Mavzu №1: Voqea sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirish. Voqea sodir bo'lgan
joyda murdani birlamchi ko'zdan kechirish va bayonnoma tuzish.
1.1. Mashg'ulot maqsadi: Talabalarni voqea joyini ko'zdan kechirish, voqea sodir bo'lgan joyda murdani ko'zdan kechirish bilan tanishtirish. Voqea joyini ko'zdan kechirish usullari va bosqichlari haqida asosiy tushunchalarni berish. Voqea joyini ko'zdan kechirish bayonnomasini tuzishni ko'rsatish.
1.2 Ko'rsatilgan mavzu va usullarni realizatsiyalash bo'yicha ko'rib chiqiladigan savollar ketma-ketligi. O'qituvchi talabalarga darsning mazmunini tushuntirib beradi, keyin talabalarni tushunmagan yoki qiziqtirgan savollariga javob beradi. Talabalarga o'qituvchi voqea joyini ko'zdan kechirish bayonnomasini tuzishni o'rgatadi. Keyin talabalar o'qituvchi nazorati ostida voqea joyini ko'zdan kechirish bayonnomasini tuzadi, voqea joyida sud tibbiyoti sohasidagi mutaxassis tomonidan bajarilishi lozim bo'lgan ishlar ketma ketligini bajarishni o'rganishadi.