Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/86
tarix23.07.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#137214
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
xalqaro audit






 
 
 
Avlokulov A.Z., Sherimbetov I.X. Xalqaro audit. O‘quv qo‘llanma (amaliy 
mashg‘ulot o‘tish uchun). -T.:IQTISOD MOLIYA, 2017. – 150 b
.
 
Taqrizchilar: 
 
Abduvoxidov F.T. – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 
dotsenti, i.f.n; 
 
Masharipov O.A. – Toshkent moliya instituti dotsenti, i.f.n.
 
O‘quv qo‘llanma davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq tayyorlangan 
bo‘lib, u “Xalqaro audit” fani mavzulari bo‘yicha tayanch so‘z va iboralar, nazorat 
savollari, mavzu bo‘yicha amaliy masalalar, testlar, glossariy va foydalanilgan 
adabiyotlar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan. «Xalqaro audit» fanidan amaliy mashg‘ulot 
o‘tish uchun o‘quv qo‘llanma
 
5A230900-Audit (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), 
magistratura mutaxassisligi talabalari uchun mo‘ljallangan. 



KIRISh
Respublikamiz mustaqillikka erishganligi tufayli iqtisodiy islohotlarni 
bosqichma-bosqich amalga oshirish, bozor iqtisodiyotining huquqiy asoslari
demokratik davlat qurish va uni rivojlantirishning shart-sharoitlari yaratildi. Shu bilan 
birga bu jarayonda bozor iqtisodiyotining ob’ektiv qonun va kategoriyalari 
talablaridan kelib chiqqan holda jahon mamlakatlaridagi hisob, audit ishlarining 
integratsiyalashuviga erishish borasida huquqiy baza yaratilmoqda. Shuningdek, 
jamiyat hayotidagi ijobiy o’zgarishlarni hisobga olgan holda ulardan ijobiy 
foydalanilmoqda. Bu borada mamlakatimizda iqtisodiy rivojlanishning ustuvor 
yo’nalishlari aniq belgilanib, iqtisodiyotni va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini 
erkinlashtirishda katta ishlar amalga oshirilmoqda. 
Tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida buxgalteriya hisobi va 
auditning nazariy, tashkiliy va amaliy jihatlari bozor iqtisodiyoti munosabatlari 
talablaridan kelib chiqqan holda ko’rib chiqilishi lozim. Uning nazariy, amaliy, 
huquqiy jihatlari bilan birgalikda iqtisodiy nazoratni amalga oshiradigan auditorlarni 
tayyorlash va qayta tayyorlash ham tub iqtisodiy islohotlarning tarkibiy qismi 
ekanligi ko’zga tashlanmoqda. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy 
nuqtalaridan biri bozor iqtisodiyotining huquqiy negizini yaratishdan iboratdir.
Bozor infratuzilmasini barpo etish va uning faoliyatini jadallashtirish bevosita 
qonuniy-me’yoriy asoslarni ishlab chiqishga bog’liq. Bozor infratuzilmasining 
muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblangan auditorlik tashkilotlari faoliyatini tashkil 
qilish va rivojlantirishda qonuniy-me’yoriy asoslarga muhim e’tibor qaratish lozim.
Auditorlik tashkilotlari faoliyatining qonuniy-me’yoriy asoslari tarkibida 
auditorlik standartlari muhim o’rin tutib, u ushbu kasb bilan shug’ullanishning 
muayyan me’yorlarini belgilab beradi. Shu boisdan ham respublikamizda auditning 
milliy standartlarini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Auditning milliy 
standartlarini ishlab chiqishda xalqaro standartlarga tayanilmoqda. Respublikamizda 
ishlab chiqilayotgan auditning milliy standartlari, avvalo, O’zbekistonda shakllangan 
iqtisodiy madaniyat va xo’jalik yuritish uslubiga mos kelishi lozim. 




Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin