6.1. Mashg'ulot maqsadi: Talabalarni transport travmasi natijasidagi o'lim xususiyatlari bilan tanishtirish. Jarohatlanish mexanizmi haqida asosiy tushunchalarni berish. Ekspert xulosasini tuzishni ko'rsatish.
6.2. Ko'rsatilgan mavzu va usullarni realizatsiyalash bo'yicha ko'rib chiqiladigan savollar ketma-ketligi. 3-4 ta talaba o'kituvchi nazorati ostida murdani yorishadi. Ulardan 2tasi bevosita murda tanasini ochishadi, qolganlari yorayotganlar so'zi asosida murdalarni tekshirish protokolini tuzishadi. O'qituvchi talabalarni berilgan holatidagi taxminiy ma'lumotlar bilan tanishtirgach, ularni diqqatini mumkin bo'lgan jarohat etkazish mexanizmiga karatishadi, tekshiruvchi shu bilan bog'liq o'ziga xos tomonlariga (sxematik rasmlar tuzish, suratga tushirish, tashqi va ichki tekshiruvini rejalaщtirilgan ketma-ketligi va boshqalar) qaratadi. Murdani tashqi tekshiruvi, kiyimlarni tekshirishdan boshlanadi.