Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


-§. Shartnomaviy munosabatlarning huquqiy jihatdan



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

4-§. Shartnomaviy munosabatlarning huquqiy jihatdan 
taminlanishini tashkil etish. Xo`jalik shartnomalarini tuzish va 
bajarishni nazorat qilish
Shartnomaviy munosabatlarning huquqiy jihatdan taminlanishini 
tashkil etishda yuridik xizmatning vazifalari O`zbekiston Respublikasining 
1998 yil 29 avgustdagi “Xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining 
shartnomaviy-huquqiy 
bazasi 
to`g`risida”gi 
qonuni, 
Vazirlar 
Mahkamasining 1993 yil 2 martdagi 118-sonli qarori bilan tasdiqlangan 
“O`zbekiston Respublikasining davlat boshqaruv organlari va 
korxonalardagi yuridik xizmat to`g`risidagi Nizom” va boshqa bir qator 
qonunlar va normativ hujjatlarda belgilab qo`yilgan. 
Xo`jalik shartnomasi subyektlariga huquqiy xizmat ko`rsatish 
ularning yuridik xizmatlari yoki shu maqsadda shartnoma asosida jalb 
etilgan advokatlar tomonidan amalga oshiriladi. 
Xo`jalik yurituvchi subyektlarning yuridik xizmati: 
-
xo`jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o`zgartirish va bekor 
qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi; 
www.ziyouz.com kutubxonasi


-
xo`jalik shartnomalari bajarilishi ustidan o`zaro tekshiruvlar 
o`tkazilishini nazorat qiladi; 
-
xo`jalik yurituvchi subyekt rahbariga imzolash uchun taqdim 
etilayotgan xo`jalik shartnomalari loyihalarining va ular bilan bog`liq 
huquqiy tusdagi boshqa hujjatlarning qonun hujjatlari talablariga 
muvofiqligini tekshiradi;
-
tayyorlangan xo`jalik shartnomasi va u bilan bog`liq huquqiy 
tusdagi boshqa hujjat loyihasi qonun hujjatlari talablariga mos emasligi 
aniqlangan taqdirda, o`z etirozini asoslagan holda uni qo`shimcha ravishda 
ishlab chiqish uchun qaytaradi; 
-
shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish yuzasidan 
takliflar ishlab chiqishda bevosita ishtirok etadi.

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin