¤збекистон республикаси олий ва ¤рта


Bahyani oxirgi halqasini hosil qilish va uni ignani harakat chizigiga keltirish jarayoni



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə25/37
tarix02.06.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#123802
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37
¤збекистон республикаси олий ва ¤рта (2)

Bahyani oxirgi halqasini hosil qilish va uni ignani harakat chizigiga keltirish jarayoni


Bahya hosil qilishning bu jarayonida igna halqasini matoda mahkamlash uchun oxirgi halqani ignani harakat chizigiga keltiriladi. Igna chizigiga halqailuvchi bilan keltiriladigan oxirgi halqa quyidagicha hosil qilinishi mumkin:

  1. igna halqasini ilib olish va uni ignani harakat chizigiga keltirish bilan (bir ipli ochiq va yopiq tipdagi bahyalar);

  2. igna halqasiga halqailuvchini halqasini kiritish va uni halqailuvchi yoki ilmoq bilan ignani xarakat chizig`iga keltirish bilan (ikki ipli yopiq tipdagi bahyalar va uch ipli yopiq bahyalar) (Rasm 5.1.7.).



Rasm. 5.1.7. Bahyani oxirgi halqasini hosil qilish va uni ignani harakat chizigiga keltirish jarayoni


Oxirgi halqa halqailuvchi bilan ignani xarakat chizig`iga, mato bahya qadamiga siljigandan keyin keltiriladi. Bu halqa ignani xarakat chizig`iga shunday keltirilishi mumkinki, bunda igna matoni teshib o’tgandan keyin unga kiradi. Bu holda ochiq tipdagi bahya hosil bo’ladi, halqa tikilayotgan matoni ostida yotadi.


Ochiq tipdagi bahya hosil qilish uchun oxirgi halqa ignani xarakat chizig`iga keltiriladiki, bunda igna matoni teshishdan oldin unga kirib o’tishi kerak. Bu oxirgi halqa chok qirg`og`iga aylanib o’tib matoni ustiga, ip tortib oluvchi bilan halqailuvchiga ip shunday miqdorda beriladiki, bunda to’g`ridan to’g`ri g`altakdan olish evaziga emas, balki hosil bo’lgan ip zaxirasi evaziga halqailuvchini talab qilinadigan harakati ta’minlanishi kerak. Halqailuvchi ipni g`altakdan tortib olmasdan balki, to’xtatuvchi va ip yo’naltiruvchilardan o’tmaydi va taranglik kuchi ostiga tushadi. Mashinani bunday konstruktiv tuzilishi, xalqailuvchilarga igna iplaridan kam pishiqlikka ega bo’lgan iplar qo’llashga imkon beradi.


      1. Avvalgi bahyani oxirgi halqasiga ignani kiritish jarayoni


Bahya hosil qilishni bu operatsiyasida avalgi bahyani matoda mahkamlash uchun, uni oxirgi halqasiga igna kiritiladi. Buning uchun halqailuvchiga o’tkazilgan ip bilan halqailuvchini ilmog’i orasida oraliq bo’lishi zarur. Bu halqailuvchini halqasiga kira olishi uchundir. 5.1.8. - rasmda ikki ipli overlok bahyani hosil bo’lishida halqailuvchi 2ni vilkasi bilan ilib oilngan va mato 3 ustiga chiqarilgan halqa iluvchini halqasiga ignani 1 kirish holati ko’rsatilgan. Rasmdan ko’rinib turibdiki, igna halqailuvchini ilmog`i bilan chokga ketayotgan ip orasiga kirmoqda. Bu oralig`ni hosil bo’lishi halqailuvchini ilmog`ini tuzilishi evaziga sodir bo’ladi, egilgan shaklga yoki yo’g`onlashgan burunchaga ega bo’lishi mumkin. Chunki halqailuvchini ilmog`i matoga kirmaydi. Shuning uchun unga kerakli kattalikda oraliq hosil qilishga yordam beradigan hohlagan shakl berish mumkin. Bundan tashqari bu oraliqni hosil qilishda ignani halqailuvchini halqasiga kirish vaqtida, halqailuvchini xarakat yo’nalishini o’zgarishi ham yordam beradi.
Halqailuvchini ipi bilan uni ilmog`i orasida hosil bo’lgan oraliqqa yopiq tipdagi bahya hosil qiluvchi mashinalarda, igna-matoni teshishdan oldin kiradi. Yopiq tipdagi bahya hosil qiluvchi mashinalarda esa, igna – matoni teshgandan keyin kiradi.



Rasm. 5.1.8. Avvalgi bahyani oxirgi halqasiga ignani kiritish jarayoni

Shuni ko’zda tutish kerakki, bahyalarni hosil qilishda igna va chokka ketayotgan ip orasida hosil bo’lgan oraliqga halqailuvchi kiradi, igna ham halqa va chokka ketayotgan ip orasida hosil bo’lgan oraliqga kiradi. Bu esa halqailuvchilarni birini igna ortiga ikkinchisini oldiga joylashtirishga zaruriyat tug`diradi. Shu sababli, ochiq tipda bahya hosil qiluvchi mashinalarda halqailuvchi gorizontal tekislikda bo’ylama va ko’ndalang xarakatlanib, murakkab harakatga ega bo’ladi. Yopiq tipda bahya hosil qiluvchi mashinalarda esa, bu jarayon igna va halqailuvchilarni kesishgan tekisliklarda xarakatlantirish bilan amalga oshiriladi, agar igna mato tekisligiga qiya tekislikda xarakatlansa, unda halqailuvchilar vertikal bo’yicha xarakatlansa, unda halqailuvchilar mato tekisligiga qiya tekislikda xarakatlanadilar.



      1. Yüklə 1,36 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin