499
1/I-62. 1/V- 70. 1/IX- 70.
1/II-60. 1/VI- 69. 1/X-82.
1/III-66. 1/VII-63. 1/XI-80.
1/IV-68. 1|VIII-67. 1|XIII-78.
Ssudalar bo‘yicha hisobot yilidagi foizli daromadlar - 18900 ming
so‘mni tashkil etdi. Kelgusi yilda kredit qo‘yilmalarning o‘rtacha 20%
ga yillik o‘sishi bashorat qilinmoqda, ssudalar bo‘yicha foiz stavkasi 2
foiz punktiga pasayishi kutilmoqda.
Quyidagilarni aniqlang:
1. Hisobot yili uchun:
A) kredit qo‘yilmalarning o‘rtacha yillik summasini;
B) ssudalar bo‘yicha foiz stavkasining o‘rtacha darajasini.
2. Kelgusi yil uchun: kreditlar uchun foizlar bo‘yicha daromad-
larning bashorat qilinayotgan summasini.
3. Kreditlar uchun foizlar bo‘yicha daromadlarning oshishi yoki
kamayishiga omillarning ta’sirini.
2.3-topshiriq
Hisobot yilida tijorat bankining qimmatli qog‘ozlarni sotish
bo‘yicha aylanmasi 6 mln so‘mni tashkil etdi. Sotib olish va sotish
narxlari o‘rtasidagi farq 2 % ni tashkil etdi. Aksiya kursining o‘rtacha
o‘sishi 10%ni tashkil etdi.
Kelgusi yil prognozi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha
aylanma 25% ga o‘sadi, sotib olish va sotish o‘rtasidagi o‘rtacha farq esa
0,2 punktga kamayadi.
Hisobot yilida boshqa foizli daromadlar 380 ming so‘mni tashkil
etdi. Kelgusi yilda foizli daromadlarni 135 ming so‘mga o‘sishi
kutilmoqda.
Dostları ilə paylaş: