Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 325,5 Kb.
səhifə48/51
tarix02.01.2022
ölçüsü325,5 Kb.
#1466
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
9.6. Mustaqil ish vazifasi.

9.7. Tavsiya etiladigan adabiyot:

1. Jalolov J.J. «Sud tibbiyoti» Toshkent-1996.

2. Iskandarov A.I., Kuldashev D.R. «Sud tibbiyoti» Toshkent-2009.

3. Kryukov V.N. «Sudebnaya meditsina» Moskva-1998.

4. Popov L.V. «Sudebnaya meditsina» Sank-Peterburg-2000.

Internet ma'lumotlari quyidagi saytlardan olinadi: www.sudmed.ru., www.forensic.uk.


Mavzu № 10. Ashyoviy dalillar sud-tibbiy ekspertizasi.

10.1. Mashg'ulot maqsadi: talabalarni ashyoviy dalillar sud-tibbiy ekspertizasi bilan tanishtirish. Talabalarga qonni suyuq holda, dog' holida tekshirishga o'rgatish. Dog'da sperma mavjudligi, guruhini aniqlashni o'rgatish. Sochni tekshirish bilan tanishtirish.

10.2. Berilgan mavzu va realizatsiyasi bo'yicha ko'rib chiqiladigan savollar ro'yxati. Sud-tibbiy laboratoriyada qonni suyuq va dog' holida tekshirish, antigenlarini aniqlash savol javoblarda hal qilinadi. Talabalarni faol qatnashishi bilan o'qituvchi ashyoviy dalillar ekspertizasini o'tkazadi. Bunda asosiy e'tibor suyuq qonni guruhini aniqlash metodikasiga qaratiladi. O'qituvchi nazoratida talabalar mustaqil izlarda qon mavjudligini aniqlash reaktsiyasini o'tkazadi. Qon mavjudligi aniqlangandan so'ng uning turga mansubligi aniqlanadi. O'qituvchi ishtirokida talabalar CHistovich- Ulengut pretsepitatsiya rektsiyasini o'tkazadi. Qonni odamga tegishliligini aniqlangandan so'ng AVO bo'yicha uning guruhi aniqlanadi. Buning uchun qonda aglyutininlar va aglyutinogenlar aniqlanadi. Aglyutininlar Lyatess usulida aniqlanadi.

Talabalar assistent nazorati ostidaqon dog'i bo'laklarini qalam bilan 2ga ajratilgan buyum oynasiga qo'yishadi. Qoplovchi oyna bilan yopiladi, ostiga Paster pipetkasi yordamida A va V erirotsitlarining 0,25% eritmasini yuborishadi. O'qituvchi bilan analiz natijalarini tahlil qilishadi.

Agglyutininlar qon dog'ida aniqlangandan so'ng tekshirilayotgan dog'da aglyutinogenlarni aniqlashga kirishiladi. Assistent absorbtsiya va absorbtsiya elyutsiya reaktsiyalarini ko'rsatadi. Qonni tekshiruvi tugagandan keyin talabalar mustaqil ravishda dog'da spermani aniqlashga kirishadilar. Assistent nazoratida 2-3 talaba alohida- alohida mikroskop ostida Florants reaktsiyasini o'tkazadilar. So'ng izlar metodi yordamida mikroskop ostida sprmatozoidlar mavjudligini kuzatiladi. Sperma mavjudligini aniqlash bilan assistent ko'rgazmali ravishda sperma antigeni aniqlash sxemasini ko'rsatadi. Mikropreparatlar yordamida talabalar mikroskop ostida odam va hayvon soch tolalarini ko'rishadi. YUlib olingan va tushgan soch tolalarining ildiz qismlari, shuningdek turli mintaqaga mansub odamlarning sochining ko'ndalang kesmasini.


Yüklə 325,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin