Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


Davlat tasarrufidan chiqarish



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

Davlat tasarrufidan chiqarish
– bu davlat korxona-larini va 
tashkilotlarini jamoa, ijara korxonalariga, xo`jalik jamiyatlari va 
shirkatlariga, davlatga qarashli mulk bo`lmaydigan boshqa korxonalar va 
tashkilotlarga aylantirishdir. 
Xususiylashtirish
esa jismoniy shaxslarning va dav-latga taalluqli 
bo`lmagan yuridik shaxslarning davlat mulki obyektlarini yoki davlat 
aksiyali jamiyatlarining ak-siyalarini davlatdan sotib olishidir. 
Turli mulk shakllari hamda turli tashkiliy-huquqiy shakldagi xo`jalik 
yurituvchi subyektlarning mavjud bo`lishi esa aralash iqtisodiyotning 
asosiy belgisi bo`lib hisoblanadi. Ular sosialistik tuzumdagidek bir-birini 
inkor etishmaydi, aksincha bir-birini to`ldirib borishadi. Korxonalarni 
xususiylashtirish orqaligina iqtiso-diyotda raqobat muhitini shakllantirish 
va shu orqali xo`jalik yuritish sohasida davlat monopoliyasini bartaraf 
etish mumkin. «Tahlillar shuni ko`rsatmoqdaki, bugungi kunda davlat 
korxonalari nodavlat korxonalari bilan raqobatga dosh bera olmayapti. 
Zarar ko`rib ishlayotgan va samaradorligi past korxonalarning aksariyati 
aynan davlat korxonalari yoki davlat ulushi yuqori bo`lgan aksiyadorlik 
jamiyatlari ekani buni amalda tasdiqlab turibdi. Bunday holatning bosh 
sababi-bu korxonalarda haqiqiy xo`ja-yinning yo`qligi, real iqtisodiy omil 
va usullarning ishga solinmaganligidir»
1
.
 
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirishning huquqiy asoslari 
Iqtisodiy 
islohotlarni 
kafolatli 
amalga 
oshirishning 
asosiy 
shartlaridan biri ularning huquqiy negizini yaratishdir. Iqtisodiy islohotlar 
qonun hujjatlari asosida amalga oshirilgandagina ular muayyan natija 
beradi va orqaga chekinish ham yuz bermaydi. Shuning uchun ham 
islohotlarning huquqiy negizini yaratish bir qancha muhim yo`nalishlar 
bo`yicha amalga oshirildi. Mazkur yo`nalishlardan biri mulkchilik 
munosabatlariga asos soladigan qonunlar majmuini yaratishgga qaratilgan 
edi. Mazkur qonunlarni qabul qilmasdan turib odamlarni mulkka bo`lgan 
munosabatlarini o`zgartirib bo`lmas edi. Shuning uchun ham O`zbekiston 
Respublikasining 1992 yil 8 dekabrdagi Konstitusiyasida xususiy 
1
Ислoм Кaримoв «Oдaмлaрнинг тaшвиш вa oрзу-интилишлaри билaн яшaш фaoлиятимиз мeзoнигa aйлaнсин», 
Сoлиқ вa бoжxoнa xaбaрлaри, 2002 йил, 23 июл, 29-сoн
www.ziyouz.com kutubxonasi


mulkning daxlsizligi belgilab qo`yildi. Biroq Konstitusiya qabul 
qilinguniga qadar mulkchilik munosabatlariga doir boshqa qonunlar qabul 
qilingan edi. Ushbu qonunlarning dastlabkisi 1990 yil 31 oktabrda qabul 
qilingan O`zbekiston Respublikasining «Mulkchilik to`g`-risida»gi qonuni 
bo`ldi. Ushbu qonunga muvofiq quyidagi mulk shakllarining amalda 
bo`lishi etirof etildi: 
-xususiy mulk; 
-shirkat(jamoa) mulki; 
-davlat mulki; 
-aralash mulk; 
-boshqa davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar yuridik va jismoniy 
shaxslarining mulki. 
Qonun shuningdek barcha mulk shakllarining tengligini va ularni 
huquqiy jihatdan muhofaza etilishini kafolatlab qo`ydi. Eng muhimi 
mazkur qonun mulkdorning mulkiy huquqlari doirasini belgilab berdi. 
1991 yil 19 noyabrda esa O`zbekiston Respublikasining «Davlat 
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to`g`-risida»gi qonuni qabul 
qilindi. Mazkur qonunlarni birin-ketin qabul qilishdagi mantiqiy bog`liqlik 
shundan iborat ediki, mulkdorning mulkiy xuquqlarini kafolatlamay, 
xususiylashtirishni amalga oshirish jarayoni qiyin kechardi. Chunki 
yuridik va jismoniy shaxslarni xususiylashtirish jarayonida faol ishtirokini 
taminlashning yagona yo`li, ularning mulkiy huquqlarini kafolatlashdan 
iborat edi. Aynan 1991 yil 19 noyabrdagi qonun davlat tasarrufidan 
chiqarish va xususiylashtirishning shakllarini, shartlarini hamda amalga 
oshirish tartibini belgilab berdi. Mazkur qonunga muvofiq, davlat mulki 
obyektlari Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ qarori bilan 
davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan bo`ldi.
Munisipal mulk obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish to`g`risidagi qaror qabul qilish huhuhi mahalliy 
hokimiyat 
va 
boshqaruv 
idoralariga 
beriladi. 
O`zbekiston 
Respublikasining ommaviy mulkini respublika mulkiga va mamuriy-
hududiy tuzilmalar mulkiga (munisipal mulkka) ajratishni O`zbekiston 
Respublikasi 
Oliy 
Majlisi 
O`zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining taklifiga binoan amalga oshiradi 
Davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi mumkin 
bo`lmagan hamda Prezidentining qaroriga bilan davlat tasarrufidan chiqa-
riladigan va xususiylashtiriladigan obyektlar hamda kor-xonalarning 
ro`yxati O`zbekiston Respublikasining "Davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish to`g`risida"gi o`zbekiston Respublikasi Єonunining 4-
www.ziyouz.com kutubxonasi


moddasiga 
o`zgartishlar 
kiritish, 
shuningdek, 
O`zbekiston 
Respublikasining davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 
masalalariga oid ayrim qonun hujjatlarini o`z kuchini yo`qotgan deb topish 
haqida”gi qonunida belgilab qo`yildi. 
Quyidagi davlat mulki obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan 
amalga oshiriladi: 
1) asosiy fondlarining balans qiymati (2005 yil 1 yanvar holatiga 
ko`ra) bir milliard so`mdan ortiq bo`lgan korxonalar; 
2) qimmatbaho, nodir metallar, qimmatbaho toshlarni kavlab olish 
hamda qayta ishlash korxonalari; 
3) sanoatning tayanch tarmoqlari: yoqilg`i-energetika, konchilik, 
mashinasozlik va paxtani qayta ishlash majmualarining korxonalari va 
tashkilotlari. Neft, gaz va ko`mir qazib chiqarish, quduqlar burg`ulash 
korxonalari va tashkilotlari. Magistral neft quvurlari va gaz quvurlari, neft 
mahsulotlarini oqizma holda yetkazib beradigan quvurlar, elektr va issiqlik 
hosil qiluvchi stansiyalar va hududiy qozonxonalar, tizim hosil etadigan 
elektr tarmoqlari. Avtomobillarga yonilg`i quyish va gaz to`ldirish 
stansiyalari; 
4) kimyo korxonalari (gerbisidlar, mineral o`g`itlar, sintetik tolalar, 
qishloq xo`jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda ishlatiladigan zaharli 
kimyoviy dorilar va shu kabilarni ishlab chiqarish); 
5) farmasevtika sanoati hamda tibbiy-biologik dori-darmonlar sanoati 
korxonalari; 
6) elektr aloqasi korxonalari, televizion, radio qabul qilish va radio 
uzatish markazlari hamda ularning muhandislik inshootlari; 
7) raketa-kosmik majmualari, aloqa tizimlari va ularni boshqarish 
vositalarini ishlab chiqish, tayyorlash, tamirlash va realizasiya qilishni 
amalga oshiruvchi korxonalar va obyektlar; 
8) matbaa korxonalari va nashriyotlar; 
9) axborot va telegraf agentliklari; 
10) shifrlashda ishlatiladigan texnikani ishlab chiqarish, tamirlash, 
realizasiya qilish va undan foydalanishni amalga oshiruvchi korxonalar va 
tashkilotlar; 
11) standartlashtirish va metrologiya korxonalari hamda tashkilotlari; 
12) tavakkalchilik xavfi yuqori bo`lgan obyektlar hamda ichki va 
tashqi xavf-xatari bor ishlab chiqarish obyektlari (ushbu moddaning 2-
bandi 12-kichik bandida ko`rsatib o`tilgan obyektlar bundan mustasno) 
qurish hamda ulardan foydalanishni, ular uchun uskunalar, nazorat qilish 
www.ziyouz.com kutubxonasi


va falokatlarning oldini olish tizimlarini tayyorlashni amalga oshiruvchi 
korxonalar va tashkilotlar; 
13) yong`inga qarshi avtomatika vositalarini, qo`riqlovchi, 
yong`indan ogohlantiruvchi va qo`riqlash-yong`indan ogohlantirishga 
mo`ljallangan signal berish vositalarini loyihalash, tamirlash, montaj 
qilish, sozlashni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar; 
14) suv xo`jaligi hamda meliorasiya tizimlarini loyihalash, qurish, 
tamirlash hamda ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi korxonalar va 
tashkilotlar, avariya-qutqaruv kemalari, gidrotexnika inshootlarini texnik 
nazorat qilish kemalari
15) muhandislik infratuzilmasi obyektlari: tuman markazlari va 
shaharlarning elektr, issiqlik va gaz taminoti, vodoprovod-kanalizasiya 
xo`jaligi, tashqi yoritish, tashqi obodonlashtirish obyektlari, shuningdek 
bunday obyektlarni loyihalash, qurish, ulardan foydalanish va ularga 
xizmat ko`rsatishni amalga oshiruvchi korxonalar; 
16) temir yo`l, havo va daryo transportida yo`lovchilar hamda yuklar 
tashishni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar; 
17) shaharda yo`lovchilar tashishni amalga oshiruvchi korxonalar va 
tashkilotlar; 
18) vazirliklar, davlat qo`mitalari, idoralarning oliy, o`rta maxsus va 
kasb-hunar o`quv yurtlari, shuningdek umumtalim muassasalari; 
19) O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining, O`zbekiston 
qishloq xo`jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining tashkilotlari. Davlat 
ilmiy markazlari; 
20) davlat naslchilik xo`jaliklari va fermalari, ot zavodlari, elita-
urug`chilik xo`jaliklari, urug`chilik va seleksiya stansiyalari, davlat 
urug`chilik inspeksiyalari va qishloq xo`jalik ekinlarining texnologik 
sifatini baholash laboratoriyalari, nav sinov stansiyalari va uchastkalari; 
21) pochta aloqasi korxonalari; 
22) o`rmon xo`jaligining, geologiya, kartografiya-geodeziya, 
gidrometeorologiya xizmati korxonalari va tashkilotlari hamda ularning 
axborot markazlari; 
23) sanoatning qattiq chiqindilari va ro`zg`or chiqindilari 
ko`miladigan maydonlar, binolar, inshootlar va ko`mish uchun kerakli 
uskunalar, chorva mollar ko`miladigan joylar; 
24) mashina sinash stansiyalari, elevatorlar, muzlatkichxonalar, 
ombor xo`jaligi obyektlari; 
25) O`zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan 
davlat sanatoriy-kurort xo`jaliklari; 
www.ziyouz.com kutubxonasi


26) konsert-tomosha ko`rsatish muassasalarining korxonalari va 
obyektlari, kinolashtirish obyektlari, shuningdek kutubxonalar va o`quv 
zallari; 
27) sog`liqni saqlash muassasalari; 
28) veterinariya xizmati, o`simliklarni himoya qilish xizmati 
korxonalari va muassasalari; 
29) nogironlar, qariyalar va fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoya 
etilmagan boshqa toifalari qarovda bo`ladigan uylar va internatlar; 
30) bolalar, o`smirlar va yoshlarning sog`lomlashtirish muassasalari; 
31) marosimlar o`tkazish bo`yicha xizmatlar ko`rsatadigan 
korxonalar va tashkilotlar. 
Davlat tasarrufidan chiqarish va xu-susiylashtirish dasturlar asosida 
bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Xususiylashtirishning birinchi 
bosqichi Va-zirlar Mahkamasining 1992 yil 23 sentabrdagi qarori bilan 
boshlab berildi
1
hamda 1994 yilning o`rtalarigacha davom etdi. Mazkur 
bosqichda umumiy uy-joy fondi, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko`rsatish 
korxonalari va qish-loq xo`jaligi mahsulotlarini tayyorlash tizimlari xusu-
siylashtirildi. 
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 21 yanvardagi 
«Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini 
himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 
hamda 1994 yil 15 martdagi «O`zbekiston Respublikasida mulkni davlat 
tasarrufidan 
chiqarish 
va 
xususiylashtirish 
jarayonini 
yanada 
rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari to`g`risida»gi Farmonlari 
xususiylashtirishning navbatdagi bosqichiga o`tish uchun turtki bo`ldi. 
1994 yil 21 yanvardagi Farmon bilan Vazirlar Mahkamasiga 
xususiylashtirish bo`yicha davlat dasturini ishlab chiqish vazifasi 
yuklatildi. 
Mazkur 
dasturda 
sanoat 
va 
qurilish 
tarmoqlarida 
xususiylashtirishni 
amalga 
oshirilishiga, 
shuningdek 
fuqa-rolarni 
xusuiylashtirish jarayonida faol ishtirokini taminlash maqsadida yopiq 
aksiyadorlik jamiyatlarini ochiq aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish 
masalalariga ko`proq etibor qaratilishi lozimligi takidlandi. 
1994 yil 15 martdagi Farmonda qimmatbaho qog`ozlar bozorini 
rivojlantirish, aksiyadorlik jamiyatlarida dav-latga tegishli aksiyalar 
ulushini qisqartirish hamda xusu-siylashtirish cheklab qo`yilgan 
korxonalar sonini kamaytirish masalalari o`z aksini topgan. 
1
«Основи приватиции», –Т.: ИПК ШАРК, том 1,1996, C.7. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga talluqli bo`lgan 
qonun hujjatlarini ularning maqsad-laridan kelib chiqqan holda ikki 
guruhga 
ajratish 
mumkin. 
Birinchisi, 
bevosita 
davlat 
mulkini 
xususiylashtirishga oid qonun hujjatlari bo`lsa, ikkinchisi ana shu qonun 
hujjatlarini samarali ijrosini taminlashga qaratilgan normativ hujjatlar. 
Misol uchun, 1995 yil 12 iyunda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 
«Davlat mulki bo`lgan korxonalarni aksiyalashtirishni jadallashtirish va 
qimmatli 
qog`ozlar 
bozorini 
takomillashtirish 
chora-tadbirlari 
to`g`risida»gi Farmoni
1
qabul qilindi. Mazkur Farmonda davlat boshqaruvi 
organlarining mansabdor shaxslari hamda korxona va tashkilotlarning 
rahbarlari orasida xanuzgacha saqlanib qolgan boshqaruvning mamuriy 
buyruqbozlik tizimi paydo qilgan boqimandalik kayfiyati davlat 
korxonalarini aksiyalashtirish muddatlarini cho`zib yuborishayotgani 
tanqid ostiga olingan. 
Xususiylashtirishning ikkinchi bosqichi (1995-1996 yillar) ochiq 
turdagi aksiyadorlik jamiyatlarini yaratish, korxonalarning aksiyalarini 
muomalaga chiqarish, ko`chmas mulk hamda qimmatli qog`ozlar bozorini 
shakllantirish, sanoat, qurilish va transport sohasidagi hamda agrosanoat 
kompleksining go`sht-sut, oziq-ovqat va paxta tozalash tarmoqlaridagi 
o`rta va yirik korxonalarni, shuningdek sayyohlik komplekslarini davlat 
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bilan xarakterlanadi
2
.
1998 yildan boshlab respublika iqtisodiyotida yirik industriya 
gigantlarini, yani yoqilg`i-energetika kompleksi, kimyo, metallurgiya va 
mashinasozlikning ayrim yor-damchi korxonalarini xususiylashtirish 
hamda mazkur ja-rayonga xorij investisiyasini keng jalb qilishning yo`-
nalishlari belgilab berildi. 1998 yil xususiylashtirishdan tushgan mablag` 8 
milliard 800 million so`mni tashkil etgan bo`lsa, 1999 yili 9 milliard 100 
million so`mni tashkil etdi. 1999 yil sotib olingan korxona va aksiyalar 
uchun xorijiy investorlar tomonidan to`langan mablag` 16 mil-lion AqSh 
dollarini tashkil etdi
3

Korxonalarni 
xususiylashtirish 
va 
aksiyalashtirishni 
yanada 
chuqurlashtiri hamda ushbu jarayonlarga xorijiy investorlarni yanada keng 
jalb etish maqsadida 1999 yil 26 noyabrda Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
«2000-2001 yillarda xorijiy investorlarni jalb qilgan holda korxonalarni 
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chora-tadbirlari 
1
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Прeзидeнтининг Фaрмoнлaри 1995-1999, 4-тoм, –Т.: Aдoлaт, 2000. 23-б. 
2
Ислoм Кaримoв. Ўзбeкистoн буюк кeлaжaк сaри. –Т.: Ўзбeкистoн, 1998 йил, 221-б. 
3
Ислoм Кaримoв. Иқтисoдиѐтни eркинлaштириш вa ислoҳoтлaрни чуқурлaштириш- eнг муҳим вaзифaмиз, 
Хaлқ сўзи, 2000 йил, 15 фeврaл, 32-сoн 
www.ziyouz.com kutubxonasi


to`g`risida» qaror
1
qabul qilindi. Mazkur qaror bilan 2000-2001 yillarda 
xorijiy investorlarga turli shakllarda sotiladigan korxonalar ro`yxati tas-
diqlandi. 
2003 yildan boshlab xususiylashtirish jarayonida sifat jihatidan tub 
o`zgarish ro`y berdi. Shu vaqtgacha amalga oshirilgan iqtisodiy 
islohotlarning 
tahlili 
shuni 
ko`rsatdiki, 
korxonalarning 
nizom 
jamg`armasida davlat ulushining yuqori bo`lishi, ularning iqtisodiy va 
xo`jalik faoliyatiga davlatning bevosita aralashuviga olib kelayotgan edi. 
Mazkur salbiy omillarni bartaraf etish mqsadida 2003 yil 24 yanvarda 
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «O`zbekiston iqtisodiyotida 
xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari 
to`g`risida»gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmon ustav fondida 
davlatning ulushi 25% va undan kam miqdorni tashkil etgan aksiyadorlik 
jamiyatlarida davlat ulushini saqlab qolish maqsadga muvofiq emasligi va 
mazkur ulush fond bozorida xususiy sektorga sotib yuborilish kerakligi 
belgilab qo`yildi. Avvallari korxonalarning davlatga tegishli aksiya 
paketlari shu korxona uyushmasining ishonchli boshqaruviga topshirilar 
edi. Biroq mazkur holat uyush-malarni o`z vazifalarini bajarishlari o`rniga, 
korxonalarning moliyaviy va xo`jalik faoliyatiga asossiz ravishda 
aralashuviga sababchi bo`ldi. Mazkur holatni bartaraf etish maqsadida, 
yuqoridagi farmon davlatga tegishli aksiyalar paketini 2003-2004 yillarda 
tanlov asosida professional boshqaruvchi kompaniyalarning ishonchli 
boshqaruviga beri-lishi lozimligi ko`rsatib qo`yildi. Bundan tashqari fuqa-
rolarni xususiylashtirish jarayonida faol ishtirok etishlarini taminlash 
maqsadida, xususiylashtirilgan korxonalar negizida tashkil etilgan xo`jalik 
jamiyatlari va shirkatlari aksiyadorlarining dividenddan oladigan 
daromadlari besh yil muddatgacha soliqqa tortishdan ozod etildi. 
Yuqoridagi 
farmonning 
ijrosini 
taminlash, 
xususiylashtirish 
jarayonini yanada chuqurlashtirish, unga xorijiy investorlarni keng jalb 
etish hamda korxonalarning ustav jamg`armalarida davlatning ulushini 
mumkin qadar kamaytirish maqsadida 2003-yil 17-aprelda Vazirlar 
Maxkamasining «2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan 
chiqarish va xususiylashtirish dasturi to`g`risida»gi qarori qabul qilindi. 
Mazkur 
qaror 
bilan 
davlat 
tasarrufidan 
chiqariladigan 
va 
xususiylashtiriladigan korxonalar ulardagi davlat ulushining miqdoriga 
qarab quyidagi to`rt guruhga ajratildi: birinchi guruhga, ustav fondida 
davlat ulushi 25% va undan kamni tashkil etadigan korxonalar kiritildi. 
1
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Ҳукуматининг қaрoрлaри Тўплaми, 11-сoн,1999 йил, 69-мoддa 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Mazkur korxonalardagi davlat ulushi 2003-2004 yillar davomida birja va 
birjadan tashqari bozorda realizasiya qilinishi lozim; ikkinchi guruhga, 
hozirgi paytgacha davlat mulkida bo`lgan korxonalar kiritildi. Ular ham 
fond bozorida xususiy mulk sifatida butunlay sotib yuborilishi lozim; 
uchinchi guruhga, ustav fondida davlat ulushi 25%dan 51%gacha bo`lgan 
korxonalar kiritildi. Ushbu korxonalar 2003 yil davomida xususiylashtirib 
bo`linishi lozim. Investorlarda qiziqish uyg`otmagan yoki kelajakda 
iqtisodiy ahvoli yaxshilanib ketishi mumkin bo`lmagan korxonalar esa 
tugatilishi lozim; to`rtinchi guruhga, ustav fondida davlat ulushi 51% va 
undan ortiqni tashkil etgan korxonalar kiritilgan. Ular strategik ahamiyatga 
ega bo`lganliklari uchun ularda davlat ulushining saqlanib qolinishi 
maqsadga 
muvofiq. 
Biroq 
mazkur 
korxonalarni 
boshqarishda 
aksiyadorlarning rolini oshirish, kuzatuv kengashiga ko`proq vakolatlar 
berish hamda biznes rejalarni bajarilishini taminlash uchun ijroiya 
organlarining javobgarligini oshirish masalalariga ko`p-roq etibor berilishi 
lozimligi nazarda tutilgan.
Bozorda monopol mavqega ega bo`lgan, katta investisiyalar, 
jumladan xorijiy investisiyalar oqimiga, zamonaviy texnologiyalarning 
joriy etilishiga ehtiyoj sezayotgan yirik kompaniyalarni xususiylashtirish 
bo`yicha yondashuvlarni tubdan qayta ko`rib chiqish talab etilmoqda. 
Ko`plab xolding va aksionerlik kompaniyalarning nizom jamg`armalarida 
aksiyalarning davlat paketlari ulushi asossiz ravishda yuqoriligicha 
saqlanib qolmoqda. 
Xususiylashtirish jarayonlarini yanada faollashtirish, davlat mulkini 
boshqarish 
samaradorligini 
oshirish, 
shuningdek 
Davlat 
mulki 
qo`mitasining markaziy apparati va hududiy bo`linmalari faoliyatini 
tubdan takomillashtirish maqsadida: 
davlat aktivlarini xususiy mulkka sotishni amalga oshirish 
mexanizmini aniq belgilash; 
oldi-sotdi shartnomalari va yangi mulkdorning, jumladan, investisiya 
majburiyatlari, korxonaning xususiylashtirishdan keyingi barqaror faoliyat 
yuritishi, obyektni xarid qilish paytida taqdim etilgan biznes-reja 
ko`rsatkichlarini bajarishi bo`yicha o`z zimmasiga olgan masuliyatini 
belgilovchi tomonlarning o`zaro majburiyatlari haqidagi shartnomalar 
moddalarining aniq mazmun-mohiyatga egaligi; 
obyektlar va korxonalarni ular joylashgan yer maydonlari bilan birga 
xususiylashtirish; 
aksiyalarni yangi mulkdorga faqat u qiymatini to`liq to`laganidan va 
investisiya majburiyatlarini bajarganidan so`ng mulk qilib berish. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


O`zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo`mitasi huzuridagi Bozor 
islohotlarini chuqurlashtirish ilmiy-tekshirish instituti O`zbekiston 
Respublikasi Davlat mulki qo`mitasi huzuridagi Xususiylashtirish, 
korporativ boshqaruv va qimmatli qog`ozlar bozorini rivojlantirish 
markaziga aylantirildi. 
O`zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo`mitasi, qo`mitaning 
hududiy boshqarmalari to`g`risidagi namunaviy nizomi tasdiqlangan, 
bunda hududiy boshqarmalar rahbarlari va mutaxassislarining vazifalarini, 
xususiylashtirish bo`yicha hududiy dasturlarni o`z vaqtida amalga oshirish, 
davlat 
mulki 
boshqaruvi 
samaradorligini 
taminlash, 
investorlar 
zimmasidagi investisiya majburiyatlarini bajarilishi uchun shaxsiy 
masuliyatini aniq belgilangan. 

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin