Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/86
tarix23.07.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#137214
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   86
xalqaro audit

 
MAVZU BO‘YICHA MASALALAR 
1-masala.
«TOYOTA» kontserni “KPMG” auditorlik kompaniyasiga tekshiruv 
o‘tkazib berish yuzasidan murojaat qildi. Avvalgi auditorlik kompaniyasi bilan 
shartnomaning buzilish sababi auditorlik xulosasining o‘z vaqtida taqdim 
qilinmaganligidir. 
«TOYOTA» kontsernining ikkita bo‘linmasi mavjud bo‘lib, ularning birinchisi 
bosh ofis bilan bir joyda joylashgan. Birinchi bo‘lim korxona va tashkilotlarga isitish 
va sovitish sistemasini o‘rnatib beradi. Barcha ishlar iste’molchilarning talablariga 
binoan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Ikkinchi bo‘linma bosh ofisdan 25 km 
uzoqda joylashgan bo‘lib, elektr buyumlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. 
Ikkala bo‘limda ham buxgalter mavjud bo‘lib, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi 
hisobot alohida tayyorlanadi va bosh ofisda konsolidatsiyalashgan hisobot tuziladi. 
Oxirga yillarda birinchi bo‘lim daromadli bo‘lib, ikkinchi bo‘limda rentabellik 
pasaygan. Direktorlar Kengashi ikkinchi bo‘limni sotib yuborish uchun xaridor 
izlamoqda. Birinchi bo‘limning menedjerlari yuqori malakali bo‘lib, ishni to‘g‘ri 
tashkil qilishgan. Shuning uchun direktor aksiyalar kursini ko‘tarish maqsadida 
tezroq auditorlik xulosasini olishni rejalashtirgan. 
Talab qilinadi:
1.
“KPMG” auditorlik kompaniyasi auditori ushbu vaziyatni baholash uchun 
qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim. 
2.
Auditorlik riskiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlang. 
 
2-masala.
 
Auditorlik tekshiruvi jarayonida korxona yil oxirida birlamchi 
buxgalteriya hujjatlarini inventarizatsiya qilganligi, endi saqlash muddati tugaganligi 
munosabati bilan ularning bir qismini yo‘q qilishni rejalashtirayotganligi aniqlandi. 
“KPMG” auditorlik kompaniyasi auditorlaridan korxona mijoz-korxona buxgalterlari 
tomonidan bu borada quyidagicha savollar bilan murojaat qilindi: 
“Nima qilsak to‘g‘ri bo‘ladi: qog‘ozlarni arxivga saqlashga topshirish kerakmi 
yoki ularni yo‘q qilish mumkinmi? Qanday hujjatlarni yo‘q qilish mumkin? Bunday 
holda yo‘q qilish dalolatnomasi qanday tuziladi, u qaysi shaklda bo‘ladi va kim 
tomonidan tasdiqlanadi?” 
Talab qilinadi:


50 
1.
“KPMG” 
auditorlik 
kompaniyasi 
auditorlari 
tomonidan 
korxona 
buxgalterlariga yuqoridagi holat bo‘yicha qanday amaliy tavsiyalar yoki tushuntirish 
ishlari amalga oshirilishi lozim?
2.
“KPMG” auditorlik kompaniyasi auditorlari ushbu vaziyatni baholash uchun 
qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim; 

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin