1-masala. Auditorlik xizmati ko’rsatish shartnomasiga binoan 2 tomonning
manfaatlari ko’rib chiqilmoqda: yopik aktsiyadorlik jamiyati va ta’sischi - yuridik
shaxs. Ushbu ikkita tomon ustav kapitaliga hissa qo’shish tartibi va bu jarayonda
soliqqa tortish masalasi yuzasidan auditorlik kompaniyasiga murojaat etishdi.
Quyidagicha holat yuzaga kelgan:
Ta’sischi «A» kompaniyani «V» kompaniyaning ustav kapitaliga ishlab
chiqarish uskunasini ulush sifatida kiritmoqda. Uskunaning boshlang’ich qiymati 200
ming AQSh dollari. QQS 36 ming AQSh dollarini tashkil qiladi. Uskunani berish
vaqtida hisoblangan amortizatsiya 200 ming AQSh dollarini tashkil qiladi. Ustav
kapitaliga ulush sifatida qo’yiladigan uskunaning qiymati 110 ming AQSh dollari deb
kelishilgan.
Talab etiladi. 1) 800-son AXSga muvofiq yuqoridagi holat bo’yicha auditorlik hisobotini
shakllantiring.
2) Uskunani hissa tariqasida beruvchi tashkilotning buxgalteriya hisobida
mazkur operatsiyani aks ettirish bo’yicha auditor tavsiyasini shakllantiring.
3) Uskunani hissa tariqasida oluvchi tashkilotning buxgalteriya hisobida
mazkur operatsiyani aks ettirish bo’yicha auditor tavsiyasini shakllantiring.
4) mazkur operatsiya buicha «Foyda solig’i» nomli 12-son MXXSga muvofiq
soliq oqibatlarini ko’rsating.
2-masala. Auditor «A» kompaniya bilan 7-son MHXSga operatsion faoliyat bo’yicha
pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni to’g’ri va egri usul bo’yicha tuzish maqsadida
moliyaviy hisobotni kompilyatsiyalash yuzasidan shartnoma tuzdi. Quyida 2016 yil
yakunlari bo’yicha «A» kompaniyaning foyda va zararlar to’g’risidagi ma’lumotlari
va buxgalteriya balansidan ma’luotlar keltirilgan.
Foyda va zararlar to’g’risida hisobot Tushum
2856
64
Sotilgan maxsulot tannarxi
(2016)
Yalpi foyda
840
Davr xarajatlari
(264)
Sof foyda
576