Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта маҳсус таълим вазирлиги


Gazeta tilida orfografik me’yor muammolari



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə22/98
tarix02.01.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#39370
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   98
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi a

Gazeta tilida orfografik me’yor muammolari

Gazetada imlo qoidalari quyidagi hollarda buzilmoq-da: 1. Qo`shma so`zlarni turlicha qo`llash. 2. Yuklamalarni ishlatishda har xillik. 3. Ruscha-baynalmilal so`zlarni qo`llashda turlichalik. 4. Bosh harflar imlosidagi chalkashlik (turli tashkilotlar, vazirliklarning nomlari-ni yozishdagi har xillik). 5. Ayirish va yumshatish belgilarini ishlatishdagi har xillik.

Yangi imlo qoidalari mavjud bo`lishiga qaramasdan, unga amal qilish talab darajasida emas. Ayrim gazetalar va jurnallarning tahririyatlari bu sohada e’tiborsizlik qilishmoqda. Ayrim namunalar keltiramiz:

1. So`zlarni turlicha yozish (hatto bir sahifada), turli korxona, muassasa, vazirlik nomlarini har xil ifodalash kabi holatlar uchraydi. M.: Undan so`ng Xorazm viloyatida «Davlat ramzlari to`g’risida»gi Qonun ijrosi bilan tanishadi. Ayni paytda Madaniyat ishlari vazirligi bilan hamkorlikda O`zbekiston Respublikasining «Kutubxona-chilik faoliyati to`g’risida»gi qonuni loyihasi ustida ish olib borilmoqda. Shu kunlarda deputatlar guruhimiz Qashqadaryo viloyatida «Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosini joriy etish to`g’risida»gi Qonun ijrosini o`rganishmoqda (XS.,20.11.01). Bir materialda qonun so`zini ikki xil yozish e’tiborni talab qiladi.

Yaqinda esa universitet xiyoboni hududida chet ellik sayyohlarga mo`ljallangan, xalqaro talablarga javob beradigan 4 yulduzli «Prezident-Palas» mehmonxonasi qurilishi boshlandi (Z.,20.11.01). Universitet xiyoboni bosh harf bilan yozilishi lozim.

...1999 yil ikki mamlakat prezidentlari Toshkentda uchrashib,... ikki mamlakat Prezidentlarining... (XS.,20.11.01). Bunday ikki xil qo`llash holatini barcha gazetalarda uchratish mumkin.

- Himmati baland kishilar omon bo`lsin, - deydi mamnun holda Usmonali aka, - shular bor ekan, ezgulik deb atalmish noyob hislat tup qo`yib, palak otaveradi (XS.,25.10.01). Bir ozdan so`ng qosh-qabog’i o`yildi (O`O.,23.12.99). Sayoq yurgan tayoq yeydi, deganlaridek insof-ga kelmagan Feruza barvaqt sarg’aygan kuz yaproqlaridek hazonga aylandi (O`O.,25.12.97). Bunday fazilatlar ruhiga singib ketgan xalqimiz hamisha sahiy, qo`li ochiq (O`O.,16.12.97). Jumlalar mazmunli, ravon tuzilgan, lekin ulardagi imlo xatolari e’tiborni tortadi.

2. So`z qo`llashda ortiqchalik, takror holatlar sodir bo`lmoqda, bu holat esa matn mazmuniga va ixchamlikka ta’sir etadi. M.: Qoraqalpog’iston Respublikasi, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida yetishtirilgan pillaning aksariyat qismi mana shu korxonalarga yetkazib beriladi. Qiyos: Ularning aksariyati Voronejda hunar o`rganib qaytgan (XS., 25.10.01).



Kelajakda Samarqand husniga-husn bo`lib qo`shiladi-gan to`rt yulduzli bu mehmonxona kelasi yil foydalanishga topshiriladi (Z.,20.11.01). Kelajakda so`zi ortiqcha, kelasi yil birikmasi va gapdagi mantiq uning ortiqcha-ligini ko`rsatib turibdi.

Respublikamiz, qolaversa, Samarqand shahri bo`yicha e’lon qilingan «Yong’in xavfsizligi oyligi» ana shunday ko`ngilsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan (Z.,20.11.01). E’tibor bering: Respublikamiz bo`yicha bo`lganidan keyin yana uning hududidagi joyni alohida ta’kidlash - ortiqcha ifoda hisoblanadi.

Orzu qilar edikki, mushtariy ertalab nonushta paytida gazeta o`qib o`tirsa (XS., 25.10.01). Bu jumladagi nonushta paytida birikmasi yoki ertalab so`zi ortiqcha.

Chekadigan ayoldan tug’iladigan zurriyot nihoyatda nimjon bo`lib, ko`pincha tug’ilish paytida yoki hayotining birinchi oylaridayoq hayotdan ko`z yumadi (XS., 25.10.01). Hayot so`zlaridan ikkinchisini almashtirish lozim.

Yodingizda bo`lsa, o`tgan yilning 20 martida Prezidentimiz «Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar to`g’risida»gi Farmonga imzo chekkandi. Hayal o`tmay, respublika Vazir-lar Mahkamasi shu asosda tegishli qaror qabul qildi. Hyech kimga sir emas, O`zbekiston agrar respublikalar sirasiga kiradi (XS., 25.10.01). Ajratib ko`rsatilgan ifodalar-ning barchasi ortiqchaligi ko`rinib turibdi.

O`zbekiston Badiiy akademiyasi va Misr Arab Respub-likasining elchixonasi birgalikda bolajonlarimizning archa bayramini qiziqarli o`tkazish maqsadida hayriya (?) tadbiri o`tkazishga tayyorlanmoqda (O`O., 23.12.99). Bu yerda ham takror jumla silliqligiga ta’sir etgan.

Kuni kecha xuddi shu nomdagi shiringina kitobcha, faqat, o`qituvchilar uchun uslubiy qo`llanmani ko`rib, ularning muallifi bilan tanishish istagi tug’ildi, menda (XS.,20.11.01). Kitobcha so`ziga nisbatan shiringina so`zini ishlatish mutlaqo noto`g’ri, uning o`rnida qiziqarli so`zini ishlatish mumkin.

Ko`rinadiki, bu sohadagi kamchiliklar jumladagi uslubiy ravonlikka va mazmunga ham ta’sir qilgan.



Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin