ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ
ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС
ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ
« ФАРМАЦЕВТИКА » ИНСТИТУТИ
« ФАРМАЦИЯ » ФАКУЛЬТЕТИ
« ГИГИЕНА »
ФАНИДАН
Топширди:
2 - KУРС « 9 – 1 » ГУРУХ ТАЛАБАСИ
МИРХАКИМОВ НОДИРБЕК
Қабул қилди: Доцент Нуралиева Х.О.
«___»________2014й.
ТОШКЕНТ – 2014 йил.
EKOLOGIK GLOBALL MUAMMOLAR
VA OROL DENGIZI MUAMMOSI
TOSHKENT – 2 0 1 4 yil
MAVZU :
EKOLOGIK GLOBALL MUAMMOLAR
VA
OROL DENGIZI MUAMMOSI
REJA 1 :
KIRISH
1. Ekologik muammolarning tarkib topishi.
2. Global ekologik muammolar va ularning oqibatlari.
3 . Mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolar.
4. Chiqindi turlari va ularni sinflarga bo`linishi.
Kimyoviy ifloslanish turlari va darajalari
REJA 2 :
KIRISH
Orol dengizining ekologik ahvol. Orol dengizi qurigan tubining hozirgi
аhvoli.Orol dengizi va orol buyi ekologiyasi.
1. Orol va Orol buyi muammosi.
2. Ekologik vaziyat keskinlashishining asosiy omillari.
3. Orol dengizi ]qurigan tubining hozirgi ahvoli.
4. Orol mintaqasi ijtimoiy ekologik buxroning sabablari.
5. Orol va Orol buyi muammolarini hal etish yo`llari.
6. Orol dengizi va orol bo`yi ekologiyasi.
7. Orol dengizini saqlab qolish mumkinmi
8. Orol dengizi buyi ekologiyasi
9. Orol dengizini saklab kolish muammosi
Kumli chullar ekologiyasi
Hozirgi zamon ekologik muammolari
I.1. Kirish. Ekologik muammolar
O’zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishganidan so’ng barcha sohalar qatori ta’lim sohasiga ham
yuqori darajada davlat e’tibori qaratildi ekologik halokatlarning kelib chiqishi, mamlakat iqtisodiy, ijtimoiy va
siyosiy hayotiga ta’sirini o’rgatish bilan birga ularda ekologik madaniyat, ekologik tarbiya va ekologik ong
tushunchalarini chuqur singdirishni maqsad qilib qo’ygan.
Ma’lumki, Toshkent va Navoiy mamlakatimizdagi yirik sanoatlashgan shaharlar hisoblaniladi.
Navoiydagi tog’-kon, mineral o’g’itlar va sement mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari O’zbekistonda
yetakchi o’rinni egallaydi. ekologik muammolar va ularni hal etish bo’yicha olib borilgan ekologik tadbirlar
aynan shu korxonalar asosida, aniq dadillar bilan yoritilgan.
Inson tabiat bilan o’zaro aloqada bo’lib, uning hayotini tabiatdan alohida tasavvur qilish mumkin emas.
Shu ma’noda Prezidentimiz I.A.Karimovning “Ona zaminimiz – boyligimizning, mustaqilligimizning va go’zal
kelajakka ishonchimizning asosiy manbaidir” – degan so’zlarida juda katta ilmiy-falsafiy mazmun bor. Insoniyat
yashayotgan zaminning o’z qonuniyati mavjud. Zaminda bitmaydigan, tugamaydigan ne’matning o’zi yo’q. Biz
esa bundan ogoh bo’lishimiz zarur. Inson va jamiyat tabiatning ajralmas qismi.
Tabiiy resurslar, ya’ni yoqilg’i, ma’danlar, metallar, nafas olinadigan havo, ichiladigan suv, is’temol
qilinadigan go’sht, sut, don sarxil mevalar, daryo va ko’llardagi baliqlar, har xil shifobaxsh giyohlar, turli-tuman
xom ashyolar bo’lmasa bir daqiqa ham yashay olmasligimizni juda yaxshi bilamiz. Tabiiy boyliklar Ollohning
odamzotga in’om etgan buyuk ne’matlaridir. Olloh taoloning barcha nozu-ne’matlari, tabiiy boyliklardan
bahramand bo’lishning o’zi bir necha ming yillik tarixga ega. Bu tarix Yer yuzida insoniyat paydo bo’la
boshlagan kezlardanoq boshlangan. Insoniyatning tabiat bilan bo’lgan aloqasi vaqtincha emas, balki doimiy va
zaruriydir. Odamzot Koinotning gultoji sifatida ilk paydo bo’lgan davrdan, to hozirga qadar tabiatga ta’sir qilib,
unga ta’sirni o’tkazib, bu ta’sirni bora-bora kuchaytirib, oqibatda tabiatni batamom o’zgartirib yubordi. Keyingi
ming yilliklar davomida insonning tabiatga faol aralashishi natijasida Yer shari yuzasi iqlimi, o’simligi, hayvonot
dunyosining tanib bo’lmas
darajada o’zgarib ketganligi bunga yaqqol misol bo’ladi. “Dunyo tarixida ilk daf’a
inson faoliyati hayotning eng zarur sarchashmalarining buzilishi va yemirilishiga sabab bo’lmoqda.
Insoniyatning o’z kelajagi, ertangi kuni, istiqbolini o’ylamay qilgan o’zboshimchaliklari, ko’r-ko’rona
qilmishlari tufayli tabiat behat ozor chekdi, ko’p a’mollardan abadiy judo bo’ldi. Har xil kosmik changlar, ilmiy
texhikaviy taraqqiyot,ayniqsa, avtomobillar sonining tez darajada o’sib borishi, radioaktiv moddalar va boshqalar
ta’siri ostida barcha jonli mavjudotning hayot manbai bo’lgan atmosfera havosi maksimal darajada
ifloslanmoqda. Bunday dahshatli hodisalar dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida tez-tez sodir bo’lib turadi.
Atrof-muhitning
radioaktiv va kimyoviy chiqindilar bilan bulg’anishi, aholining, chorva mollarining,
parrandalarning, daryo hamda ko’llardagi, suv omborlari va okeanlardagi baliq va boshqa jonivorlarning ko’plab
zaharlanishiga, Yevropa mamlakatlarida ko’plab ro’y berib turgan sigir, buzoq, qo’y, cho’chqalarning oqsil
kasalliklariga sabab bo’lmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Davlat sanitariya epidimologiya nazorati bergan ma’lumotga ko’ra hozirda
Respublikamiz sanoati va qishloq xo’jaligi tarmoqlarida 3 milliondan ortiq kishi band bo’lib, shuning qariyb 1
millionga yaqini zararli sharoitlarda(chang, shovqin, titrash, ultra- va infratovushlar ta’sirida) mehnat qilmoqda.
Zararli mehnat sharoitlari hisobiga kasb-patologiya kasalliklar ko’payishi kuzatilmoqda. Jumladan Respublikada
so’nggi besh yil davomida bu kasallik (har 10000 ishchiga nisbatan) 1,2 dan to 1,76 gacha ko’paygan, Navoiy
tog’-metallurgiya kombinatida bu ko’rsatgich 1,62 dan to 3,2 gacha oshgan.
“Kimyoviy ekologiya” insoniyat tomonidan yo’l qo’yilgan xatoliklar oqibatida vujudga kelgan ekologik
fojealarni o’rganadi va tahlil qiladi, oldini olish uchun chora-tadbirlar izlaydi. Tabiiy va tarixiy merosimizni
saqlab qolish Ekologik muammo deganda, butun insoniyatga xavf soladigan, ilmiy asoslangan muammolarni
tushunish maqsadga muvofiq.
Ekologik
muammolar
Ekologiya
Kimyo
Fizika
Tibbiyot
Biologiya
Geografiya
Psixologiya
Falsafa
Pedagogika
Tarix
I.2. Eng muhim ekologik muammolar, ularni hal etishning dolzarbligi
Respublikamizdagi
eng
muhim
ekologik
muammolarni
va
ularni oldini olish chora-tadbirlarini
Sayyoramiz kelajagi, insoniyatning taqdiri hozirgi davrda ko’p jihatdan ekologik muammolar yechimiga bog’liq
bo’lib qoldi. Ekologik muammo keyingi o’n yilliklar davomida yana keskinlashib ketdi. Havoning ifloslanishi,
ichimlik suvning o’ta taqchilligi, ona zaminning zaharlanishi, ekish va hosil olish mumkin bo’lgan unumdor
yerlarning, yer osti va yer usti boyliklarining, o’simliklarning va hayvonlar nodir turlarining kamayib
borayotganligi hamda atmosfera haroratining sezilarli darajada oshib borayotganligidan insoniyat behad azob
chekmoqda. XX asr tugab XXI asrning dastlabki kunlarida, asrlar tutash kelgan pallada butun insoniyat,
mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik xavfga duch keldi. Hozir sayyoramizda quyidagi global ekologik
muammolar o’z yechimini kutmoqda:
Ekologik muammoni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mosdir. Sivilizatsiyaning hozirgi kuni va
kelajagi ko’p jihatdan ekologik muammoning hal qilinishiga bog’liqdir.
O’zbekiston Respublikasi dunyodagi barcha mamlakatlar, jumladan Markaziy Osiyo mintaqasidagi
davlatlar bilan hamkorlik va hamjihatlikda tabiatni, atrof muhitni himoya qilish, tabiiy zahiralardan oqilona
foydalanish masalalariga katta e’tibor va ahamiyat berib kelinmoqda. Buning natijasi o’laroq, atrof-muhitni
muhofaza qilishni ta’minlashga qaratilgan qonun hujjatlari Respublikamizda ko’plab qabul qilingi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasida belgilab qo’yilganidek “Fuqarolar atrof,
tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburlar”.
Insoniyatning kelajakdagi taqdiri hozirgi davrda mavjud ekologik muammolarni qanday hal qilishga,
ekologik muammolardan aholini, tabiatni qanday muhofaza qilishga bog’liq bo’lib qoldi. Bunday deyilishida
juda katta ma’no, tarixiy zaruriyat, ob’yektiv ehtiyoj bor. Chunki ekologik muammo zamirida alohida xalqlar
millatlar va mintaqlarnigina emas balki butun insoniyatning kelajak taqdiri yotibdi.
Uzoq yillar davomida eski ma’muriy buyruqbozlik tizimi sharoitida Markaziy Osiyi mintaqasidagi
ekologik muammolarga e’tibor berilmadi. Tabiatni muhofaza qilish tadbirlariga arzimas darajada kam mablag’
ajratilardi. Bu mablag’ tabiatga yetkazilgan zararni also qoplamasdi. Sobiq ittifoq zamonida atrof-muhit va
atmosfera havosining ifloslanishi, toza
ichimlik suvi yetishmasligi tashvishli hol ekani haqida bilib, bilmaslikga
olindi. Qonunlar rasmiyat uchun qabul qilinadiyu, ammo ular hayotga joriy etilmadi. Sho’ro tuzumi davrida
Sayyoramizdagi
ekologik
muammolar
Sun’iy tog’lar
hosil bo’lishi
Atmosfera
ifloslanishi va unda
O
2
ning kamayishi
Havo haroratining
ko’tarilishi
Atmosferada ozon
qatlami (O
3
) ning
yemirilishi
Demografik
o’sish va hokazo
Ichimlik suv va
suvning ifloslanishi
Suv sathining
ko’tarilishi
Tuproq erroziyasi
va uning
ifloslanishi
inson tabiatni o’z irodasiga bo’ysundirishi lozim degan soxta aqida uzoq yillar ustuvorlik qildi. Natijada barcha
hududlarda
ekologik
muvozanat
qo’pol
ravishda
buzildi.
