O`zbekiston Respublikasi JKning 188-moddasi 1-qismiga ko`ra,
nazorat qilinmaydigan ancha miqdorda foyda (daromad) olish maqsadida
belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tishdan bo`yin tovlab, savdo yoki
vositachilik faoliyati bilan shug`ullanish, shunday harakatlar uchun
mamuriy jazo qo`llanilganidan keyin sodir etilgan bo`lsa, uch yilgacha
muayyan huquqdan mahrum qilib, eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik
baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha ahloq tuzatish ishlari
bilan jazolanadi.
Savdo yoki vositachilik faoliyati bilan qonunga xilof ravishda
ro`yxatdan o`tishning belgilangan tartibini buzgan holda shug`ullanish,
xavfli residivist tomonidan, ko`p miqdorda yoki bir guruh shaxslar
tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo`lsa aybdor JK 188-
moddasi 2-qismi bilan javobgar qilinadi. Unga ko`ra shaxs uch yilgacha
muayyan huqukdan mahrum qilinib, eng kam oylik ish haqining bir yuz
ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha
qamoq bilan jazolanadi.
Mazkur moddaning 3-qismida juda ko`p miqdorda yoki uyushgan
guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko`zlab sodir etilgan savdo yoki
vositachilik faoliyati bilan shug`ullanganlik uchun javobgarlik nazarda
tutilgan. Bunday jinoyat uchun aybdor uch yilgacha muddatga muayyan
huquqdan mahrum qilinib, eng kam oylik ish haqining uch yuz
baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Shaxs savdo yoki vositachilik faoliyati bilan qonunga xilof ravishda
shug`ullana turib, xaridorlar yoki buyurtmachilarni aldasa, uning
qilmishlari O`zbekiston Respublikasi JK 187, 188-moddalari bo`yicha
jinoyatlar jami tariqasida javobgar qilinadi.
Dostları ilə paylaş: