Mokili baxya hosil etuvchi mashinalarning aksariyati, reyka tishli matoni surish mexanizmlari bilan ishlaydi va ularning ishlash printsiplari yuqorida ko’rib o’tilgan.
Baxya xosil etuvchi mokili mashinalarda tikilayotgan matolarni surish jarayonining o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, baxya oxirigacha to’liq tortilganidan so’ng matoni surish jarayoni amalga oshiriladi. Ba’zi bir hollarda matoni surish jarayoni baxyani tortish jarayonidan oldinroq bajarilsa, igna ipi tepki yordamida siqilib, moki ipini mato o’rtasiga torta olmaydi. Iplar chalishuvi esa mato tagida sodir etiladi va baxyaning noto’g`ri tuzilishiga ega bo’lgan xolat hosil bo’ladi. Baxyani tortilish jarayonining bajarilish shartini yaxshilash uchun matoni surilish jarayoni kechroq bajarilishi tavsiya etiladi (Rasm 5.2.10.).
1-surilayotgan mato, 2- igna plastinkasi, 3-surish moslamasini lapkasi,4- suruvchi tishli
reyka, 5- lapka prujinasi
Rasm. 5.2.10. Tikilayotgan matoni surish jarayoni
Tikilayotgan matoning qalinligi surish jarayonini o’z vaqti-da bajarilishiga ta’sir etadi, mato qanchalik qalin bo’lsa uni shunchalik tezroq surish kerak, chunki igna shuncha tez matoga kelib tegadi. Matoni unga kirayotgan igna bilan surib
yuborish mumkin emas. Ingichka matolarni tikayotganda matoni kech surilishini ta’minlash mumkin, bu esa tortilish jarayonini to’g`ri bajarilishiga olib keladi.
Tikilayotgan matoni surish jarayoni bilan baxya hosil qilish jarayonining birinchi baxya hosil etish davri tugatilib, yangi baxya hosil etish davri boshlanadi.