Mintaqamizda,
shuningdek,
O’zbekiston
Respublikasida ham tashvishlanarli ekologik vaziyatlar yuzaga keldi.
O’zbekiston Respublikasiga sobiq ittifoqdan, eski mustabid tuzumdan aytib o’tganimizdek paxta yakka
hokimligi va boy mineral xom ashyo resurslaridan nazoratsiz, ayovsiz foydalanish asosiga qurilgan iqtisodiyot
og’ir meros bo’lib qoldi. Respublikamizga xom ashyo yetishtirib beradigan chekka o’lka sifatida qaraldi.
Mamlakatimizdan katta miqdorda yetishtirilgan paxta hosilining aksariyat hajmi tekinga tashib ketilar edi. Oltin,
qimmatbaho va rangli metallar, strategik ahamiyatga ega materiallar jahon bozorining o’ta xaridorgir bo’lgan
boshqa qimmatbaho mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishdan keladigan foyda O’zbekiston xazinasiga tushmas
edi.
Hududimizda yuz bera boshlagan ekologik inqiroz nihoyatda keskinlashib ketib, ijtimoiy tus ola boshladi.
Ekologik tanazzuldan esa keng jamoatchilik tashvishga tushishi tabiiy hol,albatta. Odamlar qanday xavf
qarshisida turganliklarini, atrof-muhitga yetkazilayotgan zarar qanday ko’rgiliklarga olib kelganligini yaqqol his
etdilar. Tabiatga qo’pol va takabburlarcha munosabatda bo’lish odamlarning qirilib, genofondning yo’q bo’lib
ketishiga muqarrar ravishda olib kelishini tushunib yetgan kishilar, olimlar, shoir va yozuvchilar, mutaxassislar,
deputatlar bong ura boshladilar. Dunyoning hamma mamlakatlarida, boshqa mintaqalarda sodir bo’lganidek
Markaziy Osiyoda, O’zbekistonda ham ekologik muammolar dolzarb bo’lib qoldi. O’zbekistonda eng xavfli
ekologik muammolar toza havo, ichimlik suv, tuproq tarkibining buzilishi va Orol dengizi muammolari
hisoblanadi, mazkur “Ekologik muammolar” fanini o’rganish davomida bu muammolarning har birini ilmiy
asoslangan holda qarab, tahlil qilib, oldini olish chora-tadbirlarini belgilaydi. Hammamiz havoning ifloslanishi,
suvning ifloslanishi, shaharlarning qayta cho’llanishini, bog’larning qurib qolishi va shunga o’xshash
muammolarni birgalikda oldini olishimiz, bartaraf etishimiz kerak, yo’qsa shoir bashorat qilganidek tog’u-
bog’lar biz va bizning kelajak avlodlarimiz uchun bir butun shirin xayol bo’lib qolishi, armonga aylanishi
mumkin:
Tayanch so’zlar:
Biosfera, atmosferaning dimiqishi, ozon tuynugi, tuproq
Eroziyasi, global, regional, lokal, pestisid.
Hozirgi vaqtda inson faoliyati ta'sirida biosferaning cfzgarishi juda tezlik bilan borayapti. Inson
Yer kurrasining qiyofasini o'zgartirishda katta geologik kuch sifatida vujudga kelganini V.I.Vernadskiy
tomonidan takidlab o'tilgan edi. Insonning tabiiy jarayonlardan noto'g'ri foydalanishi natijasida XX asrning
o'rtalarida ekologik muammolar juda avj olib ketdi. Ekologik muammo deganda insonning tabiatga
ko’rsatayotgan ta'siri bilan bog^liq xolda tabiatning insonga aks ta'siri, ya'ni uning iqtisodiyotida, hayotda
xo'jalik ahamiyatiga molik bo’lgan jarayonlar, tabiiy xodisalar bilan bog'liq bo’lgan har qanday xodisa
tushuniladi. (iqlim o’zgarishi, hayvonlarning yalpi ko'chib ketishi) tabiatdagi muvozanatning buzilishi
oqibatida turli miqyosdagi ekologik muammolar shakllanmokda. Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin.
1.
Global (umumbashariy).
2. Regional (mintaqaviy).
3. Lokal (mahalliy).
Global ekologik muammolar dunyo bo'yicha kuzatiladigan tabiiy,
tabiiy antropogen va sof
antropogen
ta'sirlar
natijasida
yuzaga
kelib
umumbashariyatga
tegishlidir.
Ana
shunday
ekologik
muammolarning ba'zilari bilan tanishamiz:
Atmosferaning dimiqish xodisasi. Keyingi yillarda atmosfera tarkibidagi SO
2
miqdori ortib
borayotganligi ma'lum bo'lib qoldi.
Natijada
Yer
yuzasining
harorati
oxirgi
100
yil
ichida
0,5-
1,0
gradus ortdi. Iqlimning keng ko'lamda o’zgarishi atmosferaning sanoat chiqindilari va
avtotrasnportlardan chiqayotgan gazlar bilan bogMiq, Yer yuzasining global isishi, ya'ni atmosferaning
dimiqishi SO2 ning havo tarkibida ortib ketishi, o'rmonlarning kesilishi, toshko'mir va benzin kabi
yoqilg^ilarning yonishidan atmosferada to'planadigan SO
2
gazi tufaylidir. Ana shu zaylda ahvol
o'zgarmasa XXI asrning o'rtalarida yer yuzasining harorati 1,5-4,5 gradusgacha ortishi mumkin.
Natijada:
1. Iqlimning o'zgarishi ayniqsa, cho'llanish jarayonining kuchayishi. Yogingarchilikning o’zgarishi.
Dengiz va okeanlar satxining ortishi Muzliklarning Yerishi va kamayishi hamda boshqa hodisalar kuzatiladi.
Ozon qatlamining siyraklanishi:
Ozonosfera atmosferaning muhim tarkibiy qismi hisoblanib, u iqlimga va yer yuzasidagi barcha tirik
organizmlarni nurlanishdan saqlab turadi. Atmosferadagi azonning eng muhim xususiyati uning doimo hosil
bcflib va parchalanib turishidir. Ozon quyosh nurlari ta'sirida kislorod, azot oksidi va boshqa gazlar
ishtirokida hosil bo’ladi. Ozon kuchli ultrabinafsha nurlarni yutib qolib yer yuzidagi tirik organizmlarni himoya
qiladi. Ultrabinafsha nurlar miqdorining ortishi tirik organizmlarga salbiy ta'sir qiladi. Hozirgi davrda
freonlardan keng foydalanish tufayli hamda aviatsiya gazlari, atom bombalarini portlatishlar atmosferada etarli
miqdorda ozon to'planishiga imkon bermayapti.
Chuchuk suv
muammosi:
Quruqlikda chuchuk suv va uning biosferadagi roli nihoyatda katta. Gidrosferada chuchuk suv
miqdori juda oz (2- 2,5 %). Jamiyatning rivojlanishi bilan aholining chuchuk suvga bo’lgan talabi ortib
bormoqda. Bizning asrimizda chuchuk suvdan foydalanish 7 marta ortgan. Yiliga 3-3,5 ming km3 suv
sarflanadi. Qurg'oqchil zonalarda daryolar suvidan to’liq foydalanilgan xolda ularning suvi etmay qolmoqda.
1980 yil boshlarida bundav holat Afrika, Avstraliya, Italiya, Ispaniya, Meksika, Nil, Amudaryo,
Sirdaryo va ba'zi bir boshqa daryolarda kuzatila boshlandi. Daryolarning sanoat va maishiy zaxarli
moddalar bilan ifloslanishi o'sib bormoqda. Sanoat yiliga 160 km3 sanoat va oqova suvlarini daryolarga
tashlaydi. Bu ko’rsatgich daryolarning umumiy suv miqdorining 10% ini tashkil etadi. Daryolardagi toza
suvlarda yildan yilga har xil Yerigan moddalar, zaxarli kimyoviy moddalar va bakteriyalarning
miqdori ortib bormoqda. Pestitsidlardan foydalanish muammosi. . Ular tuproq va suvlardan o’simliklarga
undan hayvonlar va odam organizmiga o'tadi. Pestitsidlar har bir bo'g'inda zararli va ziyon
keltiradi. Pestitsidlarning zaharli ta'sirini oldini olish uchun quyidagi chora tadbirlarga amal qilish lozim.
1 . Hayvon va odamlarga ta'sirini susaytirish.
2. Tuproq va suvlarda to'planishining oldini olish.
3. Tez parchalanuvchi va beqaror pestitsidlarni sintez qilish.
4. Pestitsidlardan foydalanishni iloji boricha cheklash.
5. O’simliklarni biologik himoya qilish.
6. Tirik tabiatdagi o’simlik va hayvon turlari sonining qisqarishi muammosi.
O'simliklar dunyosi, ayniqsa yer yuzidagi hayotni ta'minlashda o'rmonlarning ahamiyati juda katta.
Aholi
sonining
ortishi
xo'jalik
faoliyatining
kengayishi
tufayli
tabiatning
inson
qo'li
tegmagan
oyi
qolmayapti. O’simliklar va hayvon turlarini davlat muhofazasiga olish qonunlar orqali ovchilikni
to'g"ri yo'lga qo'yish, shuningdek ko’rikxonalar, zakazniklar, milliy bog'lar, botanika bog'lari va qizil
kitoblar o'simliklar va hayvonlar lurlarini saqlashda katta rol o'ynaydi. Cho'llanish jarayoni:
Yer kurrasi quruqligining 40 mln km.kv maydoni qurg'oqchilik mintaqasi bo"lib, dunyo aholisining
15%
dan
ortig'i
ushbu
hududga
mujassamlashgan
qishloq
xo'jaligining
tezkor
rivojlanishi,
sug'oriladigan
yerlar
va
yaylovlardan
noto'g"ri
foydalanish
oqibatida,
o'rmonlarning
betartib
kesilishi
natijasida cho'llanish darajasi yil sayin ortmoqda. Inson ta'sirida vujudga kelgan cho'llar 9,1 mln. km. kv.ga
etdi. Yer yuzasining ayrim mintaqalariga xos tabiiy-iqlim, ijtimoiy-ekologik, tabiat bilan inson o'rtasidagi o'zaro
aloqalari natijasida
yuzaga keladigan ekologik muammolar regional ekologik muammolar deb ataladi.
Mintaqaviy ekologik muammolarga baho berishning mezoni havo va suvning ifloslanishi, tuproq eroziyasi,
yaylovlarning ishdan chiqishi, o'rmonlarda daraxtlarning kesilishi. belgilangan miqdordan oshib ketishi va
boshqalar hisoblanadi. Markaziy Osiyodagi mintaqaviy ekologik muammolardan eng muhimi Orol va Orol
bo'yi ekologik muammosidir. Orol dengizi yaqin vaqtlargacha eng yirik dengizlardan biri hisoblangan. U
muhim baliqchilik, ovchilik, transport va rekreatsion ahamiatga ega edi. Sug'oriladigan dehqonchilikning
rivojlanishi natijasida Amudaryo va Sirdaryoning suv quyishi 1970 yilga kelib 37,8 km3, 1980 yilda esa 11,1
km3 gacha kamayib ketdi. Suvning sho'rlanish darajasi litriga 9-10 g dan 34-37 g/litr gacha ortdi. Hozirgi kunda
dengiz satxining yillik o'rtacha pasayishi 80-110 sm (oldin 53 sm bo’lgan 33 metr ga tushsa orol 2 ga bo'linib
qoladi, hech bo'lmaganda 33,5 metr balandlikda saqlab qolish kerak). Orolning qurigan tubi yirik chang
to'zon makoniga aylandi. Aholi ichadigan suv pestitsidlar bilan ifloslangan, keyingi 10 yil ichida o'lim 2
marta ortgan. Bolalar o'limi har tug'ilayotgan!000ta chaqaloqdan 45-90 taga to"g'ri keladi. Ayollarning
80%ida kamqonlik xastaligi uchraydi. Bolalarning 90%ida siydigida tuzlar miqdori ortib ketgan. Orol
muammosining hal qilinishining tub mohiyati suv resurslaridan oqilona foydalanishni amalga oshirishga
bog^liq. Orolni saqlab qolish uchun Markaziy Osiyo Respulikalari bilan birgalikda qisqa vaqt ichida
yiliga 20- 21 kub km suv Orolga quyiladigan miqdorda yagona suv xo'jalik siyosatini ishlab chiqish
bunda Orolbo'yidagi barcha tabiiy ko'llarni saqlab qolish e'tiborga olinishi lozim. Ishlab chiqaruvchi
kuchlarning rivojlanishi respublikada ijtimoiy ekologik holatiga muayyan darajada salbiy ta'sir
ko’rsatadi. Respublikamizda tabiatni muhofaza qilishga oid muammolar quyidagilar. l.Yirik xududiy sanoat
majmualari joylahgan rayonlarda tabiatni muhofaza qilish muammolari. (Angren, Olmaliq, Chirchiq,
Farg'ona, Marg'ilon, Navoiy va hakozo.) 2.Orol va Orolbo'yi muammolari, suv resurslarini muhofaza qilish va
ulardan maqbul tarzda foydalanish. S.Tabiatdagi suvlarning sanoat chiqindilari pestitsidlari va mineral ug'itlar
bilan ifloslanishi.
4.O"simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va qayta tiklash muammolari, va milliy bog'lar
tarmog'ini kengaytirish. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar. 1 .Ekologik muammo deganda nimani
tushunasiz? 2.Atmosferaning dimiqish hodisasini tushuntiring? 3.Ozon qatlamining siyraklashish muammosini
tushuntiring? 4.Pestitsidlardan foydalanish qanday ekologik muammolarni keltirib chiqaradi? S.Orol va
orolbo’yi ekologik muammolarning yuzaga kelish sabablarini tushuntiring? birgalikda qisqa vaqt ichida
yiliga 20- 21 kub km suv Orolga quyiladigan miqdorda yagona suv xo'jalik siyosatini ishlab chiqish
bunda Orolbo'yidagi barcha tabiiy ko'llarni saqlab qolish e'tiborga olinishi lozim. Mahalliy ekologik
muammolar.
(lokal.)
Mahalliy
ekologik
muammolar
turli
korxonalar
faoliyati,
yerlarni
sug'orish,
yaylovlardan
noto’gri
foydalanish
natijasida
vujudga
kelsada
malum
hududlar
uchun
xosdir
Respublikamizda tabiatni muhofaza qilishga oid muammolar quyidagilar. l.Yirik xududiy sanoat majmualari
joylahgan rayonlarda tabiatni muhofaza qilish muammolari. (Angren, Olmaliq, Chirchiq, Farg'ona,
Marg'ilon, Navoiy va hakozo.) 2.Orol va Orolbo'yi muammolari, suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan
maqbul tarzda foydalanish. S.Tabiatdagi suvlarning sanoat chiqindilari pestitsidlari va mineral ug'itlar bilan
ifloslanishi. 4.O"simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va qayta tiklash muammolari, va milliy
bog'lar tarmog'ini kengaytirish.
Dostları ilə paylaş: |