Sig‘im turidagi issiqlik akkumulyatorlari
Bu issiqlik energiyasini akkumulyasiya qilish uchun eng keng tarqalgan qurilma hisoblanadi. Issiqlikni akkumulyasiya qilish qobiliyati yoki issiqlik miqdori (kJ), sig‘im turidagi issiqlik akkumulyatorlarida qo‘yidagi ifodadan aniqlanadi:
Q = m•Cr(T2–T1)
Bu erda: m — issiqlikni akkumulyasiyalovchi moddaning massasi, kg;
Sr— moddaning solishtirma izobar issiqlik sig‘imi, kDj/(kg•K);
T2 va T1— issiqlik akkumulyasiya qiluvchi moddaning boshlang‘ich va oxirgi
haroratlari o‘rtacha qiymati, ºS.
Suyuq quyoshli tizimlarning issiqlik ta’minotida eng samarali issiqlik akkumulyasiyalovchi material bo‘lib suv xizmat qiladi. Mavsumiy vaqtlar uchun issiqlikni akkumulyasiya qilish, asosan er osti hovuzlaridan, gruntlardan, tog‘ jinslaridan va boshqa tabiiy hosil bo‘lgan jinslardan foydalanish istiqbolli sanaladi. Yirik masshtabli tizimlarda 100 000 m3 suv sig‘imiga ega temirbetonli va po‘lat rezervuarlarda ma’lum issiqlik sig‘imiga ega issiq suv 85-950S haroratda 8 000 gJ issiqlik energiyasini saqlab turishi mumkin. Ularning ekspluatatsiyasi juda sodda bo‘lsada, qurish vaqtida kapital qo‘yish summasi yuqoridir.
Ularni issiqlik nasoslari bilan birgalikda foydalanish maqsadga muvofiq sanaladi, chunki buning natijasida ularning issiqlik akkumulyasiya qilish qobiliyati rezervuarda suvni 50S gacha sovutish hisobiga 2 barobar oshishi mumkin.
Mavsumiy ravishda issiqlikni akkumulyasiya qilishning ijobiy tajribasi SHvetsiyada1 to‘plangan bo‘lib, u erda butun poselkalarni issiqlik ta’minotida yirik gelioissiqliknasosli tizimlardan foydalaniladi. Ammo, individual foydalanish uchun o‘ta qiziqish isitish va issiq suv ta’minotida katta bo‘lmagan quyosh qurilmalari uchun issiqlik akkumulyatorlari hisoblanadi.
1. Rasm. Sig‘im turidagi issiqlik akkumulyatorlari— suvli(a) va mayda granit toshli (b):
1 — issiqlik almashingich; 2 — sovuq suv; 3 — issiq suv; 4 — issiqlik izolyasiyalangan bak (bunker); 5 — mayda granit toshlar qatlami; 6 — panjara; 7, 8 — havo keltirish va uzatish.
2-rasmda tabiiy va majburiy sirkulyasiyali suv isitish qurilmalarida qo‘llaniladigan 200-500 l sig‘imli akkumulyatorlarning baklarini konstruktiv tayyor namunalari ko‘rsatilgan. Bakning issiqlik yuqotishlari qalinligi 50 mm kam bo‘lmagan steklovata issiqlik izolyasiya sifatida qoplash natijasida kamaytirilmoqda. Suv o‘tkazuvchi quvur bilan kontaktda bo‘lgan bakning ichki yuzasi karroziyadan himoyalangan bo‘lishi zarur. Buning uchun bak zanglamaydigan po‘latdan tayyorlanishi, emal qoplamaga ega bo‘lishi yoki magniydan anod, yoki tashqi elektr manbaidan himoyalanish maqsadida anod himoyaga ega bo‘lishi zarur. Bakda isitish tizimiga issiqlik uzatish uchun issiqlik almashingich (2 rasm, g), elektr isitgichdan issiqlik haydash uchun ikki konturli tizimda issiqlik almashingich (2 rasm, v,g), bak quyi qismi uchun quvur, sovuq suvni haydash uchun poplavkovыy klapan (2 rasm, b), gorizontal peregorodka (2 rasm, a va g) ko‘zda tutilgan bo‘lishi zarur. Peregorodka bakning ichki qismini suvning balandligi bo‘yicha har xil darajaga ega seksiyaga bo‘ladi, bunda bakning yuqori qismida pastki qismiga qaraganda harorat yuqori bo‘ladi. Bu issiqlikning akkumulyasiya qilishning samaradorligini oshiradi. KSE da a va b sxemalarda issiqlik tashuvchi sifatida suv xizmat qiladi, a, v sxemalarda va v, g sxemalarda antifriz, shuning uchun issiqlikni antifrizdan suvga uzatish uchun issiqlik almashingich ishlatiladi.
2. Issiq suv akkumulyatorlari - baklar
a— Ichki peregorodkali pastdan sovuq suvni haydash baki; b— Sovuq suvni haydash uchun poplavkoviy klapanli bak; v— Issiqlik almashingich orqali KSE dan issiqlikni haydovchi bak; g— elektr isitgichli seksiyalarga bo‘lingan bak;
1 — issiqlik izolyasiyali bak; 2 — peregorodka; 3 — sovuq suvni haydash;
4 — issiq suvni uzatish; 5 — poplavkovыy klapan; 6 — opusknaya truba; 7 — issiqlik almashingich; 8 —elektr isitgich; 9 — issiqlik almashingich.
Issiqlik ta’minoti quyosh havo tizimlarida zarrachalarning zich qatlamidan iborat nasadka ko‘rinishidagi 20-50 mm o‘lchamga ega galkalardan tashkil topgan doiraviy yoki to‘g‘ri to‘rtburchak kesimidagi sig‘imli galkali issiqlik akkumulyatorlari qo‘llaniladi. Bu turdagi akkumulyatorlar bir qancha afzalliklarga egadir, suvli akkumulyatorlar bilan taqqoslaganda ular katta hajmni egallaydi. Galkali akkumulyatorlar vertikal yoki gorizontal joylashishi mumkin. Kunduz kuni quyosh kollektoridan chiqayotgan issiq havo akkumulyatorda o‘z issiqligini galkaga beradi va shunday qilib akkumulyator zaryadkasi amalga oshiriladi. Tunda yoki bulutli ob-havoda akkumulyator razryadlanib havo oqimi teskari yo‘nalishda harakatlanib issiqlikni iste’molchiga olib ketadi. Ammo, bir xil energiya sig‘imida galkali issiqlik akkumulyatorining hajmi suvli bak akkumulyatorining hajmidan 3 marta katta bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |