Ko`p o`lchovli massivlarni initsializatsiyalash.
Int a[2][3] = {2, 6, 8, 7, 12, 5};
Int b[3][3] = {{2, 6, 8}, {7, 12, 5}, {20, 21, 22 }}
Birinchi operatorda boshlang`ich qiymatlar ketma – ket yozilgan, Ikkinchi operatorda qiymatlar guruxlangan. Misollar:
1-misol. M o`lchamli kvadrat matrisa berilgan . Bu massivning elementlarini spiral shaklida chop etish dasturi tuzilsin : avval oxirgi ustun , keyin oxirgi qator teskari tartibda , keyin birinchi ustun teskari tartibda, keyin birinchi qator. Ichki elementlar ham shu tartibda chop etiladi. Eng oxirida matrisaning markaziy elementi chop etiladi.
Ekranga quyidagicha natija chiqadi:
2-misol. Berilgan mхn o`lchamli matrisaning bosh diaganali elementlarini nollarga aylantirish dasturi tuzilsin.
Ekranga quyidagicha natija chiqadi:
Dinamik massivlar bilan ishlash.
Statik massivlarning kamchiliklari shundaki, ularning o`lchamlari oldindan ma`lum bo`lishi kerak, bundan tashqari bu o`lchamlar berilganlarga ajratilgan xotira segmentining o`lchami bilan chegaralangan . Ikkinchi tomondan, yetarlicha kata o`lchamdagi massiv e`lon qilinib, konkret masala yechilishida ajratilgan xotira to`liq ishlatilmasligi mumkin. Bu kamchiliklar dinamik massivlardan foydalanish orqali bartaraf etiladi, chunki ular programma ishlashi jarayonida kerak bo`lgan o`lchamdagi massivlarni yaratish va zarurat qolmaganda yo`qotish imkoniyatini beradi.
Dinamik massivlarga xotira ajratish uchun malloc(), calloc() funksiyalaridan yoki neu operatoridan foydalanish mumkin. Dinamik obyektga ajratilgan xotirani bo`shatish uchun delete operatori ishlatiladi
Yuqorida qayd qilingan funksiyalar <> kutubxonasida joylashgan.
Malloc() funksiyasining sintaksisi
Void * malloc(size_t size);
Ko`rinishida bo`lib , u hotiraning uyum qismidan size bayt o`lchamdagi uzluksiz sohani ajratadi. Agar xotira ajratish
muvaffaqiyatli bo`lsa, malloc() funksiyasi ajratilgan sohaning boshlanish adresini qaytaradi. Talab qilingan xotirani ajratish muvaffaqiyatli bo`lsa , funksiya NULL qiymatni qaytaradi.
Sintaksisdan ko`rinib turibdiki, funksiya void turidagi qiymat qaytaradi.
Amalda esa konkret turdagi obyekt uchun xotira ajratish zarur bo`ladi. Buning uchun void konkret turga keltirish texnologiyasidan foydalaniladi. Masalan , butun turdagi uzunligi 3 ga teng massivga joy ajratishni quyidagicha amalga oshirish mumkin:
Int * pint=(int*)malloc(3*sizeof(int));
Calloc() funksiyasi malloc funksiyasidan farqli ravishda massiv uchun joy ajratishdan tashqari massiv elementlarini 0 qiymati bilan initsializatsiya qiladi.
Bu funksiya sintaksisi .
Void * calloc(size_t num, size_ t size);
Ko`rinishida bo`lib , num parametri ajratilgan sohada nechta element borligini, size xar bir element o`lchamini bildiradi.
Free() xotirani bo`shatish funksiyasi o`chiriladigan xotira bo`lagiga ko`rsatkich bo`lgan yagona parametrga ega bo`ladi:
Void free(void* block);
Free() funksiyasi parametrining void turida bo`lishi ixtiyoriy turdagi xotira bo`lagini ochirish imkonini beradi .
Quyidagi programmada 10 ta butun sondan iborat dinamik massiv yaratish, unga qiymat berish va o`chirish amallari bajarilgan.
#include #include int main()
{
int * pvector;
if ((pvector=(int*)malloc(10*sizeof(int)))==NULL) {
Cout<<”xotira yetarli emas!!!”;
Return 1;
}
// ajratilgan xotira soxasini to`ldirish
For (int i=0; i<10; i++) *(pvektor+i)=I;
// vector elementlarini hop etish
For (int i=0; i<10; i++) cout<<*(pvector+i)<// ajratilgan xotira bo`lagini qaytarish (o`chirish)
Free(pvector);
Return 0;
}
new operatori yordamida ,massivga hotira ajratishda obyrkt turidan keyin kvadrat qavs ichida obyektlar soni ko`rsatiladi.
Masalan , butun turdagi 10 ta sondan iborat massivga joy ajratish uchun pVector=new int[10];
ifodasi yozilishi kerak. Bunga qarama – qarshi ravishda , bu usulda ajratilgan xotirani bo`shatish uchun delete [] pVector;
ko`rsatmasini berish kerak bo`ladi;
Ikki o`lchamli dinamik massivni hosil qilish uchun int **a; ko`rinishidagi <> ishlatiladi.
Boshqa massiv satrlari soniga qarab ko`rsatkichlar massiviga dinamik xotiradan joy ajratish kerak:
A=new int *[m] // bu yerda m massiv satrlar soni
Keyin , xar bir satr uchun takrorlash operatori yordamida xotira ajratish va ularning boshlang`ich adreslarini a massiv elementlariga joylashtirish zarur bo`ladi:
For (int i=0; iShuni qayd etish kerakki , dinamik massivning har bir satri xotiraning turli joylarida joylashishi mumkin.
Ikki o`lchamli massivni o`chirishda oldin massivning har bir elementi (satri), so`ngra massivning o`zi yo`qotiladi.
For (i=0; i
Dostları ilə paylaş: |