O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALIShER NAVOIY NOMIDAGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
Abdusaidov Abduvali
O`QITUVCHINING NUTQ MAHORATI
Samarqand – 2013
Abdusaidov Abduvali. O`qituvchining nutq mahorati. Ўқув-услубий қўлланма. – Samarqand: SamDU nashri, 2013. –258 b.
O`zbek tilining davlat tili sifatida hozirgi davrdagi ijtimoiy mohiyati, o`quvchilar va talabalar nutq madaniyatiga ta’sir etuvchi omillar, o`qituvchining kasb mahorati va nutq madaniyati, turli fan o`qituvchilarining yuqori savodxonlikni ta’minlash, o`zbek tilidan mahorat bilan foydalanish, nutq madaniyatini yanada oshirish bilan bog’liq muammolarni o`rgatishga doir o`quv mate-riallari berilgan.
Ushbu ma’ruza matnlari Oliy o`quv yurtlari, akademik lisey va kasb-hunar kollejlari, malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimi filolog-o`qituvchilari, turli fan o`qi-tuvchilari, magistrlar, talabalarga mo`ljallangan.
Taqrizchilar: Filologiya fanlari doktori, professor B.O`RINBOYeV,
filologiya fanlari doktori,
professor N.TURNIYoZOV,
dosent M.BOLTAYeV,
o`qituvchi G’.HAMROYeV
Alisher Navoiy nomidagi
Samarqand Davlat universiteti, 2013
Ma’lumki, o`zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o`rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog’liqlik til orqali namoyon bo`ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili - bu millat-ning ruhidir.
Dostları ilə paylaş: |