Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта маҳсус таълим вазирлиги


Imlo va talaffuz me’yorlari



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə19/98
tarix02.01.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#39370
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   98
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi a

Imlo va talaffuz me’yorlari. Hozirgi o`zbek tilida 31 ta tovush - fonema mavjud bo`lib, ularni ifodalashga xizmat qiladigan rus grafikasiga asoslangan belgilar soni 35 ta. Ana shu tovushlar tizimi va ularning harfiy ifodasiga ega bo`lgan o`zbek tili bugungi kunga qadar 1956 yil 4 aprelda tasdiqlangan va kuchga kiritilgan «O`zbek orfografiyasining asosiy qoidalari»ga binoan ish ko`rib kelmoqda. Binobarin, o`zbek tilining imloviy me’yorlari hozirgacha ana shu qoidalarga muvofiq amal qilmoqda va bu jarayon O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining «O`zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi qonunining yangi tahririni amalga kiritish tartibi to`g’risida» 1995 yil 21 dekabrdagi qaroriga asosan 2005 yilgacha davom etdi.

Undan keyin esa O`zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan «Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosini hayotga joriy qilish to`g’risida»gi hamda 1995 yil 6 maydagi «Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosiga qo`shimchalar kiritish to`g’risida»gi qonunla-riga asosan ish ko`rilmoqda.

Respublikamizda ta’limning barcha tizimlarida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 24 avgustdagi «O`zbek tilining asosiy imlo qoida-larini tasdiqlash haqida» qabul qilgan qarori asosida faoliyat yuritilmoљda.

An’anaviy imlo me’yorlarini saqlab qolgan holda, lotin grafikasi asosidagi yangi o`zbek alifbosi bilan ish ko`radigan imlo ham o`z me’yoriy qoidalariga ega va bu me’yorlar yuqorida tilga olingan hujjatda o`z ifodasini topgan. Undagi qoidalarga amal qilish tilimizdan foydalanuvchilar uchun bundan keyin majburiy sanaladi va shu tarzda bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan tadbirlar natijasida o`zbek tilining orfografik me’yori yo`lga qo`yiladi.

A.Mamatov quyidagi mulohazalarni bayon qiladi: «Yoshlarning adabiy til normalariga amal qilgan holda so`zlashishi, nafaqat ularning o`qimishliligidan darak beradi, balki ayni vaqtda aqlli va madaniyatliligini ham ko`rsatadi. Shuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so`zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so`z, ibora, aniq va ravon jaranglashi kerak. Yoshlarning notiq bo`lishi shart emasdir (balki), lekin faqat fikrini, tushunchalarini to`g’ri, aniq iboralar bilan ifoda qilishlari zarur, chunki ona tilimizning sofligini saqlash har bir yosh avlodning sharafli burchidir»56.

Ona tilimizga davlat tili maqomining berilishi uning hayotiylik, yashash shart-sharoitlarini belgilab berdi. Rivojlanishi va istiqboli qonun yo`li bilan kafolatlandi.

Ma’lum bo`ladiki, og’zaki nutqning to`laligicha adabiy holatga keltirilishini ta’minlash talaffuz jarayonini me’yorlashtirish bilan bog’liq. Og’zaki nutq ishlatiladigan qaysi soha va yo`nalish bo`lmasin, turli uslublardagi vazifasini belgilash bo`lmasin, barcha o`rinlarda ham til birliklarini bir me’yorga keltirib qo`llash masalasi birinchi o`rinda turadi.

Orfoepik me’yorlarga rioya qilmaslik nutqimiz madaniyatida jiddiy nuqsonlardan biri bo`lib qolmoqda. Tilshunoslarimiz zahmatlari tufayli o`zbek tilidagi birliklarining deyarlik barchasidagi me’yoriy ko`rinish-lar ommaga turli qo`llanmalar, lug’atlar shaklida tavsiya etildi. Yangi imlo qoidalariga o`tishimiz munosabati bilan bunday ishlar davom ettirilmoqda. Nafaqat filolog olimlar, balki maorifimiz jonkuyarlari, o`z ona tiliga chuqur hurmat bilan qaraydigan barcha ziyoli-larimiz bu me’yorlarning buzilishiga e’tiroz, tuzatish va tavsiyalar tarzida chiqishlar qilib turishibdi. Shunday bo`lishiga qaramasdan, talaffuz me’yorlarini buzish, til madaniyatiga e’tiborsizlik hamon davom etmoqda. Bu kamchiliklar hatto radio, ayniqsa, televideniye eshit-tirishlarida ham seziladi.

Xalqimiz shevachilikdan batamom qutula olgan emas. Garchi ko`pchiligimiz adabiy til me’yori talablari asosida savodli yozsak-da, talaffuzda e’tiborsizlik, loqaydlik, mas’uliyatsizlik davom etmoqda.

Hozirgi o`zbek adabiy tilidagi til sathlari orasida leksik birliklar alohida o`rin tutadi va ularning o`ziga xos me’yoriy xususiyatlari mavjud.




Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin