6. Ma'ruza mavzusi: Sud toksikologiyasi. Zahar va zaharlanishlar – 2 soat.
Zaharlarning ta'sir etish shart-sharoitlari. Toksikokinetika va oksikodinamika. Zaharlarning sud-tibbiy tasnifi. Alkogol va uning surrogatlari bilan zaharlanish. Giyovand va gangituvchi moddalar bilan zaharlanish. Zaharlanish holatlarida qo'shimcha laboratoriya tekshiruvlari. Zaharlanish hollarida sud-tibbiy ekspertizaning tibbiy va ijtimoiy ahamiyati.
6.1. Ma'ruza maqsadi:Mavzu zaharli moddalar, ularning ta'siri turlarini yoritib, tinglovchilarni zaharli moddalar ta'sirining har bir turida organizmda kechadigan o'zgarishlar bilan tanishtirish. Olingan bilimlar nafaqat sud tibbiyotida, balki ushbu bilimlarni klinika sharoitida, masalan zaharlanish holatlarida bemorga tibbiy yordam ko'rsatishda qo'llash lozim bo'ladi.