Fazoviy issiqlik o‘tish akkumulyatorlari
Fazoviy issiqlik o‘tish akkumulyatorining asosiy afzalligi shundaki, ular yuqori solishtirma energiya zichligiga egadirlar, shu sabab sig‘im akkumulyatorlari bilan qiyoslaganda akkumulyatorning massasi va hajmi kamayadi. Issiqlik ta’minotida past haroratli quyosh tizimlari uchun fazoviy issiqlik o‘tish akkumulyatorlarida quyidagi organik moddalar yaroqlidir (parafin va ba’zi yog‘li kislotalar) va noorganik tuzlar kristallgidratlari, masalan SaSl2•6N2 0 geksogidrat xlorli kalsiy yoki 29 va 320S da alangalanuvchi glauber tuzi Na2 SO4•10H2 O . Kristalli gidratlardan foydalanilganda, aralashmalarga ajralishi yoki ularning qaytadan sovushi ishchi sikllarning sonining kamayishi va barqaror bo‘lmagan moddalar hosil bo‘lishiga olib keladi. Bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun issiqlik akkumulyasiya materialiga maxsus modda qo‘shiladi, bu aralashmaning bir xil darajada kristallanishini ta’minlashga va materialdan uzoq foydalanish jarayonida erish-qotish ko‘p qirrali sikllarida yordam beradi. Samarali issiqlik almashinuvini tashkil etish uchun issiqlik akkumulyasion material bilan qoplangan orebren yuzaga ega kapsulalardan, shuningdek issiqlik o‘tkazuvchi matritsalardan (yacheykali strukturalardan) foydalaniladi. Organik moddalardan birinchi navbatda, juda kichik issiqlik o‘tkazish koeffitsientiga ega [0,15 Vt/(m•ºS)] foydalanilanish zarur.
Dostları ilə paylaş: |