Xo`jalik shartnomasi bo`yicha o`ziga talabnoma bildirilgan xo`jalik
yurituvchi subyekt talabnomani olgan kundan boshlab bir oy muddat
ichida unga javob qaytarishi shart.
Talabnomaga javob xo`jalik yurituvchi subyekt rahbari yoki
rahbarning o`rinbosari tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.
Talabnomaga javob buyurtma yoki qimmatli xat tarzida, telegraf,
teletayp orqali, shuningdek talabnoma jo`natilganligini qayd etadigan,
qabul qilib oluvchini ogohlantiradigan boshqa vositalardan foydalanilgan
holda jo`natiladi yoki tilxat olib topshiriladi.
Talabnoma to`liq yoki qisman tan olingan taqdirda, xo`jalik
yurituvchi subyekt arz qiluvchiga o`zi tan olgan summani ixtiyoriy
ravishda o`tkazadi.
Agar talabnomani tan olish to`g`risidagi javobda tan olingan summa
o`tkazilishi haqida malumot bo`lmasa, talabnoma bildirilgan taraf javob
olganidan so`ng yigirma kun muddat o`tgach, bank muassasiga qarzdor tan
olgan summani so`zsiz tartibda o`tkazish to`g`risidagi farmoyishni taqdim
etishga haqli. Farmoyishga qarzdorning javobi ilova qilinadi.
Dostları ilə paylaş: