Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə5/8
tarix02.01.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#36142
1   2   3   4   5   6   7   8
Namangan davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi «iqtisodiyot

Belgilangan baho

Baholash mezonlari

1

5

“A’lo”


Rejadagi savollarning mazmuni ijodiy yondoshilgan holda yoritilgan bo’lsa, foydalanilgan adabiyotlar va ma’lumotlarga snoskalar (ilovalar) berilib, adabiyotlar ro’yxatida ko’rsatilgan bo’lsa va ish bo’yicha berilagan savollarga aniq va to’liq javob berib, o’zining fikrini erkin bayon etsa bunday tayorlangan ishlarga «a’lo» baho qo’yish mumkin.

2

4

“Yaxshi”


Agar rejadagi 4-5 savolning 3-4 tasiga to’liq javob yozilgan bo’lib, bittasiga yetarlicha javob berilmagan bo’lsa, himoyada talabaning javob berishiga qarab «yaxshi» baho qo’yish mumkin.

3

3

“Qoniqarli”



Rejadagi 4-5 ta savolning bita yoki ikkitasining mazmuni yoritilib, qolgan savollarga javob berilmagan bo’lsa, to’g’ri yozilgan javoblar ham darslik va kitoblardan ko’chirilgan, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati yo’q, ilovalar berilmagan va boshqa shu kabi kamchiliklar bo’lsa, ko’rsatilgan kamchiliklar himoyagacha bajarilsa, talabaning javobini hisobga olib bu kabi ishlarni «qoniqarli» baholash mumkin. Agarda talaba yuqoridagi kamchiliklarni yozma ravishda bartaraf etmasa, kurs ishi «qoniqarsiz» baholanadi.

4

2

“Qoniqarsiz”



Kurs ishida quyidagi kamchiliklarga yo’l qo’yilgan bo’lsa, u taqriz yozish davridayoq «qoniqarsiz» baholanadi:

  • reja noto’g’ri va umuman qoniqarsiz tuzilgan bo’lib, mavzuning mazmuniga mos tushmasa;

  • kurs ishi e’tiborsizlik bilan pala-parish bajarilsa;

  • javoblar asosan o’quv adabiyotlaridan ko’chirilgan bo’lsa;

  • foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati bo’lmasa;

  • foydalanilgan adabiyotlarga va ma’lumotlarga ilovalar berilmagan bo’lsa;

  • rejadagi savollar mohiyati biri ikkinchisidan ajratilmagan holda berilsa:

- kurs ishini talabaning o’zi xusni xati bilan bajarmagan bo’lsa.

O’qituvchi taqrizda bu ishning ijobiy tomonlari hamda kamchiliklarini va ularni bartaraf qilish yo’llarini ko’rsatgan taqdirda ham ular himoyaga qadar bartaraf qilinmasa baho bir muncha pasaytiriladi.

Kurs ishini to’g’ri rasmiylashtirishga jiddiy e’tibor berish ham muhim hisoblanadi. CHunki kurs ishini mazmunli va yetuk saviyada yozish bilan birga uni did bilan rasmilashtirishga e’tibor berilsa, bu taqrizda alohida ko’rsatiladi.

SHunday qilib, kurs ishining ham ijobiy ham salbiy tomlarini tahlil qilish, talabalarga tanlangan muammo bo’yicha chuqur, nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’lishga ko’maklashadi hamda ularni kelajakda yetuk iqtisodchi mutaxassislar bo’lib yetishishiga yordam beradi. Talabaning yozgan kurs ishini hech qanday asossiz, qoniqarsiz baholashga yo’l qo’yish mumkin emas, aks holda, bu ularning xafsalasini pir qilib, o’qishga bo’lga ishtiyoqini so’ndiradi, ya’ni talabaning ijodiy faoliyatiga ta’sir qiladi. SHu boisdan taqrizda kurs ishi mavzusi mohiyati qanday darajada yoritilganligini har tomonlama ob’ektiv taxlil qilib, qo’yilgan bahoni dalillar bilan asoslash lozim.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, kurs ishini yozish natijasida talabalar ijodiy fikrlay boshlaydi. Bu esa ularga kelgusidagi ilmiy ishlarini yozishida katta yordam beradi.


Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin