124
aktivlar ulushining kamayganligini anglatadi. Bu yerda bank likvidligini
tahlil qilinayotgan davr (oylik, choraklik, yillik) mobaynida o‘zgarishlar
tendensiyasiga ahamiyat berilishi va
o‘zgarishlar ahamiyatini hamda
xarakterini o‘tgan davrlarga nisbatan baholashi, resurslar jalb qilishning
o‘tgan va joriy strategiyalarini baholashi, shuningdek, imkoni bo‘lsa,
o‘xshash banklar bilan qiyoslash lozim.
Shuni qayd qilish lozimki, yuqorida keltirilgan likvidlik koeffitsi-
yentlari o‘z-o‘zidan likvidlikning yetarliligi bo‘yicha aniq ma’lumot
bermaydi. Ularga umumiy bahoning bir qismi sifatida qarash kerak.
Shuning uchun ham, bank rahbariyati yuqorida likvidlik ko‘rsat-
kichlaridan tashqari o‘zining likvidlik ko‘rsatkichlari to‘plamini ishlab
chiqish va undan foydalanish kerak. Bu ko‘rsatkichlar mazmunli bo‘li-
shi va har doim bankning moliyaviy holatini baholovchi boshqa ma’lu-
motlar bilan birgalikda baholanishi lozim.
[83]
. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan
1998-yil 9 noyabrda tasdiqlangan 242-sonli «Tijorat banklari tomonidan
aktivlar sifatini tasniflash, ular bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
yo‘qotishlar o‘rnini qoplash uchun tashkil etiladigan zaxiralarni shakl-
lantirish va ulardan foydalanish tartibi»ga binoan aktivlar quyidagi toifalar
bo‘yicha tasniflanadi (13-jadval).
Aktiv bir toifadan ortiq toifalarda tasniflanishi ham mumkin.
Summasi asosiy qarzning to‘lanmagan qiymatidan kam bo‘lgan ta’-
minotga ega muammoli ssuda quyidagicha tasniflanishi mumkin (ta’-
minot sotilishi mumkin bo‘lgan bozor mavjudligi sharti bilan):
qiymati ta’minotning bozor qiymatiga teng bo‘lgan asosiy qarz
qismi odatda substandart sifatida tasniflanadi;
asosiy qarzning qolgan qismi ushbu bo‘limda ko‘rsatilgan
tartibda shubhali yoki umidsiz kabi tasniflanadi.
Dostları ilə paylaş: