Nazorat savollari:
1.
Xo`jalik nizolarining kelib chiqish sabablari qanday?
2.
Xo`jalik nizolarining qanday turlarini bilasiz?
3.
Xo`jalik nizolarini sudlarda ko`rish tartibini tushuntirib bering.
4.
Xo`jalik nizolarini hakamlik sudlarida ko`rpib chiqish tartibini
tushuntiring.
5.
Xo`jalik sudi qarorlarini qaytadan ko`rish tartibini tushuntiring.
www.ziyouz.com kutubxonasi
6.
Xo`jalik sudlari hujjatlarining ijrosini amalga oshirish tartibi
qanday?
www.ziyouz.com kutubxonasi
18-BOB. XO`JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING
HUQUQIY HIMOYA TIZIMI
1-§. Xo`jalik yurituvchi subyektlarning huquqiy himoya
tizimining mohiyati, shakllari va tashkiliy mexanizmi
Tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiyotini harakatga keltiruvchi, uni
rivojlantiruvchi asosiy kuch hisoblanadi. Shu sababli tadbirkorlikni
qo`llab-quvvatlash davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan masalalardan
biridir. Ushbu siyosatning mohiyati, uni amalga oshirishning shakl va
vositalari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Kari-mov tomonidan
har tomonlama asoslab berilgan, jumladan Vazirlar Mahkamasining 2002
yil 18 iyulda bo`lgan maj-lisida Prezidentimiz maruzasida ham bu
masalaga asosiy etibor qaratildi. «Tadbirkorlarning faoliyatini rag`-
batlantirish, qo`llab-quvvatlash,–deb takidladi yurt-boshimiz,–ular uchun
qulay huquqiy va iqtisodiy shart-sharoit yaratib berish masalalari barcha
darajadagi rah-barlarning, birinchi galda hududiy hokimlik va boshqaruv
idoralarining doimiy diqqat markazida turishi kerak»
1
. Ushbu maruzada
yurtboshimiz tomonidan tadbirkorlar faoliyatini huquqiy himoya qilish
tizimini yaratish va uni mustahkamlash vazifasi qo`yildi va uni amalga
oshirish yo`llari ko`rsatib berildi.
Tadbirkorlik
faoliyati
huquqiy
asoslarini
mustahkamlashda
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan chiqarilgan “Bozor
islohatlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish
sohasidagi ustuvor yo`nalishlar amalga oshirishni jadallashtirish chora-
tadbirlari to`g`risida” gi ( 2005yil 14 iyun), “Tadbirkorlik subyektlarini
huquqiy ximoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to`g`risida”gi (2005 yil 14 iyun), “Mikrofirmalar va kichik korxonolarni
rivojlantirishni rag`batlantirish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar
to`g`risida”gi (2005 yil 20 iyun), “Tadbirkorlik subyektlarining xo`jalik
sohasidagi
huquqbuzarliklari
uchun
moliyaviy
javobgarligini
erkinlashtirish to`g`risida”gi (2005yil 24 iyun), “Tadbirkorlik subyektlarini
tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-
tadbirlari to`g`risida”gi farmonlari (2005yil 5 oktabr) va “Tadbirkorlik
subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish
va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish
to`g`risida”gi qarori (2005yil 15 iyun) muhim ahamiyatga ega bo`ladi.
1
Хaлқ сўзи, 2002 йил, 19 июл
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ushbu normativ hujjatlarda nazarda tutilgan g`oyalar amaldagi qonunlarda
o`z ifodasini topdi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik
palatasi tomonidan 2006 yil 29 iyunda qabul qilingan va Senat tomonidan
2006 yil 26 avgustda maqullangan “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy
himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy
javobgarligi
erkinlashtirilganligi
munosabati
bilan
O`zbekiston
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar
kiritish to`g`risida”gi qonun buning yaqqol dalilidir.
Shuni ishonch bilan takidlash mumkinki, bugungi kunda
mamlakatimizda tadbirkorlarni huquqiy himoya qilish tizimi shakllantirildi
va uning tashkiliy mexanizmi yaratildi.
Bu tizimda tadbirkorning shaxsi ham muhim o`rin tutadi. Birinchi
galda tadbirkor o`z huquqlarini, qonuniy manfaatlarini anglab yetgan
bo`lishi va huquqiy savodxon bo`lishi lozim. Aks holda uning haq-
huquqlari himoya qilinishi uchun qanday tizim yaratilmasin, u samarali
faoliyat ko`rsata olmaydi. Aslini olganda, tadbirkor o`z huquq va
burchlarini bilmasa undan qanday foydalanishni ham, uni qanday himoya
qilishni ham va hatto huquqi buzilgan hollarda o`z huquqlari buzilganligini
ham anglab yetmaydi. So`nggi yillarda tadbirkorlarning huquqiy sa-
vodxonligini oshirish uchun bir qator ishlar amalga oshi-rildi: matbuotda
maqolalar chop etilmoqda, broshuralar, darsliklar, o`quv qo`llanmalari,
ko`rgazmali tashviqot vo-sitalari tayyorlandi va aholi o`rtasida tarqatildi.
Ulardan tadbirkorlar o`zlari uchun zarur barcha foydali malu-motlarni
olishlari mumkin.
Tadbirkorlarning huquqiy himoya tizimi keng qam-rovlik asosida
amalga oshiriladi. Ushbu tizim tadbirkorlik qo`llaniladigan barcha
sohalarda beistisno tarzda amalda bo`ladi. Boshqacha aytganda, huquqiy
himoya tizimi nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan yoki
sud orqali himoyalanish huquqi orqali, balki davlat va nodavlat, sud va
nosud tuzilmalar orqali ham amalga oshi-riladi.
Huquqiy himoya yuksak darajada yuridik taminlangan. Boshqacha
aytganda, huquqiy himoyaning usullari, vositalari, shakllari, uni amalga
oshirish jarayoni qonun normalarida batafsil tartibga solingan. Bu esa
huquqiy himoyaning qonuniyligini taminlaydi.
Yuqorida takidlab o`tilganidek, tadbirkorlarning huquqiy himoya
tizimi eng avvalo tadbirkorlarni faolligiga tayanadi. Har bir tadbirkorlik
subyekti o`z huquq va manfaatlarini har qanday buzilishlardan eng avvalo
o`zlari faol himoya qiladilar va qonunda yo`l qo`yilgan barcha
vositalardan (o`zini–o`zi himoya, sud orqali himoyalanish, operativ tasir
www.ziyouz.com kutubxonasi
usullarini qo`llash va sh.k.) foydalanishga haqli. Agar tadbirkor o`z
buzilgan huquqlarini himoya qilishni o`zi xoxlamasa (agar bunda uchinchi
shaxslar yoki davlat manfatlariga putur yetkazilgan yoki tadbirkor
himoyalanishi layoqatiga ega bo`lmagan hollar mustasno) hech kim uning
huquqlarini himoya qilish to`g`risida talab qo`ya olmaydi. Qonunlarda
tadbirkorlarni o`z huquqlarini himoya qilishning yuridik imkoniyatlari
belgilab qo`yiladi, bu imkoniyatdan foydalanish, ularni amalga oshirish
tadbirkorning o`ziga bog`liq.
Tadbirkorlarning huquqiy himoya tizimi doimiylik va uzluksizlik
belgisiga ham ega. Buning manosi shundaki, tadbirkorlik subyektlarini
vujudga
kelish,
faoliyatini
amalga
oshirish
va
bekor
bo`lish
jarayonlarining hamma bosqichida huquqiy himoya mavjud bo`ladi,
masalan, tad-birkorlik subyektini ro`yxatga olishni rad etganlik uchun
sudga shikoyat qilish huquqi, tadbirkorlar faoliyatiga o`zboshimchalik
bilan aralashuvlardan himoya qilish tartibi va nihoyat, tadbirkorlik
subyeklarini bankrot deb topish asoslari va tartibi (aslini olganda
bankrotlik ham himoya tizimiga kiradi, yani yakka tadbirkorni muayyan
asoslarga ko`ra kreditorlar oldida javobgarlikni bekor bo`lishiga olib
keladi va h.k.).
Huquqiy himoyaning doimiyligi va uzluksizligi tadbirkorlarni
huquqiy himoya qilishi tizimining barqarorligini taminlaydi, unga yaxlitlik
va qatiylik ba-g`ishlaydi. Ushbu holatlar huquqiy himoya tizimining ta-
sirchanligini va samarasini yuqori ko`tarishga xizmat qi-ladi.
Tadbirkorlarning huquqiy himoya tizimining yana bir belgisi bo`lib
tezkorlik hisoblanadi. Bu shunda yaqqol ko`rinadiki, birinchidan
tadbirkorlarning buzilgan huquq-lari tezlik bilan, operativ ravishda
muhofaza qilish choralari qo`llaniladi (masalan, talablarni akseptsiz
qanoatlantirish, sud buyrug`i tartibida talabni qondirish, talabnoma asosida
talabni qondirish va h.k.), ikkinchidan, tadbirkor huquqi buzilgan davr
uchun imkon boricha boy berilgan foyda undirib beriladi.
Tadbirkorlarni huquqiy himoya qilish tizimi o`zining yaqqol
ifodalangan tashkiliy – huquqiy tuzilmalariga ega. Bu tuzilmalar ichida
adliya idoralari o`ziga xos o`rin egallaydi. Bu holat faqat mamlakatimiz
huquq tizimi uchungina xos holatdir. Xorijiy mamlakatlarda ham
tadbirkorlarning huquqiy himoya mexanizmi yaratilgan, biroq alohida,
maxsus vakolatli tashkiliy tuzilmalar mavjud emas.
Tadbirkorlarni huquqiy himoya qilishda davlat idoralari (sud,
prokuratura, adliya, tumanlar, viloyatlar hokimliklari) va nodavlat tizimlari
www.ziyouz.com kutubxonasi
( tovar ishlab chiqa-ruvchilar va tadbirkorlar palatalari, fermer va dehqon
xo`jaliklari assosiasiyalari) bab-baravar faoliyat ko`r-satadilar.
Adliya
organlarining
bu
boradagi
vakolatlari
O`zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17 fevral 2000 yildagi qarori bilan
belgilab qo`yilgan. Adliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari
tarkibida tad-birkorlarni himoya qilish bo`yicha maxsus tuzilmalar mav-
jud. Adliya Vazirligi va joylardagi uning idoralari tomonidan tadbirkorlar
uchun ishonch telefonlari tashkil etilgan. Adliya Vazirligi tadbirkorlik
huquqlariga rioya qilish bo`yicha qonunchilikka rioya qilish ustidan barcha
mintaqalarda davriy kompleks tekshiruvlarni amalga oshiradi. Ushbu
tekshiruvlar viloyatlar va tumanliklar hokimliklar, soliq, bojxona, banklar,
tayyorlov va taminot korxonalari faoliyatini qamrab oladi.
Adliya organlari tekshirishlar davomida tadbir-korlarni qonuniy
huquq va manfaatlari buzilgan faktlari aniqlangan hollarda sudlarga va
xo`jalik sudlariga tegishli davo arizalari bilan chiqadilar va ayblardan
yetkazilgan moddiy va manaviy zararni undirish talabini qo`yadilar.
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda subyektlarning o`zaro
raqobatini, sog`lom musobaqasini taminlash muhim ahamiyatga ega. Agar
biror subyekt bozorda yakka-hokimlikka intilsa, u holda raqobat muhitiga
putur yetadi. Shu sababli ham iqtisodiyotda antimonopol qonunchilik amal
qiladi va barcha xo`jalik yurituvchi subyektlar unga rioya qilishlari shart.
O`z mohiyatiga ko`ra bozorlarda yakkahokimlikka yo`l qo`ymaslik
choralari tadbirkorlikni huquqiy himoya qilish tizimining tarkibiy qismi
bo`lib hisoblanadi. Bunday choralar jumlasiga bozorda ustun mavqega ega
bo`lgan subyektni o`z tovarlari, xizmatlariga o`z xohishiga ko`ra narx
belgilay olmasligi, yakkahokim sub-yektni majburiy tartibda bo`lib
yuborish, insofsiz raqobat, yani g`irrom raqobatni (boshqa raqiblarni
obro`siz-lantirish, ularning nomlari va tovar belgilaridan foy-dalanib,
sifatsiz tovarlarni muomalaga kiritish, tovar bozorlarini taqsimlab olish
niyatida til biriktirish va sh.k.) g`ayri qonuniy deb topilishi va unga qarshi
belgi-langan sanksiyalar kiradi. Antimonopol qonunchilik bo-zorda
sog`lom raqobat muhitini vujudga keltiradi va muayyan muvozanatni
saqlab turadi. Bu esa barcha tad-birkorlik subyektlari manfaatlariga
muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: |