kafolatlari;
xo`jalik
yurituvchi
subyektlar
fao-liyatining
shartnomaviy-huquqiy bazasi to`g`risidagi va boshqa qonunlarda
belgilab qo`yilgan.
Shartnoma deb ikki yoki bir necha (jismoniy yoki yuridik) shaxsning
huquqlari va
burchlarini vujudga keltirish, o`zgartirish yoki bekor qilish
haqidagi kelishuvga aytiladi.
Shartnoma taraflarning bitimi (kelishuvi) sifatida quyidagi belgilar
bilan xarakterlanadi:
a)taraflarning erkini
erkin ifodalanishi;
b) uning mazmunini tashkil etuvchi barcha muhim shart-lar bo`yicha
taraflarning kelishganligi;
v) taraflarning o`z majburiyatlari bo`yicha harakat-larini (qoida
tariqasida) haq evaziga bajarishi;
g) shartnoma munosabatlarida taraflarning tengligi;
d) shartnomani ijro qilishning yuridik kafolati;
j) shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun javob-garlik.
Xo`jalik yurituvchi subyektlar o`rtasidagi xo`jalik
shartnomalarini
tuzish, bajarish, o`zgartirish va bekor qilish vaqtida yuzaga keladigan
munosabatlar O`zbekiston Respublikasining
Fuqarolik kodeksi va
“Xo`jalik yuri-tuvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy
bazasi to`g`risida”gi qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga
solinadi.
Dostları ilə paylaş: