Gazeta tilida punktuasion me’yor muammolari
Tinish belgilarining o`z o`rnida ishlatilishi jumla-ning mazmuni, ravonligi, aniqligiga katta ta’sir qiladi. Ularni noo`rin tushirish yoki qo`llash uslubiy noaniqlik va g’alizlikka sabab bo`lishi mumkin. Gazetalarda tinish belgilarini qo`llash bilan bog’liq ayrim kamchiliklar uchraydi. Bunday holatlar, fikrimizcha, juz’iy nuqsonlar emas.
Gazeta tilida punktuasion me’yorga rioya qilmaslik hollari quyidagi o`rinlarda yuz bergan: 1. Bog’langan qo`shma gaplarda zidlovchi va qiyoslash munosabatini bildiruvchi bog’lovchilardan so`ng vergul qo`yish (qoida bo`yicha ushbu bog’lovchilardan oldin vergul qo`yiladi). 2. Uyushiq bo`laklar va bog’lovchisiz bog’langan qo`shma gaplarda vergul ishlatmaslik. 3. Ko`chirma gaplarda tinish belgilarini noto`g’ri qo`llash. 4. Undov gaplarda tireni tushirib qoldirish, tire o`rnida defis ishlatish. 5. So`roq, buyruq va undov gaplar oxirida zarur tinish belgisini tushirib qoldirish (mas., sarlavhalarda tinish belgisi qo`yilmagan). 6. Iboralarda qo`shtirnoqni noto`g’ri qo`llash. Misollarni ko`zdan kechiraylik.
1. Gazetalarda modal so`zlar va bog’lovchilar bilan bog’liq holda tinish belgilarini ishlatish qoidalari buzilayapti. M.: Obuna davri shubhasiz oson kechmadi (XS.,25.10.01), Ahvol ayniqsa Osiyo davlatlarida jiddiy bo`ladi. Avvalo shu narsani ta’kidlab o`tish lozimki bizning universitet Samarqand hududida magistraturaga eng ko`p talaba qabul qiladigan oliy o`quv yurti hisoblanadi. Bunda albatta, har yili Toshkentda o`tkaziladigan xalqaro yarmarkalarning ham o`rni bor. O`ylaymanki kelajakda bu muammolar o`z yechimini topib izga tushib ketadi. (Z., 20.11.01). Ushbu misollarda, ajratilgan o`rinlarda, vergul qo`yish lozimligi to`g’risida imlo qoidsi mavjud. Lekin bu qoidaga deyarli barcha gazetalarda rioya etilmayapti.
Chunki, butun dunyoda e’tirof etilgan me’yorlar asnosi-da o`tadigan saylov demokratiyaning asosiy talablaridan biridir (O`O., 23.12.99), ya’ni, bu balo-qazo tag-tomiri bilan yo`qotilishi lozim (XS.,25.10.01). Bularning barchasida vergul ortiqcha.
2. Ushbu misolda tire emas, vergul qo`yish lozim: Uy qushlari sayrashmasa - sovuq uzoq davom etadi (Z., 20.11.01). Bunday misollarni ko`plab keltirish mumkin.
3. Iborada qo`shtirnoq noto`g’ri ishlatilgan: Tabiiyki, Buba Diop hozircha o`zini «taroziga» solmoqda. Hozir esa ularning o`yinlarini «jilovlaydigan» terma jamoa topilmayapti (XS.,18.06.02).
Dostları ilə paylaş: |