Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


-BOB. BANK REYTINGI VA UNI ANIQLASH USULLARI



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə308/354
tarix15.08.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#139457
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   354
Bank iwi

10-BOB. BANK REYTINGI VA UNI ANIQLASH USULLARI 
 
10.1. Bank reytingini aniqlash usullari 
[299]
. XX asr oxirida har bir sohada o‘z yetakchilarini bilish istagi 
kuchaydi. Eng yaxshi korxona, eng yaxshi bank, eng yaxshi mutaxassis, 
eng rivojlangan tuman, viloyat, mamlakat va hokazolar. 
O‘z o‘rnini aniqlab olishga harakat qilish biznesga ham xos. Bu 
sohada ham dastlabki o‘nta eng yirik bank, ishonchlilar orasida eng 
ishonchli sug‘urta agentliklari, dunyoning yuzta eng yirik korxonasi va 
boshqalar aniqlanmoqda. Reyting bo‘lmasa, na butun amaliy hayotni, na 
shaxsiy hayotni tasavvur qilish mumkin. Chunki «Kimga qarab ish tutish 
kerak, kim bilan bitim tuzsa bo‘ladi, mening ishonchli sherigim kim?» 
degan muammolarga duch kelamiz. 
Reyting
– bu muayyan obyekt yoki subyekt to‘g‘risidagi natijaviy 
baho bo‘lib, qaror qabul qilish bo‘yicha g‘oyat muhim vosita hisob-lana-
di. Chunki u, aytaylik, bankirga bankning taraqqiy etish yo‘nalishini, 
ishbilarmonlikning jonlanishini, demak, foyda olish imkoniyatlarini ham 
hech shubhasiz ko‘rsatib beradi. Shuningdek, reyting tizimi: 
banklar faoliyatini xalqaro amaliyotda qabul qilingan me’yorlar 
asosida qiyosiy tahlil qilishda; 
mazkur bankning moliyaviy bozordagi o‘rnini, nufuzini, shuning-
dek, muammoli banklarni aniqlashda; 
banklar taraqqiyotidagi mayl (tendensiya)larni kuzatish, umum-
lashtiruvchi va xususiy ko‘rsatkichlarning dinamikasini tahlil qilishda; 
banklar samaradorligiga baho berishda juda ham zarur. 
 
Barcha manfaatdor tomonlarning xohish va istaklarini inobatga 
oluvchi reyting usuli yordamida aholi omonatlari qayerlarda ko‘proq, 
qaysi banklarda qanday foizlarda joylashtirilyapti, depozitlar bo‘yicha 
ahvol qanday, sertifikat va aksiyalarning sotib olinishi qay darajada kabi 
savollarga ham javob olish mumkin. 
 [300]
. Xalqaro amaliyotda bank reytinglarini baholashning juda 
ko‘p turlari mavjud. Ular ichida quyidagi ikki usul eng ko‘p tarqalgan: 
miqdoriy ko‘rsatkichlar orqali baholash; 
sifat ko‘rsatkichlari orqali baholash. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin