“Reklamani joylashtirish to`g`risidagi Nizom”
1
bilan huquqiy jihatdan
tartibga solinadi. Reklama bilan bog`liq huquqiy
munosabatlarda reklama
beruvchi, reklama tayyorlovchi, reklama tarqatuvchi hamda reklamadan
foydalanuvchilar ishtirok etadi. Reklama beruvchi - o`z tovari (ishi,
xizmati)ni reklama qilayotgan xo`jalik yurituvchi subyektdir. Reklama
tayyorlovchi - reklama beruvchining buyurtmasiga binoan reklamani
tayyorlaydigan shaxs. Reklama tarqatuvchi - reklama vositalari orqali
reklama beruvchining reklama axborotini tarqatuvchi shaxs.
Reklamadan
foydalanuvchi esa reklama yo`naltirilgan shaxs, yani istemolchidir.
Reklamani tarqatishda qonun hujjatlariga rioya etish, undagi
malumotlarning aniq va ishonchli bo`lishi hamda istemolchiga hech
qanday zarar yetkazmaslik reklamaga qo`yiladigan asosiy talablar bo`lib
hisoblanadi. Shuning uchun ham mazkur talablarga rioya etmagan shaxslar
belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. O`z tovari (ishi,xizmati)ni
reklama qilmoqchi bo`lgan shaxs reklama tayyorlovchi hamda uni
tarqatuvchiga reklamadagi axborotlarning ishonchliligini tasdiqlovchi
hujjatlarni taqdim etishi shart. Bundan tashqari, xo`jalik yurituvchi subyekt
maxsus ruxsatnoma talab etiladigan faoliyatni reklama qilmoqchi bo`lsa
tegishli lisenziyaga ega ekanligini ko`rsatishi lozim. Reklamadagi axborot
hech qanday maxsus bilimlarsiz har qanday
normal qobiliyatli odamga
tushunarli bo`lishi lozim.
Yuqorida
reklamani
xo`jalik
yurituvchi
subyektlar
uchun
raqobatlashuv vositasi ekanligi aytib o`tilgan edi. Raqobat qonuniy
(insofli) hamda noqonuniy (insofsiz) turlarga bo`linar ekan, reklamaning
ham qonuniy va noqonuniy turlari mavjud. Aynan noqonuniy reklama
orqali insofsiz raqobat amalga oshiriladi. Yuridik adabiyotlarda
noqonuniy, yani lozim darajada bo`lmagan reklamaning quyidagi turlari
sanab o`tilgan
2
:
-insofsiz reklama;
-ishonchsiz(shubhali) reklama;
-yolg`on reklama;
-yashirin reklama.
Insofsiz reklamada reklama qilinayotgan tovar (ish, xizmat)lardan
foydalanmaydigan shaxslar kamsitiladi, reklama qilinayotgan tovar boshqa
xo`jalik yurituvchi subyektlarning tovarlari bilan noxolisona taqqoslanadi,
raqobatchining obro`siga putur yetkaziladigan yolg`on
malumotlar
1
Буллитен нормативниx актов министерств, государственниx комитеров и ведомстм Республики Узбекистан,
2001, Н 7.
2
Жилинский С.Е. Предпринимательство право. – М., Нoрмa-Инфрa-М., 1999. - С. 533-537.
www.ziyouz.com kutubxonasi
aytiladi, reklamani raqobatchining reklamasiga o`xshatib, undan ko`chirib
yoki taqlid qilib istemolchini chalg`itadi yoki bo`lmasa ularning
tajribasizligidan foydalanadi.
Ishonchsiz yoki shubhali reklamada tovar (ish, xizmat) ning turli
belgilari, xususiyatlari, sifati, narxi, yaroqlilik muddati,
kafolat muddati
to`g`risidagi hamda boshqa malumotlar haqiqatga to`g`ri kelmaydi, yani
ular bo`rtirib ko`rsatiladi. Ishonchsiz reklamada asosan «eng yaxshi»,
«mutlaqo», «yagona» va «faqat» kabi so`zlaridan keng foydalaniladi.
Yolg`on (noto`g`ri) reklama orqali istemolchilar xo`jalik yurituvchi
subyektlar tomonidan qasddan chalg`itiladi.
Yashirin reklamada istemolchining idrokiga o`zi xohlamagan holda
tasir o`tkaziladi. Ushbu reklama turining yashirin deyilishiga sabab uning
reklama bilan umuman bog`liq bo`lmagan ko`rsatuvlarda va nashrlarda
namoyish etilishidir. Masalan, birorta davlat,
fan yoki madaniyat
arbobidan telejurnalistlar intervyu olishayotganda teletomoshabinlarning
asosiy etiborini ularning kiygan kiyimlariga yoki foydalanayotgan qo`l
soatlariga qaratishga harakat qilishadi. Shuning uchun ham yashirin
reklamani payqash juda qiyin.
Bundan tashqari etika (ahloq-odob) normalariga zid reklama ham
mavjud bo`lib, S.E.Jilinskiy uni insofsiz reklamalar qatoriga kiritgan
bo`lsa, I.V.Yershov, T.M.Ivanovlar unga noqonuniy reklamaning alohida
turi si-fatida qaraydi. Reklamaning mazkur turida insoniylik hamda ahloq
normalariga zid axborotlar mavjud bo`ladi.
Mazkur axborotlar haqoratli
so`zlar hamda odamlarni irqi, millati, dini, kasbi, ijtimoiy toifasi, yoshi, til,
jinsi, diniy, falsafiy, siyosiy va boshqa qarashlari bo`yicha qo`pol
taqqoslashlardan iborat bo`ladi. «Reklama to`g`risida»gi qonunda yuridik
adabiyotlardan farqli o`laroq noqonuniy reklama uch turga bo`lib
ko`rsatilgan, yani
Dostları ilə paylaş: