Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

Neustoykani qo`llash
shartnomaviy javobgarlikning asosiy 
shakllaridan biridir. Neustoyka faqat majburiyatning bajarilishini 
taminlovchi vosita bo`lib qolmay, balki u majburiyat bajarilmay qolganida 
yoki lozim da-rajada bajarilmaganida qarzdorga nisbatan qo`llanishi lozim 
bo`lgan yuridik chora hamdir. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Neustoyka atamasi rus tilidan olingan bo`lib, ne ustoyal, yani 
”vzyal slovo, obyazatelstvo, no ne vo`polnil” degan manoni beradi. 
O`zbek tilida bergan so`zing, va-dangni ustidan chiqmading, yani 
subutsizlik degan tushunchani bildiradi. Neustoyka jarima yoki penya 
shaklida bo`ladi. Qarzdor majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim 
darajada bajarmagan hollarda to`laydigan va, qoida tari-qasida, qatiy 
pul summasida hisoblanadigan neustoyka 
jarima 
hisoblanadi. 
Q
arzdor majburiyatlarning bajarilishini kechiktirib yuborganida 
to`laydigan va o`tkazib yuborilgan muddatning har bir kuni uchun 
majburiyatning bajarilmagan qismiga nisbatan foiz bilan hisoblanadigan 
neustoyka 
penya 
hisoblanadi. 
Neustoykani yetkazilgan zarardan farq qiladigan xu-susiyatlari 
quyidagilardan iborat: 
a) neustoyka qonunda yoki shartnomada oldindan belgilanib, 
taraflarga malum bo`lgan va majburiyat bajarilmay qolgan taqdirda 
qo`llanishi mumkin bo`lgan huquqiy chora (sanksiya) hisoblanadi. 
Yetkazilgan zararning hajmi esa avvaldan belgilanmaydi, u 
majburiyat buzilganidan keyin malum bo`ladi va belgilanishi mumkin; 
b) neustoykani undirish uchun qarzdorning harakati qonunga yoki 
shartnomaga muvofiq bo`lmasligining o`zi kifoyadir, zararni to`latish 
uchun zarur bo`lgan talablarni aniqlash shart emas. 
Umumiy qoidaga ko`ra taraflarning javobgarligi va qo`llaniladigan 
choralar shartnomada aks ettirilishi kerak, lekin amalda shartnomada 
javobgarlik choralari ko`r-satilmasdan qolishi mumkin. 
Bunday holatda, qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha 
tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, xo`jalik shart-nomalarini bajarmaganlik 
yoki lozim darajada bajar-maganlik uchun “Xo`jalik yurituvchi subyektlar 
faoli-yatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to`g`risida”gi qo-nunning 25-
32 moddalarida nazarda tutilgan javobgar-lik choralari qo`llaniladi. 
Jumladan qonunda quyidagi xolatlar bo`yicha javob-garlik 
belgilangan: 
-tovarlarni yetkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborganlik, 
to`liq yetkazib bermaganlik uchun; 
-sifati, assortimenti va navi lozim darajada bo`l-magan tovarlarni 
yetkazib berganlik uchun; 
-but bo`lmagan tovarlarni yetkazib berganlik uchun; 
-tovarlarni marka belgisisiz, shuningdek tovarni idishsiz yoki 
o`ralmagan holda yetkazib berganlik uchun; 
-akkreditivdan foydalanmaganlik uchun; 
www.ziyouz.com kutubxonasi


-to`lov, tovar-transport hujjatlarini yuborishni kechiktirganlik uchun; 
-tovarlarni tanlab olmaslik yoki uni rad etganlik uchun; 

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin