5
O‘qituvchilar tomonidan maslahatlarni tashkillashtirish;
Mustaqil ishlarni dolzarbligini ta`minlash;
Talabalar o‘rtasida olingan natijalar bo‘yicha konferensiyalar tashkillash-
tirish;
Olingan natijalar bo‘yicha talabalarni rag‘banlashtirish.
Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi – o‘qituvchining
rahbarligi va
nazoratida muayyan o‘quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun bilim va
ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish.
Talaba mustaqil ta’lim ishini tashkil etishda
quyidagi shakllardan
foydalaniladi:
1. Darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini
o‘rganish;
2. Tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;
3. Avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash;
4. Maxsus adabiyotlar bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
5.
Yangi texnikalarni, apparaturalarni, jarayonlar
va texnologiyalarini
o‘rganish;
6. Talabaning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan
fanlar bo‘limlari va mavzularni chuqur o‘rganish;
7. Faol
va
muammoli
o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv
mashg‘ulotlari;
8. Masofaviy ta’lim.
Shulardan kelib chiqqan holda talabalar ushbu kursni o‘rganishi mobaynida
nafaqat nazariy va amaliy, balki mustaqil holda ham ishlashlari ham zarur bo‘ladi,
chunki ajratilgan soatlarning kamligi, bevosita mavjud bo`lgan
dasturiy va
texnikaviy vositalarni o`rganish zaruriyati va hozirgi kunda doimiy yangilanib
turilayotgan adabiyotlar bilan tanishib borish muntazam ravishda shug‘ullanishni
talab qiladi.