11. Quyidagilarning qaysi biri kredit pullari deb yuritiladi? a) veksel; b) banknot; c) chek; d) noto‘g‘ri javob yo‘q. 12. Metall bilan ta’minlanmagan emissiya: a) fidutsiar emissiya deb ataladi; b) bir yilgacha muddat bilan chiqariladigan qisqa muddatli davlat zayomlari emissiyasi deb ataladi; c) uzoq muddat bilan chiqariladigan davlat zayomlari emissiyasi deb ataladi; d) noto‘g‘ri javob yo‘q. 13. Kredit kartochkasi – bu: a) hisob-kitoblarni elektron hisoblash mashinalari yordamida bajarish uchun qo‘llaniladigan kredit pullarining eng so‘nggi turi; b) bank yoki maxsus kredit (savdo) muassasasi tomonidan biror kishi nomiga berilgan pul hujjati;
91
c) bankdagi hisobvaraq egasining chekda ko‘rsatilgan summani shu hisobvaraqdan chek ushlovchiga to‘lash yoki uni chek ushlovchining hisobvarag‘iga o‘tkazish to‘g‘risidagi yozma topshirig‘i; d) noto‘g‘ri javob yo‘q. 14. Tovar aylanmasiga xizmat qiluvchi pul miqdori (PM)... a) tovar massasi bahosiga (B) to‘g‘ri proporsional o‘zgaradi; b) pul aylanmasi tezligiga (POT) teskari proporsional o‘zgaradi; c) tovar bahosiga (B) teskari proporsional o‘zgaradi; d) a + b 15. Pul massasi tarkibiga: a) faqat naqd pullar kiradi; b) faqat naqdsiz pullar kiradi; c) naqd va naqdsiz pullar kiradi; d) faqat aktiv pullar kiradi.