bo`lmagan hollarda esa–ish muomalasi odatlariga muvofiq bajarilishi
lozim.
Xo`jalik shartnomasini bajarish jarayoni izchil amalga oshiriladigan
harakatlar tizimidan iborat bo`lib, bu tizimni ikki bosqichga, yani moddiy
va huquqiy bos-qichlariga ajratish mumkin.
Xo`jalik shartnomasini bajarishning moddiy bosqichi ikkita o`zaro
bog`liq harakatlarni: bir tarafning tovarlarni, bajargan ishi va ko`rsatgan
xizmati natijalarini berishni hamda ikkinchi tarafning
bu narsalarni qabul
qilib olishini o`z ichiga oladi. Shartnomani bajarish mud-dati, uni bajarish
joyi, shartnomaning bahosi, shartnomani bajarish usullari ana shunday
talablar jumlasidandir.
Xo`jalik shartnomasida uning bajarish vaqti nazarda tutilgan yoki uni
aniqlash imkoni mavjud bo`lsa, u holda shartnomaviy majburiyat o`sha
vaqtda bajarilishi kerak. Umumiy qoidaga ko`ra, taraf shartnomani
muddatidan ilgari bajarishi mumkin emas. Biroq, agar taraflar uchun
bunday holat shartnomada nazarda tutilgan va bunga ikkinchi taraf rozilik
bergan bo`lsa majburiyatni muddatidan ilgari bajarishi mumkin.
Shartnomaviy majburiyatni bajarish muddati talab qilib olish payti
bilan
belgilab qo`yilgan bo`lsa, birinchi taraf (kreditor)
har qachon ijroni talab
qilishga, ikkinchi taraf (qarzdor) esa ijroni har qachon amalga oshirishga
haqli bo`ladi. Xo`jalik shartnomasi bo`-yicha majburiyatni darhol bajarish
vazifasi qonun yoki shartnomaning mohiyatidan anglashilmasa, qarzdor
bunday majburiyatni kreditor talab qilgan kundan boshlab yetti kunlik
muddat ichida bajarishi shart.
Agar qonun hujjatlarida yoki xo`jalik shartnomasida majburiyatning
bajarish joyi ko`rsatilmagan bo`lsa va majburiyatning
mohiyatidan yoki
ish muomalasi odatlaridan anglashilmasa, umumiy qoidaga ko`ra
majburiyat - qarz-dorning yashash joyida, agar qarzdor yuridik shaxs
bo`lsa, uning joylashgan yerida bajarilishi kerak. Ammo, bu qoidaning bir
nechta
istisnolari
mavjuddir:
ko`chmas
mol-mulkni
topshirish
majburiyatlari bo`yicha mol-mulk turgan joyda; tashishni nazarda
tutadigan tovar yoki boshqa mol-mulkni topshirish majburiyatlari bo`yicha
– tovarni kreditorga yetkazib berish uchun
uni birinchi tashuvchiga
topshirish joyida; qarzdorning tovarni topshirish yuzasidan o`zga
majburiyatlari bo`yicha – tovarni tayyorlash va saqlash joyida, basharti
majburiyatning kelib chiqishi paytida bu joy kreditorga malum bo`lgan
bo`lsa; pul majburiyatlari bo`yicha–majburiyat vujudga kelgan paytda
kreditor yashagan joyda, agar kreditor yuridik shaxs bo`lsa-uning maj-
buriyat vujudga kelgan paytda joylashgan yerida bajariladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Xo`jalik shartnomasida tovarning (ishning, xizmatning) narxi
ko`rsatilgan bo`lsa, ikkinchi taraf tovarni (ishni, xizmatni)
shartnomada
ko`rsatilgan bahoda qabul qilib oladi. Shartnoma tuzilgandan keyin
baholarni shartnomada nazarda tutilgan holat va shartlardagina o`zgartirish
mumkin.
Xo`jalik
shartnomasini
bajarish
usuli-bu
unda
belgilangan
majburiyatlarni bajarish jarayonida taraflar amalga oshiradigan harakatlar
tartibidir. Umumiy qoidaga ko`ra, agar majburiyatlarni qismlarga bo`lib
bajarish nazarda tutilmagan bo`lsa, bir martada batamom bajarilishi kerak.
Shartnoma bo`yicha taraflarning o`zaro majburiyatlari bir vaqtda
bajarilishi lozim, agar shartnomada boshqa holatlar ko`rsatilgan bo`lmasa.
Shuning uchun taraflar xo`-jalik shartnomasini tuzishda vujudga keladigan
o`z maj-buriyatlarini bajarish tartibini aniq va puxta, qonun talablariga
muvofiq ravishda belgilashlari shart.
Xo`jalik shartnomasini bajarish
tartibining ikkinchi bosqichi, yani
huquqiy bosqichining mohiyati shartnoma bo`yicha bajarilgan ishni,
ko`rsatilgan xizmatni, yetkazilgan tovarni son va sifat jihatdan tekshirish,
shuningdek, bajarish faktini hujjat bilan tasdiqlashdan iborat. Shartnoma
bo`yicha bir taraf ikkinchi taraf oldida o`z majburiyatlarini moddiy
jihatdan
bajarishi,
uning
o`z
majburiyatlarini
yuridik
jihatdan
bajarganligini anglatmaydi.
Boshqacha qilib aytganda, birinchi taraf o`z
majburiyatlarini
bajarganligini
tasdiqlovchi
hujjat
bilan
rasmiylashtirgandan keyingina ikkinchi
taraf
oldidagi
ana shu
majburiyatlaridan xalos bo`ladi. Demak, shartnomadan kelib chiqadigan
majburiyatni
bajarilganligini
tasdiqlash
uni
hujjat
bilan
rasmiylashtirilishini talab qiladi.
Xo`jalik
shartnomalaridan
kelib
chiqadigan
majburiyatlarni
bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar quyi-dagilar bo`lishi mumkin: a)
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni topshirish-qabul qilib olish dalolatnomasi; b)
bank muassasasi tomonidan tasdiqlangan va tovarlar (ishlar, xizmatlar)
haqi to`langanligi haqidagi to`lov hujjati; v) transport tashkiloti tomonidan
berilgan va tovar uni oluvchi manziliga jo`natilganligi haqidagi yuk xati;
g) tovar sotuvchining omboriga topshirilgani-qabul qilib olingani haqidagi
hujjat; d) boshqa hujjatlar va guvohnomalar.
Tovarlar odatda, hisob-faktura, ro`yxat, o`rash yorliq-lari, yuk xati va
boshqa kuzatuv hujjatlari bo`yicha soniga qarab qabul qilib olinadi.
Tovarni qabul qilib oluvchi taraf yuk tashish paytida tovarni saqlash
qanday ta-minlanganligi (plomba va idishlar buzilmaganligi, marka belgisi
mavjudligi va h.k)ni tekshirib ko`radi. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni
www.ziyouz.com kutubxonasi
sifatiga qarab qabul qilish yetkazib berilgan tovar (bajarilgan ishlar yoki
ko`rsatilgan xiz-matlar)ning sifatini tasdiqlovchi hujjatlar–texnik pasport,
sertifikat, sifat haqida guvohnoma va boshqa hujjatlar bo`yicha
amalga
oshiriladi.
Tovarni soni va sifati haqidagi qabul qilish hujjati tovar yetkazib
beruvchiga nisbatan tegishli etirozlar bildirish uchun asos bo`lib xizmat
qiladi. Tovarlarni soni va sifati bo`yicha qabul qilish qoidalarini buzilishi
esa bildirilgan talabnoma va davolarni rad qilinishiga olib keladi. Xo`jalik
shartnomalari bo`yicha majburiyatlar ba-jarilganligini rasmiylashtirishning
yana bir usuli – ayni bir taraflarning bir-biriga bog`lovchi ikki yoki bir
necha majburiyatlarni bajarish shakli bo`lgan o`zaro ta-lablarni hisobga
o`tkazishdir. Bunda bir tarafning ta-lablarini qanoatlantirish boshqa
majburiyatdan kelib chiquvchi qarshi taraf talablarini bajarish yo`li bilan
amalga oshiriladi.
Quyidagi shartlarga rioya qilinganda o`zaro talablarni hisobga
o`tkazish mumkin bo`ladi: a) har ikki tarafning bir-biriga nisbatan talablari
bo`lishi; b) talablar bir-biriga o`xshash bo`lishi; v) majburiyatlarni bajarish
muddati kelgan bo`lishi lozim. Hisobga o`tkazish taraflarning kelishuviga
muvofiq bayonnoma yoki ikki taraf o`rtasida tuziladigan boshqa hujjat
yohud taraflardan birining arizasi shaklida rasmiylashtirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: