJ) DASK ning moliyaviy

2 ko’rsatkichlari


Ipoteka shartnomalarini sug’urtalashda “O’zagrosug’urta” (OAJ) DASK ning foliyati misolida tahlil qilish uchun tegishli ma’lumotlarni quyidagi jadval orqali keltirishimiz mumkin.
2 -jadval

“O’zagrosug’urta” (OAJ) DASK tomonidan 2014 yilda ipoteka 3 sug’urtasi yuzasidan olib borgan faoliyat ko’rsatkichlari



Tuzilgan shartnomalar soni
(dona)

Sug’urta summasi
(mln. so’m)

Kelib tushgan sug’urta mukofotlari

1880

101067

1685,5

Jadval ma`lumotlaridan ko`rishimiz mumkinki “O’zagrosug’urta” (OAJ)
DASK tomonidan 2014 yilda ipoteka sug’urtasi yuzasidan olib borgan faoliyati natijasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalari soni 1880 tani, yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalari bo`yicha to`plangan sug’urta mukofotlari 101067 mln. so`mni, sug’urta summasi esa 1685,5 so`mni tashkil etgan.


4. BANKLAR VA SUG’URTA TASHKILOTLARI O’RTASIDAGI MUNOSABATLARNI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY YO’LLARI.
Banklar va sug’urta kompaniyalarining o’zaro manfaatli hamkorliga umumiy biznes maqsadlariga erishishga qaratilgan bo’lib, sug’urtaning ipoteka sug’urtasi, avtosug’urta, bank va bank faoliyati sug’urtasi, lizing operatsiyalari sug’urtasi kabi turlarini rivojlantirish asoslarini mustahkamlaydi. Bundan tashqari sug’urta kompaniyalarining tijorat banklari bilan o’zaro manfaatli hamkorligi banklarning aktsiyadorlik kapitali va kredit resurslarini kengaytirish hamda banklarning bevosita risklari, shu jumladan, mijozlarni yo’qotishdek risklarning oldini olishga ko’mak beradi.
Shunday ekan, bugungi kunda sug’urtalovchilar va tijorat banklarining hamkorlik yo’nalishlarini rivojlantirish istiqbollari belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan kichik va o’rta biznesni, jismoniy shaxslarni kreditlash dasturlari doirasida mijozlarga xizmat ko’rsatish xarajatlarini kamaytirishning samarali yo’llaridan biri, bank bilan sug’urta kompaniyasi o’rtasidagi hamkorlikning yangi texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat. Bunday texnologiyalarga quyidagilar asos bo’ladi:

  • sug’urta hujjatlarini rasmiylashtirishni soddalashtirish;

  • elektron hujjatlar aylanishini joriy etish;

  • kollektiv sug’urtalash sxemalarini joriy etish;

  • sug’urtachilar bilan banklarning umumiy brend bo’yicha mahsulotlar yaratishi.

Ipotekani kreditlashni sug’urtalashda titulni sug’urtalashni yo’lga qo’yilishi maqsadga muvofiqdir sababi, titulni sug’urtalash shartnomasi kvartira egasining huquqlarini unga bo’lgan egalik huquqini yo’qotish xavfidan himoya qiladi. Masalan, agar oldi-sotdi bitimini rasmiylashtirish vaqtida xatoga yo’l qo’yilgan bo’lsa va shuning oqibatida bitim haqiqiy emas, deb topilsa, sug’urtalovchi qo’ldan ketgan kvartiraning bahosini to’laydi. Bu esa o’z navbatida sug’urtalovchi va mijoz o’rtasidagi munosabatlarning yaxshilanishi hamda mijozning boshqa sug’urta turlariga bo’lgan qiziqishning oshishiga olib keladi.
Sug’urta munosabatlarida baholovchi juda kata ahamiyat kasb etmoqda Shu sababli sug’urta sohasida sug’urta tashkilotlari uchun faliyat yuritayotgan aloxida baholvchilar aniqrogi adjaster va syurveyerlar faoliyatini yulga quyib ular faoliyatini rivojlantirishga intilish lozim. Albatta bu juda katta mexnat va sarfxarajatni talab qiladi.
Hozirgi kunda banklar, sug’urta tashkilotlari va iqtisodiyotning real sektoridagi korxonalar o’rtasidagi hamkorlikni yaqqol ko’rsatib beradigan strategiya agrosanoat majmui korxonalariga beriladigan kreditni sug’urtalashdan iborat. Sug’urta kompaniyalarini rivojlantirishning muhim yo’nalishlaridan biri, agrosanoat majmuiga qarashli korxonalarni kompleks sug’urtalashni yaxshi yo’lga qo’yishdan iborat bo’lishi mumkin.
Hozirgi kunda jahon bozorida polislar quyidagi kanallar orqali sotilmoqda:

  • To’g’ridan-to’g’ri sotish orqali

  • Agentlar orqali

  • Brokerlar oraqali

  • «bancassurance» orqali

  • Baoshqa yo’nalishlar orqali

Bancssurance kontseptsiyasi banklarning tijorat jarayonlari bilan sug’urta kompaniyalarining integratsiyasini, yagona axborot tizimini yaratish, sug’urta polislarini sotuvchilarni o’qitish va sotilgan ish hajmi uchun mukofotlashning samarali uslublarini qo’llashni o’z ichiga oladi. Bank tarmog’ida sug’urta faoliyati odatda bank jarayonlari bilan bog’liq bo’lgan mahsulotlarni sotishdan boshlanadi.
Ya’ni, hayotni sug’urtalash dasturlari, bank va kredit bitimlarini sug’urtalash (garovga qo’yilgan mulkni sug’urtalash, iste’mol kreditini sug’urtalash, kredit kartochkalarini sug’urtalash kabi). Hayot sug’urtasi mahsulotlarini sotish bilan banklar o’zlarining uzoq muddatli foydalanishga yo’naltirilgan aktivlari ulushlarini oshirishga muvaffaq bo’ladilar. Sug’urta risklarini birlamchi qabul qilishda ularni ikkilamchi, uchlamchi va hokazo tartibda qabul qilish munosabatlari, ya’ni qayta sug’urtalashning taraqqiy etganligi katta ahamiyat kasb etadi. Qayta sug’urtalashning mamlakat miqyosida rivojlanganligi, sug’urta munosabatlarining iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga kirib borishiga hamda sug’urtalovchilar to’lov qobiliyatining barqaror bo’lishiga ta’sir ko’rsatuvchi omil hisoblanadi.

XULOSA.
Chiqarilgan xulosalarga tayangan holda, sug’urtalovchilar va tijorat banklarining hamkorlik yo’nalishlarini rivojlantirish istiqbollari yuzasidan quyidagi takliflarni бераман:

  1. Ipotekani kreditlash vaqtida titulni sug’urtalash ya’ni qarz oluvchining egalik huquqini yo’qotish xatarini sug’urtalanishi yo’lga qo’yishni tavsiya etamiz;

  2. Sug’urta kompaniyalari bilan tijorat banklari o’z reytinglarini oshirish va hamkorliklarini yanada mustahkamlash maqsadida umumiy brend bo’yicha

sug’urta mahsulotlarini yaratish;

  1. Ipoteka ob’eklarini birlamchi va ikkilamchi bozorlarga bo’lib sug’urta

qilish;

  1. Mijozga sug’urta tashkilotlarni o’zi tanlash xuquqini berish, bunga faqat davlаt sug’urta nazorati organi va antimonopol komitet bilan birgalikda ta’sir ko’rsatishi mumkin;

  2. Kompaniya kadrlar siyosatini rejalashtirish, xodimlar tanlash, o’kitish va rag’batlantirishga tizimli yondoshgan holda takomillashtirish;

  3. Baxolovchi tashkilotlarni, syurveyer va adjasterlar faoliyatining uzviyligini ta’minlashдан иборат












Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin